4 mavzu: ekologik tizimlar, inson ekologiasi reja : Ekologik tizimlar, inson ekologiasi
Download 27.04 Kb.
|
4-mavzu ma`ruzasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o‘rab turgan jonsiz jinslar bir-birlari bilan doimiy, uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi.
- Tushuntirish
4 - MAVZU: EKOLOGIK TIZIMLAR, INSON EKOLOGIASI Reja : 1. Ekologik tizimlar, inson ekologiasi 2.Tabiatda moddalar va energiya almashinuvi, geologik va biogeokimyoviy aylanish 3. Tabiiy ekotizmning klassifikasiyasi 1.Ekologik tizimlar Tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o‘rab turgan jonsiz jinslar bir-birlari bilan doimiy, uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Har qanday katta-kichik biologik sistema o‘zida harakatdagi organizmlarni qamrab oladi, ularning bir-birlari va tashqi muhit omillari va munosabatlarini boshqarib, shu sistema ichida biotik tuzilishida energiya oqimini, uning tirik va o‘lik qismida moddalar almashinishini ta’minlaydi. Bunday birlik ekologik sistema yoki ekosistemalar deb ataladi. Ekosistema- ekologiyaning asosiy funksional birligi bo‘lib, unga o‘zaro ta’sirlanuvchi tirik organizmlar va muhit omillari kabi komponentlar kiradi. Yer yuzasida hayotni, tiriklik va tabiat qonunlarini ekosistemalar darajasida o‘rganishimiz lozim. Tushuntirish: “Ekosistema” atamasi fanga birinchi marta ingliz ekolog olimi A.Tensli tomonidan kiritilgan, lekin, ekosistema tushunchasi, uning ma’nosi oldindan bo‘lgan, masalan, tirik organizmlar va muhitning birligi, inson va tabiat, ularning bir-birlaridan ajralmasligi haqida tushuncha tarixning engqadimgi yodgorliklarida qayd qilingan. O‘tgan asrning oxirlarida Amerika, Yevropa va Rossiya olimlarining ekologiyaga oid ishlarida tirik organizmlarning turli birliklari haqida ma’lumotlar chiqa boshladi. Masalan, nemis olimi Karl Myobius 1877 yili organizmlarning birligini “biosenoz”, amerikalik olim S.Forbs o‘zining 1877 yili chop etilgan ilmiy ishida qo‘lni “mikrokosme” deb nomlaydi. Rossiyada V.V.Dokuchayev, G.F.Morozov “biosenoz”tushunchasini rivojlantirib borgan bo‘lsa, V.N.Sukachev “biogeosenoz” atamasini fanga kiritgan. Hamma ekosistemalar, shu jumladan eng katta – biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi.Ular energiya oladi va energiya chiqaradi. Biosferaga kiradigan ekosistemalar energiyaning kelishiga, unda organizmlarning immigrasiyasi va emigrasiya qilishi uchun ham har xil darajada ochiq bo‘ladi. Ekosistemalar doim harakatda, bir-birlari bilan bog‘langan va aloqada bo‘lib energiyaning kirish va chiqishini boshqarib turadi. Ekosistemalarning komponentlari va ulardagi harakat jarayonlari: biologik birlik, energiyaning kelishi va moddalar almashinishidan iborat. Bu yerda quyoshdan kelayotgan energiya bir tomonga yo‘nalib, biologik birlik tomonidan o‘zlashtirilib, sifat jihatidan yuqori va murakkab organik moddaga o‘tadi va energiyaning konsentrlashgan formasiga aylanadi. Keyinchalik bu energiya sistema tanasida o‘tib past issiqliq energiyasi sifatida chiqib ketadi. Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling