Mavzu: faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash reja


Faoliyatatning tuzilishi va uning o’ziga xosligi


Download 46.78 Kb.
bet2/8
Sana05.05.2023
Hajmi46.78 Kb.
#1432508
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FAOLIYATNING O’ZLASHTIRILISHI VA MALAKALARNI EGALLASH 31-MAVZU

Faoliyatatning tuzilishi va uning o’ziga xosligi
Faoliyat bu anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig‘indisiga aytilib, faollik va harakat tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgani bilan ular o‘rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizda qurilishi mumkim. Faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat obyektiv xossalarni aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berish lozim. Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshirish juda mushkul.

Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko‘nikma deyiladi. Malaka turli yo‘llar bilan ko‘rsatish, tushuntirish, ko‘rsatish va tushuntirishni qo‘shib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin Har bir ko‘nikma va malaka odamning o‘z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malaka, ko‘nikmalarning ayrimlari kishining ko‘nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko‘nikmalarni o‘zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deyiladi.


Faoliyatning asosiy turlari, oyin faoliyatining mazmuni, mehnat faoliyati mazmuni, talim faoliyati mazmuni.
Inson faoliyati asosan uch turga bo‘linadi: o‘yin, mehnat, ta’lim faoliyati. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o‘z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. Ta’lim faoliyati o‘yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma’lum axborotlarni, bilimlarni, harakatlar va amallarni o‘zlashtirishdan iboratdir. Odamning o‘z maqsadiga ko‘ra batamom o‘rganish va o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan mana shunday maxsus faoliyati ta’lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta’lim faoliyati o‘z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma’lum bir nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun obyektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o‘zlashtirish. Bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta’lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo‘lib, bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.
Mehnat faoliyati – ma’lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki madaniy, ma’naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma’lum maqsadga qaratilgan har doim ijtimoiy tabiatga ega bo‘ladi.

Download 46.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling