Mavzu: Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar

Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv

Download 100.53 Kb.
bet4/7
Sana08.11.2023
Hajmi100.53 Kb.
#1756910
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafaDilshoda

Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv. Biz insonga nisbatan sof falsafiy yondashuvga hali qaytamiz va falsafa inson bilan qancha shug‘ullanmasin, u haqda hamma narsani bilishi va mazkur bilimni uzil-kesil va eng so‘nggi haqiqat deb hisoblashi mumkin emasligini ko‘rsatib beramiz. Hozir esa shuni qayd etishni istar edikki, o‘zi haqida va o‘zini qurshagan dunyo haqida inson falsafa paydo bo‘lishidan ancha oldin mulohaza yurita boshlagan. Ammo keyinchalik, «donolikka muhabbat» paydo bo‘lgach ham, inson mavzusi falsafaning diqqat markazidan darhol o‘rin olgani yo‘q.

Insonni bilish borasidagi ko‘p asrlik sa’y-harakatlarni bir yerga jamlab, ularning orasidan uzil-kesil yechilgan deb hisoblash mumkin bo‘lganlarini ajratib olsak, shak-shubhasiz yutuqlar soni uncha ko‘p bo‘lmaydi. Ular orasida avvalo shu dalilni qayd etish lozimki, insonning paydo bo‘lishi Yerda hayotning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u o‘z ibtidosi va muayyan tarixiga egadir. Xususan, 1982 yil Vatikandagi Rim Papasi fanlar akademiyasi tashkil etgan kongress ishtirokchilari – dunyoga mashhur antropologlar, bioximiklar va genetiklar hozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanib, inson va hayvonot dunyosi o‘rtasida yaqin aloqa mavjud, degan umumiy xulosaga keldilar.

Ko‘rsatilgan muammolarni anglab yetishga ahd qilgan har qanday odam, ushbu masalalarni e’tibordan chetda qoldirishi mumkin emas.
Hayot nima?
Hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi?
Yerda inson paydo bo‘lishining sababi nimada?
Inson ma’naviyatining tabiati qanday?
Birinchi odam qaerda va qachon paydo bo‘lgan?
Inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?

Download 100.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling