Ekosistemalarning tuzilishi.
Ta’rifi:
Ekosistemalarning asosiy xususiyatlaridan biri, bu yer usti muhiti yoki chuchuk suv yoki dengiz yoki sun’iy ekosistemlarda uchraydigan avtotrof va geterotrof organizmlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Bu organizmlar moddalar almashinishining turli jarayonlarida qatnashadi. Avtotroflar trofik jarayonlarning yuqori pog‘onasida aktiv harakat qiladi. Geterotroflar esa pastki yarusda, organik moddalar va namlik ko‘p to‘plangan tuproqda aktiv bo‘ladi. Ekosistemalar trofik (oziqlanish)tuzilish bo‘yicha quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi, ya’ni: 1) yuqorigi avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi) pog‘ona yoki “yashil pog‘onasi”. Bu pog‘onani o‘simliklar yoki ularning qismlari tashkil qiladi. Ular o‘z tanalarida organik moddalar to‘playdi. 2) pastki geterotrof pog‘onada (boshqalar bilan ovqatlanish) tuproqda to‘plangan turli qoldiqlar (barg, shox, ildiz) namlik yordamida chiriydi, moddalar bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi va murakkab birikmalar hosil qiladi.
Biologik nuqtai nazardan ekosistema tarkibida quyidagi komponentlartlarni ajratish mumkin, ya’ni: 1) noorganik moddalar (C, N, CO2, H2O va x.k.), ular moddalar almashinishida qatnashadi; 2) Organik moddalar (oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, gumus moddalar) biotik va abiotik qismlarni birlashtiradi; 3) havo, suv va substrat muhitlar bo‘lib, ular iqlimning hamma tabiiy omillarini o‘z ichiga oladi. 4) Avtotrof organizmlar kompleksi – produsentlar (yaratuvchilar), yashil o‘simliklar, ular oddiy noorganik moddalardan butun tiriklik uchun birlamchi organik mahsulot – oziqa yaratadi. 5) geterotrof organizmlar makrokonsumentlar yoki fogotroflar, bular tayyor birlamchi mahsulotlar hisobiga yashaydigan hayvonlar. yoki organik moddalarning zarrachalari bilan oziqlanadigan saprotroflardan (chirindilar) iboratdir. 6) mikrokonsumentlar organik moddalarni chiritadi va mineral holatga o‘tkazadigan organizm komplekslariga redusentlar yoki destruktorlar guruhlari kirib, ularni bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda tuzilgan va o‘lik organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |