Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet121/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

Adventistlar harakati. Adventistlar (lotincha - kelish) harakati Amerikada XIX asrning 30 yillari og‘ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning eng kattasi «Ettinchi kun adventistlari». Ularning asosiy g‘oyasi Isoning ikkinchi bor erga tushishi va insoniyatni xalos etib, Shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo‘lishga chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o‘z mablag‘laridan o‘ndan birini cherkov hisobiga o‘tkazishlarini va tinmasdan targ‘ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. Iso payg‘ambarning ikkinchi marta erga qaytishi haqidagi bashorat najot yo‘li deb hisoblanadi.
Hozirgi paytda Farbiy hamda SHarqiy cherkovlarning rahbarlari ko‘p asrli ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 yili Rim Papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov vakillarining XI asrda aytgan o‘zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish uchun birinchi qadam qo‘yildi.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini. XI asrning oxirida xristianlikning SHarqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar SHarqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va O‘rta Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zarduShtiylar, monaviylar, buddaviylar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lgan.
O‘rta Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi bo‘lgan.
Ana Shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylanadi. Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston territoriyasida IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling