Ekosistemalar mahsulotining chirishi, parchalanishi, fotosintez jarayonlari va sistema turg‘unligi:
Ta’rifi:
Har yili Yer yuzida fotosintez jarayoni natijasida 1017 gr. (100 mlrd. t ga yaqin) organik moddalar hosil bo‘ladi. Shu vaqt ichida taxminan shuncha miqdorda tirik moddalar oksidlanib, organizmlarning nafas olishi natijasida SO2 va N2O ga aylanadi. O‘tgan geologik davrlarda (kembriy davri boshlari, 600 mln. – 1 mlrd. yil avval) organizmlar tomonidan hosil qilingan organik moddalarning bir qismi nafas olishda ishlatilmagan, chirimagan va qoldiq – Yer osti boyliklari sifatida saqlanib qolgan.
Olimlarning fikricha: organik moddalarning hosil bo‘lishi va nafas olishi jarayonida atmosferada SO2 kamayib, kislorodning konsentrasiyasi ortib borgan. Bu jarayon o‘z navbatida evolyusion rivojlanish va hayotning eng yuqorigi formalarining yashashiga imkon bergan. Taxminan 300 mln.yil avval organik mahsulotlarning ortiqcha to‘planishi tufayli turli Yer osti boyliklari hosil bo‘ladi (ko‘mir, neft, gaz). Bundan 60 mln. yillar oldin atmosferada SO2 va ning bir-biriga nisbati bo‘yicha doimiy turg‘unlik yuzaga keladi. Lekin, keyingi vaqtda qishloq xo‘jaligi va turli tarmoqlarining rivojlanishi tufayli, insonning salbiy faoliyati natiijasida atmosferada SO2 konsentrasiyasi bir oz ortdi va jamiyat oldiga katta muammoni, Yer yuzi iqlimining o‘zgarishi mumkinligini, uning oldini olish borasida shoshilinch chora-tadbirlar ko‘rish masalasini qo‘ydi.
Tushuntirish:
Fotosintez xillari va organizmlar-produsentlar.
Fotosintez jarayoni potensial quyosh energiyasi yoki oziqa energiyasi asosida yuzaga keladi. Oksidlanishning tiklanish reaksiyasi quyidagi holda o‘tadi
Do'stlaringiz bilan baham: |