Mavzu: Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar


Download 100.53 Kb.
bet3/7
Sana08.11.2023
Hajmi100.53 Kb.
#1756910
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafaDilshoda

Fikrlarning bunday rang-barangligi sababini, avvalo, insonning o‘z tabiatidan izlash lozim. Inson tabiatining siri «boqiy muammolar»dan biri bo‘lib, falsafa o‘z predmetining mohiyati va xususiyatiga ko‘ra unga qayta-qayta murojaat etgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu yerda mazkur sohadagi barcha fikr-mulohazalarga mo‘ljal beruvchi insonning kelib chiqishi haqidagi masala ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Inson qaerdan va qanday paydo bo‘lgani haqidagi ko‘p sonli g‘oyalar orasidan eng muhimlarini ajratib olsak, ularning barchasini ma’lum darajada shartlilik bilan ikki asosiy konsepsiya – insonning tabiiy va g‘ayritabiiy kelib chiqishi haqidagi konsepsiyalar doirasida birlashtirish mumkin.


Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi tabiiy yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasidan kelib chiqadi. Bunda inson jonsiz, keyinchalik esa – jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli sifatida qaraladi.
Mazkur konsepsiya 1859 yilda inson kelib chiqishining tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo‘lgan Ch.Darvinning «Hayvon va o‘simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evolyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekular biologiya va gen injeneriyasi sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta’sirida o‘z shakl-shamoyilini sezilarli darajada o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, insonda nafaqat o‘ta rivojlangan tirik jonzotlar, balki o‘ta sodda mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o‘xshashlik mavjud. Xususan, shimpanze bilan bunday o‘xshashlik 98% ni, kalamush bilan – 80% ni va hatto banan bilan o‘xshashlik – 50% ni tashkil etadi.
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, «tabiiy» yondashuv tarafdorlari inson kelib chiqishining dunyoviy konsepsiyasiga ham (masalan, darvinchilar bilan bog‘liq holda bo‘lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin.
Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi.
Garchi bu konsepsiya isbotlanganlik jihatidan birinchi ta’limotga hozirgi zamon tabiatshunosligi nuqtai nazaridan yon bersa-da, lekin falsafiy nuqtai nazardan u insonning tabiiy-ilmiy kelib chiqishi konsepsiyasi kabi mavjudlik huquqiga egadir, zero birinchi yondashuv ham, ikkinchi yondashuv ham oqilona asoslangan va uzil-kesil dalil-isbotlar keltirmaydi.

Download 100.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling