Mavzu: Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar
Download 100.53 Kb.
|
falsafaDilshoda
Tarixga boshqa ko‘p sonli iboralar ham ma’lum bo‘lib, ular vaqt, madaniyat va diniy e’tiqoddan qat’iy nazar, “inson” barcha davrlarda butun dunyo mutafakkirlarining diqqat markazida bo‘lgani va hozir ham shunday ekanligi, tayanch nuqtasi va hatto bilish mezoni bo‘lib xizmat qilishidan dalolat beradi.Lao Szi «Boshqalarni biluvchi – oqil, o‘zini biluvchi – donishmanddir» Protagor «Inson barcha narsalar mezonidir» Iso Masih «Tangri saltanati bizning ichimizdadir» Islomda «Kimki o‘zini bilsa, u o‘z Allohni ham bilgaydir» «Inson nima?», Inson barcha yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan o‘ziga xos, betakror va barkamol mavjudot Inson tabiatining norasoligi va buzuqligi tufayli halokatga mahkum bo‘lgan tabiat xatosi sifatida ham, Xudo yaratgan banda sifatida ham talqin qilinadi Inson o‘z tabiatiga ko‘ra murakkab tanaga egadir. Insonning tanasi bir-biriga qarama-qarshi qismlardan iborat bo‘lib, bu qismlar tobelik kuchi asosida birlashgan. Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni o‘rganish yordamida boyiydi. Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan fikr insonga mexanistik nuqtai nazardan yondashgan Ma’rifat davri mutafakkirlari, xususan «Inson-mashina» deb nomlangan asar muallifi fransuz J.Lametri (1709-1751) ilgari surgan g‘oyalar bilan to‘qnashadi. Boshqa bir mashhur fransuz faylasufi – R.Dekart (1596-1650) asarlarida inson mohiyati masalasiga nisbatan butunlay o‘zgacha yondashuvga duch kelamiz. U «inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi. Atoqli fransuz faylasufi va teologi P.T. de Sharden (1881-1955). «Inson, u uzoq vaqt o‘ylaganidek, dunyoning statik markazi emas, balki evolyusiyaning o‘ziga va cho‘qqisi bo‘lib, bu ancha go‘zalroqdir», deb qayd etadi Unga zid o‘laroq, A.Shopengauer (1788-1860) inson nuqsonli mavjudot ekanligini ta’kidlaydi, uni «tabiat xalturasi» deb ataydi. Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905-1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson: «aqlli mavjudot»; «siyosiy hayvon»; «hayotning soxta qadami»; «tabiat gultoji»; «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»; «mehnat qurollari yasovchi hayvon»; «hayotning boshi berk ko‘chasi»; «ma’naviy va erkin mavjudot» Download 100.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling