Mavzu: Fandagi yangiliklar, fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar, ilmiy izlanishlar materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish. Xalqaro matematika olimpiadasi


Download 330.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.10.2023
Hajmi330.8 Kb.
#1722762
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma`ruza



Mavzu: Fandagi yangiliklar, fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb 
muammolar, ilmiy izlanishlar materiallaridan fanni o‘qitishda foydalanish. 
Xalqaro matematika olimpiadasi 
Xalqaro matematika olimpiadasi (inglizcha: International Mathematical 
Olympiad; IMO) — bu universitetgacha boʻlgan talabalar uchun matematika 
musobaqasi boʻlib, xalqaro fan olimpiadalarining eng qadimiysidir. Xalqaro 
matematika olimpiadasi ilk marotaba 1959-yilda Ruminiyada boʻlib oʻtgan. 
Oʻshandan buyon u har yili oʻtkazilib kelinmoqda (1980-yil bundan mustasno). 
Dunyo aholisining 90% dan koʻprogʻini tashkil etuvchi 100 dan oshiq mamlakatlar 
oltita talabadan tuzilgan jamoalarini yuborishadi hamda qoʻshimcha ravishda shu 
jamoa yetakchisi, bitta rahbar oʻrinbosari va kuzatuvchilar ham qatnashishadi. 
Bu olimpiada masalalari tarkibi oʻta qiyin algebra va hisoblashgacha boʻlgan 
masalalardan tortib maktabda anʼanaviy ravishda oʻrgatilmaydigan va koʻpincha 
universitet darajasida ham boʻlmagan masalargacha (masalan, murakkab 
geometriya, funksional tenglamalar, kombinatorika va sonlar nazariyasi) 
hisoblanadi. Hisoblash orqali masalani yechishga ruxsat berilgan boʻlsa ham, hech 
qachon talab qilinmaydi, chunki matematikada asosiy tushunchaga ega boʻlgan har 
qanday kishi masalalarni tushunishi kerak, hatto yechimlari koʻproq bilim talab 
qilsa ham. Ushbu tamoyilni qoʻllab-quvvatlovchilar masalarni yechishda koʻproq 
xilma-xillikni taʼminlashadi hamda shunga qaramay, maʼlum darajadagi ixtironi 
talab qiladigan nafis, aldamchi sodda koʻrinadigan masalalarni izlashga turtki 
yaratadi, deb taʼkidlaydilar. 
Musobaqaga qatnashish uchun tanlov mamlakatlar boʻyicha farq qiladi, 
biroq bu tanlov koʻpincha bir qator testlardan iborat boʻlib, har bir oʻtgan 
bosqichda kamroq talabalarni qabul qilinadi va oxirida jamoa aʼzolari aniqlanadi. 
Bu olimpiadada mukofotlar taxminan eng koʻp ball toʻplagan 50% ishtirokchilarga 
beriladi. Jamoalar rasman tan olinmagan boʻlib, barcha ballar faqat individual 
ishtirokchilarga beriladi, ammo jamoaviy natijalar norasmiy ravishda individual 
ballardan koʻproq taqqoslanadi. Bu musoqabaqa ishtirokchilari 20 yoshga 
toʻlmagan va biron bir oliy oʻquv yurtida oʻqimasliklari lozim. Ushbu shartlarga 


rioya qilgan holda, jismoniy shaxs xalqaro matematika olimpiadasida istalgan 
marta ishtirok etishi mumkin sanaladi.
Xalqaro matematika olimpiadasi jahondagi eng nufuzli matematika 
musobaqalaridan biridir. 2011-yil yanvar oyida Google shirkati ushbu 
olimpiadasini tashkil etishga €1 million ajratdi.
2021 yil 14-24 iyul kunlari dunyoning 110 davlatidan 623 nafar o‘quvchilar 
ishtirok etgan 62-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) natijalari e'lon qilindi. 
Natijalarga ko‘ra, Buxoro viloyati 5-IDUM o‘quvchisi Diyorbek Tolipov 
kumush medalni, Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Olimjon 
Olimov bronza medalni va mazkur maktab o‘quvchisi Doniyor Ismoilov imtiyozli 
diplomni qo‘lga kiritdi. 

Download 330.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling