4 mavzu: ekologik tizimlar, inson ekologiasi reja : Ekologik tizimlar, inson ekologiasi


geologik va biogeokimyoviy aylanish


Download 27.04 Kb.
bet5/7
Sana03.11.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1744558
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu ma`ruzasi.

geologik va biogeokimyoviy aylanish
Quyosh energiyasi Yer yuzida ikki xil moddalar almashinuvini taьminlaydi, geologik-katta aylanish va biogeokimyoviy kichik aylanish yuzaga keladi. Katta aylanish (geologik) tabiatda nuri va Yerning pastki qatlamidan chiqadigan energiyalarning o‘zaro aloqasi bo‘lib energiyani biosfera va chuqur yer qatlamlari o‘rtasida taqsimlanadi. Cho‘kma tog‘ jinslari yuqori havo harorati taьsiriga o‘tadi yer po‘stlog‘ining harakatchan xududlari bosim ostida qoladi. Pastki qatlamda moddalar erib-magma hosil qiladi. –Yoki yangi magma jinslarini manbasi hosil bo‘ldi. Bu yer osti jinslari yer ustiga chiqarilsa shamollash taьsirida yangi cho‘kma jinslar hosil bo‘lishi transporsiyasi vujudga keladi. Katta aylanish quruqlikdagi suv va atmosfera orqali okean o‘rtasida boradi. Tinch okeani sathidan parlangan namlik quruqlikka ko‘chib o‘tadi va yog‘in sifatida yerga qaytib tushadi, yana okeanga qayta yer usti va yer ostidan oqib tushadi.
Suv aylanishi juda oddiy ko‘rinishda davom etadi: okean sathida namlikning parlanib chiqish-kondesasiya bug‘ning suyuqlik holatiga o‘tishi-yana bug‘ning yog‘in sifatida okeanga qaytib tushadi. Suv aylanishi davomida Yerdan 500 ming km3 miqdorda suv ishtirok etadi. Barcha Yerdagi suv zahiralari parchalanadi va 2 mln yil davomida qayta to‘planadi.
Kichik modda aylanishi (biogeokimyoviy) faqat biosferada bo‘ladi. Uning asl mohiyati fotosintez jarayonida anorganik moddalardan tirik-moddalarning hosil bo‘lishi va organik moddalarning chirishi natijasida yana anorganik birikmalarga aylanishidir. Ushbu aylanish biosferadagi hayotning borishi uchun asosiy bo‘lib hayotning paydo bo‘lishini bildiradi. Planetamizda tirik jismlar tug‘ilib, o‘lib va o‘zgarib, chirib yerdagi hayotni saqlab turadi va shundoq tarzda biogeokimyoviy modda almashinuvini tashkil qiladi2.
Biosferada kimyoviy elementlar doimo aylanib tashqi muhitdan organizmga, undan esa yana tashqi muhitga o‘tib turadi. Bu holatga biogeokimyoviy sikl deb aytiladi.Siklda O2, SO2, N2O, azot, oltingugurt va boshqa elementlar aylanadi. Bunda modda almashinuvini SO2 misolida, masalan, o‘simlik-SO2 fotosintez jarayonida o‘zlashtiradi, SO2 va suvdan –uglevod yoki organik modda hosil bo‘ladi va O2 ajralib chiqadi-hosil bo‘lgan uglevodni hayvonlar o‘zlashtiradi-ular nafas olganda SO2 ajralib chiqadi.

Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling