FORIG‘LANISH-KATARSIS - bu tushunchani mohiyatan diniy ma’noda qo‘llagan edi. Arastu esa uni san’atga nisbatan ishlatadi. Forig‘lanish, Arastu talqiniga ko‘ra, san’at o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rgiliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxsizlik girdobiga tushganlarga o‘zida hamdardlik hissini tuyadi. Ya’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega.
DINIY-BADIIY ASARDA RAMZ -. Ramzning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u o‘z mazmuniga emas, butunlay boshqa mazmunni anglatadigan shakl, o‘z mohiyatini emas, butunlay boshqa mohiyatni ifodalaydigan hodisa, qisqasi, butunlay boshqa botinni ifodolovchi zohirdir. Shu bois ham u sirli, yashirin hodisa: uni muayyan bilimga ega bo‘lmay turib anglash mumkin emas.
IDEAL - Diniy-badiiy janrda o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. Umuman olganda, idealni ma’lum ma’noda, antiqa holat-paradoks deyish mumkin: unda bor narsa yo‘q narsaning mezoni bilan o‘lchanadi, ya’ni mavjud narsaga yoki hodisaga o‘Sha paytda mavjud bo‘lmagan narsa yoki voqelik talablari bilan yondashiladi. Masalan, axloqiy idealni olaylik. U, shubxasiz, insonni kelajakda erishilishi lozim bo‘lgan axloqiy yuksaklikka, ya’ni oldinga chorlaydi. Lekin uning uchun o‘tmishdagi axloqiy qiyofa xizmat qiladi. Buning ustiga, diniy-badiiy ideal hayotiy idealdan keskin farq qiladi-u hech qachon o‘zgarmaydi:
TARQATMA MATERIALLAR
Сўфизмда Аллоҳни билиш
Ваҳий
Илҳом
Do'stlaringiz bilan baham: |