Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet63/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

Buddaviylik ijtimoiy hayotning har qanday ko‘rinishlaridan voz kechishni, uzlatga chekinib, nirvanaga cho‘mishga (maxsus holatga kirishga) da’vat qiladi. Lekin bunday xulosa faqat budda matnlari tahlil etilganda chiqadi. Buddizm bilan yaqindan tanishish shuni ko‘rsatadiki, buddizm tarafdorlari uchun nirvanaga intilish «boylik, Yuqori martaba va ijtimoiy kelishuv istagi bilan» muvaffaqiyatli tarzda uyg‘unlashib ketadi.
Konfutsiylik tarafdorlarining fikricha, erdagi dunyo osmon obrazi va unga o‘xshatib yaratilgan bo‘lib, unga hech qanday qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilishi kerak emas. Ijtimoiy hayotning asosiy prinsiplari (Konfutsiy fikri bo‘yicha): a) davlat boshlig‘iga sodiqlik; b) Yuqoridagilarga hurmat; v) burchga sodiqlik va boshqalar. Konfutsiylik, bir tomondan inson va jamiyatni turli to‘qnashuvlardan himoya qilishga, ikkinchi tomondan, insonni aniq, konkret ijtimoiy ideallarga erishishga Yullovchi an’analar, urf-odatlarni saqlab qolishni tashviqot qiladi. Konfutsiylikning ijtimoiy rivojlanishdagi asosiy qoida (postulat)laridan biri – zo‘ravonlik qilmaslik bo‘lib, bunda qadimgi Xitoy madaniyatining va buddaviylikning mafkuraviy ta’siri ko‘rinib turadi.
Hinduviylik ijtimoiy tasavvurlarida o‘rnatilgan tartibning ierarxiyaga asoslanganligi va mustahkamligi g‘oyasi ustun turadi: jamiyatning hammasi kastalarga bo‘linganligi, ular o‘rtasidagi chegaralar qattiq saqlanishi darkor. Amalda bu narsa kastalar o‘rtasidagi ziddiyatlar va dushmanliklarga, «past» kastalarning kamsitilishiga, qadimiy ijtimoiy voqeliklarning saqlanib qolishiga olib keladi. Hinduviylik ijtimoiy va shaxsiy hayot sohasidagi ta’qiqlar va cheklashlarning buzilishiga qarshi turadi. Uning uchun taraqqiyot g‘oyasi yotdir. Hindistonning ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan mutafakkirlari (ayniqsa M. Gandi, R.Tagor) eng avvalo hinduviylikni uning inson va jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlarini isloh qilish maqsadida ko‘p kuch sarfladilar.
Iudaizmdagi ijtimoiy muammoning o‘ziga xosligi yahudiylarga ko‘p asrlar davomida boshqa sotsium jamoalaridan alohida ajratilgan holatda yashashga to‘g‘ri kelganligi bilan belgilanadi. SHuning uchun ham iudaizmning ijtimoiy muammosi oila va jamoa doirasi bilan chegaralangandir. Biroq, vaqt o‘tishi bilan ko‘plab ijtimoiy qadriyatlar o‘zgarib ketadi. Masalan, kambag‘allarga yordam berish (filantropik) ahamiyatga ega bo‘lib, jamoaning gullab-yashnashi uchun xizmat qilish esa keng ijtimoiy faoliyat sifatida qo‘llab-quvvatlanadi. Iudeylar atrofdagi olamni, butun jamiyatni dushman deb qabul qilishdan voz kechishdi. «yo bor urf-odatlar kuchiga qarshi turish va o‘zi uchun yangi, yanada kengroq dunyoni kashf qilish, yoki an’anaviy, traditsion haqiqat va odatlarga xavf soluvchi omil deb qaraladigan zamonaviy yangi g‘oyalarga qarshi turish kerak»15,- degan muammo Yuzaga kelganda ko‘pchilik yahudiylar kelishish yo‘lini afzal ko‘ra boshladilar.
Zardushtiylik dinida jamiyatga oid qarashlar etarli darajada qiziqarli ifodalangan. Taniqli olimlardan M.M. Xayrullaev va M.A.Usmonov ta’kidlashicha, «Zardushtiylik faqatgina din bo‘lmay, hukmron mafkuradir. Unda jamiyatning nafaqat ijtimoiy-siyosiy tuzumi, balki jamiyatning urf-odatlari va axloqi ham, xalq og‘zaki ijodi ham, adabiy ijodi ham»16 aks etgandir. Zardo‘sht ta’limoti markaziy osiyolik hukmronlarga davlat quroli bo‘lib xizmat qildiki, bunda nafaqat siyosiy-huquqiy tamoyillar, balki diniy-axloqiy tamoyillar va me’yorlar ham asosiy tartibga soluvchi vosita bo‘lishi kerak edi. Zardo‘shtiylikka asoslangan ideal jamiyat konfutsiylik buddaviylik, iudaizm, platonizm va boshqalarning belgilarini o‘z ichiga oldi»17.
Ijtimoiy muammolarga islomiy qarashlarda esa ilohiy ta’limotlarga asoslaniladi. Islomda taqdirga bo‘ysunish, sabr-toqatli bo‘lishga da’vat etildi. Islomning geografik jihatdan keng tarqalishi uning hududlarga xos bo‘lgan ko‘rinishlari paydo bo‘lishiga olib kelib, bu hududlarda ijtimoiy masalalar u yoki bu holatlarga bog‘liq holda talqin etildi. Islom faqat o‘ziga xos turmush tarzi, «inson borlig‘ining hamma tomonlariga chuqur ta’sir qiluvchi» din sifatida maydonga chiqadi. Islom ta’limotida musulmonning ijtimoiy va shaxsiy hayotining hamma tomonlari aniq ko‘rsatib berilgan.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling