Mavzu: Faol harakat va gigiyena Reja: Valeologiya-salomatlik va sog‘lom hayot tarzi haqidagi ta’limot


Sog’lom turmush tarzida faol harakatlar


Download 285.19 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi285.19 Kb.
#220029
1   2   3   4
Bog'liq
saida faol harakat

3.

Sog’lom turmush tarzida faol harakatlar:

•Jismoniy tarbiya, chiniqish, sport bilan shug’ullanish

•Kun tartibini oqilona rejalashtirish

•To’g’ri va sifatli ovqatlanish

•Shaxsiy va umumiy gigiena talablariga rioya qilish

•Atrof- muhitni muhofaza qilish

•Yuqumli kasalliklarni oldini olish

•To’g’ri jinsiy tarbiya olish.



Insonning uzoq umr ko’rishining asosi – jismoniy harakat sanaladi. Tinch va uzoq hayot kechirish maqsadida sog’lom va baquvvat bo’lishi, o’z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi.

Inson salomatligini zamonaviy tarzda yaxlit baholashda jismoniy rivojlanish

darajasi hamda uygunligi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash zarurki, bugungi adabiyotlarda «jismoniy rivojlanish» tushunchasiga bu xil ta’rif uchramaydi. Zamonaviy antropologiya va jismoniy tarbiya nazaraiyasida insonning «jismoniy rivojlanish» mashguloti markaziy hisoblanib, turlicha organizmga ega, negaki mazkur a’zolar inson organizmining turli jismoniy xususiyatlari hamda sifatlari majmualarini tadkik etadi. Hozirgi vaqtgacha jismoniy rivojlanish va salomatlikning nisbati xususida yagona fikrga kelinmagan. Masalan, «jismoniy rivojlanish», «salomatlik» tushuchalarini tenglashtirishga o’rinishlar mavjud, chunki jismoniy rivojlanish darajasining pastligi va surunkali kasalliklar birligi, ayniksa, bolalarda, tez-tez uchrab turadi. Jismonan bush, nimjon bolalarning yukumli kasalliklarga, jumladan sil kasalligiga moyilligi ilgaridan ma’lum. Xaddan ziyod to’lalik, semizlikning Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, jumladan ishemiya bilan yonma-yon kelishi to’g’risidagi ma’lumotlar ham usha qonuniyatning yana bir tastigidir. Ayni vaqtda, katta odamlarda jismoniy rivojlanish darajasi hamda salomatlik orasidagi aloqadorlikni aniqlaydigan xolis (ob’ektiv) ma’lumotlar, olimlarning fikricha, yo’q, jismoniy rivojlanishning salomatlikka va aksincha, salomatlikning jismoniy rivojlanishga ta’siri aniqlanmagan, mualliflar nazarida, ular muvozanat (parallel) ravishda rivojlanadi. Biz bu fikrni kullab-kuvvatlaymiz va muammoning shunday kuyilishi sababli bugungi kungacha aholining salomatligi muammolarini nazariy jixatdan hal etishda, jumladan, dispanserizatsiya vaqtida insonning jismoniy rivojlanishiga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Insonning salomatligi va jismoniy rivojlanishi birligiga majmuali baho berish uchun «jismoniy xolat» tushunchasini kullash hamda jismoniy

rivojlanishning salomatlik bilan aloqadorligi xususiyatini ko’zgalishi muhim

amaliy vazifa bo’lib, u faqat bemorlarni emas, sog’lom kishilarni ham keng

tekshirish yo’li bilan hal etilishni talab qiladi. Mazkur masala buyicha bizning

no’qtai nazarimiz yuqorida ko’rsatilgan jismoniy rivojlanish inson salomatligini yaxlit baholanganda, uning ko’rsatkichlaridan biridir. «Jismoniy rivojlanish» tushunchasining mazmunini organizmning to’zilish – mexaniq xususiyatlari no’qtai nazaridagina izoxlash yetarli bulmaydi, jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya nazarisida u harakat apparati va umuman organism rivojlanishining xakakiy amaliy tavsifi bilan boglanish lozim. Hozirgi vaqtda shunday fikralr ustunvorki, ularga kura aloxida bir belgi emas, balki tana o’zunligining turlicha variantlarida uchraydigan ularning nisbati insonning jismoniy rivojlanishini tavsiflaydi. Tana ulchamlarining kattalashishi har doim jismoniy rivojning yaxshilanishiga muvofik keladi; buni «jismoniy anglash indekslari» parallel ravishda ortganidagina ta’kidlash mumkin. Bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanishini urgangan mamlakatimizdagi va chet ellik mualliflarning ko’p sonli tadkikotlarida ko’rsatilishicha, jismoniy rivojlanishning yo’nalishi va darajasi biologik omillardan (irsiyat va xakozo), tashqari ijtimoiy va ekologik shart-sharoitlarga (jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, maishiy va gigienik kunikmalar jismoniy tarbiyani tashkil etish, tabiiy sharoit, turmush tarzi va boshqalar). Inson salomatligi ko’rsatkichlaridan biri bo’lgan jismoniy rivojlanishga munosabat uning ilmiy va amaliyot ahamiyatini oshiradi hamda rivojlanish darajasi va uygunligiga bog’liqligini urganish vazifasini birinchi darajasi masalalar qatoriga kuyadi. Chunki jismoniy rivojlanishning bir xil ko’rsatkichlari namoyon bo’lish darajasiga karab ijobiy, salomatlikning umumiy bahosi uchun kulay yoki uning yomonlashuvi uchun xavfli omilga aylanib, u yoki bu kasallikning yuzaga kelishiga sharoit yaratishi mumkin.
4.SogMom turmush tarzi - hayot faoliyatining sihat-salomatlikni va

uni yaxshilashga qaratilgan usuldir. U har taraflama rivojlanish, salomatlikni

saqlash va mustahkamlash, ijodiy ish qobiliyatini uzaytirish, ish qobiliyatini

yuqori darajaga yetkazish, shaxslarda eng qimmatbaho sifatlarni ochishlariga qaratiladi. SogMom turm ushtarzi kpchilik tekshirgan olimlarning fikriga qaraganda 50% ortiq odamni salomatiik holatini belgilab beradi. SogMom turmush tarzi tarkibi quyidagilarni qamrab oladi: sermahsulot mehnat, to’g’ri tashkil etilgan mehnat va dam olish, zararli

odatlarga barham berish, yoqimli harakat tartibi, shaxsiy gigiyena, chiniqtirish, me’yorida ovqatlanish.

1. Unumli, sermahsulot mehnat SogMom turmush tarzini asosi hisoblanadi.

Odamni sog’lig’iga biologiya va ijtimoiy omillar o ’z ta’sirini ko’rsatadi, ularni asosiysi mehnat hisoblanadi. Mehnat odam hayotida asosiy o ’rin tutib, u tabiat bilan odamlar jamoasi o ’rtasida bir-biriga ta’- sir etib turuvchi omil hisoblanadi. Mehnat bilan moddiy tomondan ta’-minlanadi. Mehnat sharoitini yaxshilash va unday joyda mehnat qilish

odam sihat-salomatligiga ta’sir etib turuvchi omillardandir.

2. Har bir korxona odamlarni sihat-salomatligini yaxshilash borasida ommaviy jismoniy tarbiyadan foydalanishi katta ahamiyatga ega. Unumli mehnat qilish va dam olish — SogMom turmush tarzini asosiy qismi hisoblanadi. Agar to’g’ri va aniq tartib o’rnatilsa, yoqimli mehnat sharoiti barpo etiladi va dam olishni ham shunga yarasha belgilash salomatlikni mustahkamlashga sabab boMadi. Bunday hollarda ishlab chiqarish ortadi, sifat yaxshilanadi, ishlovchilarni salomatligi yaxshilanadi.

3. Zararli odatlarga barham berish (chekish, alkogol, narkotik) SogMom turmush tarzini tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu sihat-salotmatlikni buzuvchilar ko’pgina kasalliklami sababchilari hisoblanadi, umr bo^ligini keskin qisqartiradi, ish qobiliyatini pasaytiradi, o’sib kelayotgan yosh bolalar tarbiyasiga manfiy ta’sir ko’rsatadi.

4. Yoqimli harakat tartibi - sogMom turmush tarzining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uni asosini muntazam ravishda jtsmoniy tarbiya bilan shug’ullanish tashkil etadi. Bu borada jism oniy tarbiya va sport birinchi o’rinda turadi. Ommaviy SogMomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport alohida ahamiyatga ega. SogMomlashtiruvchi yugurish, ritmik gimnastika, velosiped, chang’i, turizm kabi sport turlariga qiziqish tobora ortib bormoqda. Odamlarni har tomonlama rivojlanishiga olib keladi.

5. Chiniqtirish - kuchli SogMomlashtiruvchi vosita. U ko’p kasalliklarga barham beradi, umrni uzaytiradi, uzoq vaqt ish qobiliyatini saqlab turadi. U shamollashlarni oldini olishda juda qol keladi. Chiniqtiruvchi omillar shamollashlarni 2-4 marta qisqartiradi, ayrim holatlarda uni batamom yo’qotadi. Chiniqtirish organizmga umumiy mustahkamlovchi ta’sir etib, markaziy nerv sisteinasi tonusini oshiradi, qon aylanishini

yaxshilaydi, modda almashishini me’yoriga keltiradi. Hozirgi vaqtda organizmni chiniqtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu har xil iqlimdagi joylarda ko’p qavatli turar joylar qurilmoqda. Hozirgi davrda ko’pchilik organizmni chiniqtirish bilan shug’ullanmoqda. Juda ko’p chiniqtirish maktablari hayotga joriy etilmoqda.

6. Me’yorida ovqatlanish - Soglom turmush tarzini asosidir, u organizmni to’g’ri o ’sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, salomatlikni saqlaydi, yuqori ishlash qobiliyatini saqlab turadi va umrni uzaytiradi. Ovqatlanish me’yori 1982 yilda ishlab chiqilgan boMib, unda yoshi, jinsi, mehnat va ishlash qobiliyati iqlim sharoitlari, hayot tarzi inobatga olingan.



Oilada bolaiar tarbiyasiga, bolalarga qarashga alohida e ’tibor beriladi. Ozuqa moddalari bir kunda sarflangan energiyani qoplash va uni, rivojlanishni ta’minlaydigan darajada boMishi lozim. Shaxsiy gigiyena umumiy gigiyenaning bir qismi boMib, tanaga parvarish etish, ogMz bo’shlig’iga parvarish etish, uyqu uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, aholi orasida gigiyenik tajribalar tug’dirishga asoslangan. Shaxsiy gigiyena talablarini bajarish o’z sogligi bilan bir qatorda boshida odamlar sogligni saqlashga ham katta ta’sir ko’rsatadi, bu bilan yuqumli kasalliklami oldini olgan bo’lamiz

Inson organizmining funksional xolati uning asosiy tizimlarda zaxiralarning

mavjudligi bilan belgilanadi, asosiy funksional tizimlarning «zaxiradagi quvvati yigindisi» faqat salomatlikning xolatigina tavsiflab kolmay, insonning kasallikka munosabatini ham belgilaydi. Organizmning zaxiradagi inkoniyatlari salomatlikning ko’rsatkichlaridan biri hisoblanib, insonning yashash kobiliyatini ham ko’rsatadi. Ularning ahamiyati, ayniksa, tashqi muxitdagi o’zgarishlar vaqtida, tanglik va tanglikka yakin vaziyatlarda, u yoki bu kasalliklarning rivojlanishi vaqtida, keksayish jarayonida ortadi. Insonning zaxiradagi inkoniyatlari qonsepsiyasi organizmga tarixan ato etilgan ob’ektiv inkoniyatlarga tayanadi. Mazkur muammoning yechimi insonning inkoniyatlarini baholashga yangicha yondashish uchun sharoit yaratadi, kishilarni bolaligidan va butun ongli hayoti davomida ta’lim tarbiya berish jarayonlari samaradorligini oshirishga olib keladi.

Organizmning fiziologik zaxiralari mo’tlako xakikiy anatomik-fiziologik,



funksional inkoniyatlariga ega. Kompensatsiya – moslashuv jarayonlarini moddiy ta’minlashning hammabop tamoyili shakllangan bo’lib, bunday ta’minlashning yo’li har doim va har yerda hujayralarning ichki to’zilishi giperplaziyasi sanaladi. Sog’lom kishi katta xajmli jismoniy ish bajarish bilan bog’liq hayot faoliyati jarayonida tabiiy zaxira hisobiga funksiyalarning yanada makbullashishi yuz beradi, bu zaxira organizm genomitning tarkibiy qismi bo’ladi hamda inson organizmining ichki va tashqi muxit omillariga moslashuvi tushunchasi mazmunini tashkil etadigan ko’pdan-ko’p jarayonlariga erishiladi va tadkikotchi insonning moslashish materialini – uning umumiy moslashish zaxirasini hamda yuklamaga moslashish zaxirasini to’g’ridan-to’g’ri ulchash imqoniga ega.


Xulosa

 Valeologiya — bu mustahkam salomatlik, ya’ni sog‘lom, jismoniy va aqlan yetuk avlodni voya yetkazish ustida qayg‘urish hamda barakali umr ko‘rish demakdir. Hozir insonlarning sog‘lig‘iga putur yetkazadigan, umrini qisqartiradigan ayrim ekologik muammolar, xalq va qishloq xo‘jaligida kimyoviy zararli moddalarning gigiyenik me’yordan ortiqcha qo‘llanishi turli yuqumli va boshqa kasalliklarning rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Valeologiya fanining asosiy maqsadi esa insonni har xil xastaliklardan asrash, sog‘lomlashtirishga qaratilgan.
Bu fanning ildizi juda qadimga borib taqaladi va bevosita tibbiyotning rivojlanishi bilan bog‘liq. “Avesto”da “Tibbiyot — bu tanani sog‘lom holatda saqlash san’atidir”, deb yozilgan. O‘sha davrdayoq shaxsiy va jamoat gigiyenasining qat’iy qoidalari belgilab berilgan. Ichimlik suv, yashash xonalari va aholi turar joylarining holatiga katta e’tibor qaratilgan.
Davolash tibbiyoti ilmiy fan sifatida taraqqiy topmagan davrlarda, asosan, organizmning ichki imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan. “Avesto”, xitoyliklarning “Kong-fu”, hindistonliklarning “Ayurveda” kitobida salomatlik va sog‘lomlashtirish masalalari har tomonlama yoritilgan. Masalan, “Ayurveda”ning asosiy tamoyili inson ongining tanaga ta’sir o‘tkazishiga asoslanadi. Kasallikdan xalos bo‘lish odamning o‘z ongi bilan muloqotga kirishib, uni muvozanatga keltira olishiga bog‘liq. Ushbu qadimgi tizimlar aslida valeologiyaning fan va ilm sifatidagi asosini tashkil etadi. Mazkur fan kasallikni davolash emas, balki sog‘liqni saqlash va mustahkamlash, shuningdek, salomatlikni muntazam qo‘llab-quvvatlash uchun organizmning zaxira imkoniyatlaridan foydalanishni o‘rgatadi.
Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sinoning mashhur “Tib qonunlari” asari salomatlikni saqlash va mustahkamlash g‘oyalari asosida yozilgan. Alloma insonlar o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit bilan muloqotda bo‘lishini va tashqi muhit omillari, o‘z navbatida, uning salomatligiga ta’sir qilishini ta’kidlab o‘tgan. Ulug‘ hakim salomatlikni saqlashda jismoniy faollik muhimligini alohida qayd etib, tartibli hayot tarzi omili sifatida jismoniy mashqlar, ovqatlanish tartibi va uyquni qayd etgan. U bunday yozadi: “Me’yorida va o‘z vaqtida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan inson hech qachon davolanishga muhtoj emas”.
Tibbiyot fani ulkan yutuqlarga erishgan bugungi kunda ham olim qoldirgan tavsiyalar, u yaratgan “Tib qonunlari” uzoq asrlardan buyon insoniyatga xizmat qilib kelayotgani bejiz emas. Zero, inson salomatligini saqlashda individual yondashuv zarurati hamda organizm imkoniyati va zaxiralarining ahamiyati nechog‘li muhimligini bugungi kun ham ko‘rsatib turibdi.
— Ko‘pchilik o‘zining salomatlikka umidini aynan tibbiy omil bilan bog‘laydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillar orasida tibbiy ta’minot atigi o‘n foizni tashkil etadi. Shubhasiz, uzoq va salomat yashashning asosiy sharti tibbiy madaniyat hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etishdir. Shu bilan birga, organizmning zaxira imkoniyatlarini o‘rganish, o‘z salomatligiga malakali munosabatda bo‘lishning bu borada ahamiyati beqiyos. Hozir sog‘lom turmush tarzi, valeologik tamoyillarga qat’iy rioya qilish har qachongidan muhim. Organizmning zaxira imkoniyatlarini oshirishimiz kerak. Bir kecha-kunduzlik bioritmni hisobga olgan holda o‘z mehnat qobiliyatini tartibga solish, dam olish va uyqu vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, sifatli va oqilona ovkatlanish, gipodinamiya-kamharakatlikka yo‘l qo‘ymaslik — mustahkam sog‘liq garovi. Organizmning jismonan, ruhan, hissiy, intellektual baquvvat bo‘lishi kasallikka chalinmaslik yoki uni yengil o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega.
Albatta, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish shart. Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, ijtimoiy masofa saqlash, zarurat bo‘lmasa, odamlar gavjum joylarga bormaslik kerak. Sog‘lom turmush tarzi orqali inson o‘zini va yaqinlarini COVID-19 yoki boshqa virusli infeksiyalardan himoya qiladi


Download 285.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling