Mavzu: Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar


Insonning ko‘p o‘lchovliligi


Download 100.53 Kb.
bet5/7
Sana08.11.2023
Hajmi100.53 Kb.
#1756910
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafaDilshoda

Insonning ko‘p o‘lchovliligi. Shu bilan bir qatorda insonni o‘rganishga nisbatan boshqa ko‘p sonli yondashuvlarni ham qayd etish mumkin bo‘lib, ularning orasida «introvertiv» va «ekstrovertiv» yondashuvlar ayniqsa ajralib turadi. Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab yetishni nazarda tutadi. Bunda insonning jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin ba’zan mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday yondashuvlar ayniqsa nemis antropologlari M.Sheler (1874-1928) va A.Gelen (1904-1976), avstriyalik faylasuf K.Lorens (1903-1989) ijodiga xosdir. Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki «sirtdan» amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. Bu yerda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadi, bu hol N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov, S.L.Frank, N.O.Losskiy kabi diniy falsafa vakillari ijodiga ko‘proq xosdir.


Sharq falsafasida inson. Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi. «Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oila, jamiyat, davlatda rioya qilish inson hayotining muhim ma’nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan me’yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi lozim. Shu ma’noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‘lib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga yetadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. Qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi». Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya’ni antropotsentrizm xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb e’lon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar yo‘qoladi va ichki uyg‘unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi.

Download 100.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling