Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet190/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

ANTROPOLOGIK YONDOSHUV - ungacha falsafaga faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi. Suqrot diqqatni kosmos-fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti-harakati, axloqiyligi nuqtai nazaridan o‘rganishga kirishdi. Suqrot axloqshunoslik va estetikaning, axloq va go‘zallikning uzviy aloqasini ta’kidlab ko‘rsatadi. Uning ideali-ma’nan va jisman go‘zal inson. U insonni san’atning asosiy obekti sifatida olib qaraydi, san’atning estetik va axloqiy me’zonlari masalasini o‘rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy jarayonni ochib berishga o‘rinadi
G‘OYALAR MUAMMOSI-Aflotunning nazdida asl borliq ana shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar ham shuncha. G‘oyalarning o‘rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo g‘oyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g‘oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli. Go‘zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida etishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u-o‘zgarmas, zamon va makondan tashqarida. Bu o‘rinda Aflotunning haqiqiy go‘zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg‘ash qiyin emas
SAN’ATNING BILISH TABIATI- Arastu u bilishning o‘ziga xos turi ekanini ta’kidlaydi va bu bilan ustozi Aflotunga raddiya bildiradi. «Birinchi muallim»ning fikriga ko‘ra, badiiy asarning mazmuni aniq-ravShan unda aks ettirilgan voqea-hodisa esa bilib olinishi oson bo‘lishi kerak, xuddi hayotdagidek idrok qilinishi lozim. Biroq, badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. Ana shu masofa tufayli badiiy reallik muxtor tarzda, amaliy hayotdagiga aynan bo‘lmagan tarzda idrok etiladi. Bunday masofa badiiy til, musiqiy kompoziSiya v. h. vositasida yaratiladi. Boshqacha aytganda, badiiyat olamining o‘z zamoni, o‘z makoni, o‘z tili mavjud. Faqat undagi o‘ziga xos mantiq haqiqiy hayot mantiqini aks ettirishi lozim. Shu bois badiiy asar inson tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va masofa tufayli idrok etuvchida muShohada qilish erki saqlanib qoladi

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling