Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


-mavzu. Islom dinining aqidaviy yo`nalishlari va maktablari


Download 1.89 Mb.
bet41/139
Sana31.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1735567
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   139
Bog'liq
dinshunoslik majmua yangi

7-mavzu. Islom dinining aqidaviy yo`nalishlari va maktablari.


Reja:

  1. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni.

  2. Alloh sifatlari haqidagi g`oyalar. Esxatologiyaning mohgiyati: qiyomat va oxirat dunyosi. Islomda iymon, taqdir, rizq tushunchlarining talqini.

  3. Noanʼanaviy eʼtiqodlar: xorijiya, muʼtaziliya, qarmatiya harakatlari.

  4. Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo’lishi sabablari, eʼtiqodidagi bo‘linishlarning sabablari va oqibatlari.

  5. Sunniylik va shialik yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi va ular eʼtiqodidagi farqlar. Moturidiylik va ashʼariylik maktablari.



Tayanch tushunchalar: Aqida. Kalоm ilmi. Mоturidiylik va ash’ariylik. Aqida ilmining maqsadi. Imоn. Allоhga, farishtalarga, kitоblarga, payg’ambarlariga, оxirat kuniga, yaxshilik va yomоnlik Allоhdan ekaniga imоn kеltirish. Shirk. Kufr. Qiyomat. Jannat va do’zax. Mo’’jiza va karоmat. Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar.


1. Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidaviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni. Aqida (arab tilida “aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, bir-biriga bog`lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog’atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog’liq. Agar aqidasi pok bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo’lmasa, buzuq bo’lsa, yo’li noto’g’ri bo’ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo’ladi. Aqida masalasi o’ta muhim bo’lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o’zi ko’rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo’lib kelgan.
Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko’rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo’nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta:
1 – Allohning yagonaligiga ishonish;
2 – Farishtalarga ishonish;
3 – Muqaddas kitoblarga ishonish;
4 – Payg’ambarlarga ishonish;
5 – Oxiratga ishonish;
6 – Taqdirga ishonish;
7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling