Mavzu: Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni. Kirish


Bob. Fargona iqtisodiy geograrik rayonlari


Download 440 Kb.
bet2/8
Sana08.05.2023
Hajmi440 Kb.
#1443384
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni.

1.Bob. Fargona iqtisodiy geograrik rayonlari

    1. Geografik o’rni va tabiy sharoiti.

Viloyat Farg‘ona vodiysining garbiy va janubiy kismida joylashgan. U garbda va janubi-g‘arbda Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati, janubda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh va Botken viloyatlari bilan chegaradosh, reslublikamizda esa, shimolda Namangan va sharkda Andijon viloyatlari bilan qo‘shni. Viloyatning shimoli-g‘arbidagi chegarasi Sirdaryo okimi bo‘ylab o‘tadi.
Fargona viloyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning hududi geografik jihatdan yaxlit emas; Farg‘ona tumanining bir kismi (SHohimardon) va So‘x tumani Qirg‘iziston hududining ichida, eksklav holatda joylashgan. Bunday geosiyosiy vaziyat xizmat ko‘rsatish sohalarini rivLklantirish, suv va er zaxiralaridan foydalanish va, umuman, hududni boshqarish tizimida ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Viloyatning er usti tuzilishi uncha murakkab emas, u janubdan shimolga tomon pasayib boradi. SHimolda mutlaq balandlik dengiz sathidan 360-380 m, janubda eng baland nuktalar 2200 m dan ortadi (Turkiston tizmasining shimoliy kismi, So‘x tumani xududida Sariqamish davoni). Relef shaklining bunday tuzilishi viloyat janubiy qismidagi erlarni tog‘lardan oqib chiqadigan soylar suvi bilan sug‘orish uchun tabiiy qulaylik yaratadi.
Farg‘ona viloyati ham, qo‘shni hududlar singari, qazilma resurslarga boy emas. Bu erda biroz neft va qurilish sanoati uchun xom ashyo mavjud, xolos. Neft qazib olish o‘tgan asrning dastlabki yillarida chet mamlakatlar sarmoyasi yordamida (Belgiya va boshqalar tomonidan tashkil etilgan «SANTO» kompaniyasi) boshlangan. Respublikadagi eng qadimiy neft koni ham shu viloyatda (CHimyon). SHo‘rsuvda ilgari oltingugurt va ozokerit qazib olinardi, hozirda esa uning zaxiralarining sanoat ahamiyati qolmagan. Bu erda keramzit, shuningdek, qurilish materiallari - gisht. sement hamda chinni, oyna ishlab chiqarish xom ashyosi ham mavjud. Umuman olganda, viloyatning mineral-resurs salohiyati katta emas, binobarin, uni rayon hosil qiluvchi yoki mintakaviy rivojlanishining asosiy omili sifatida baholash qiyinroq.
Iqlimi quruq - kontinental: yillik yog‘in-sochin miqdori Namangan viloyatidan sap ko‘proq, Andijondan esa biroz kamroq (300-400 mm atrofida). Viloyatning shimoliy kismida Markaziy Farg‘ona cho‘llari -Qoraqalpoq va YOzyovon cho‘llari mavjud bo‘lib, ularning davomi qo‘shni Namangan va Andijon viloyatlariga o‘tib ketadi, chekka g‘arbida, xususan, Beshariq va Furkat tumanlarining Sirdaryo qirg‘og‘ida ham qisman cho‘l hududlar bor (masalan, Qayrokkum kumlari). Ushbu cho‘llarni o‘zlashtirish fakat sun’iy sugorish yordamida bo‘lishi mumkin. CHegaradagi Sirdaryoni hisoblamaganda, bu erda katta suv manbalari yo‘q. Farg‘ona viloyati ham Namangan viloyatiga o‘xshash soylar o‘lkasidir. Bu erda soylar qadimdan klassik tipdagi vohalarni vujudga keltirganki, bunday madaniy landshaftlar reslublikamizda juda kam uchraydi. CHunonchi, So‘x va Isfara soylari tog‘ oraliqlaridan tskislikka chiqish kismida panjasimon taralib ketadi, juda ko‘p kanal va ariqlarni suv bilan ta’minlaydi. Binobarin, Farg‘ona viloyatida ariqlar juda ko‘p. Masalan, So‘x soyi Rishton, Samarkand, Nursuq ariklariga, Qo‘konsoy, YAnginayman, Tomosha, Avgonbog‘, SHohimardon, Naymansoy, Turksoy, Sassiqsoy kanal va ariqlarga taqsimlanib ketadi. Isfara daryosining quyi qismidan esa Oltiariq, YAngiqishloq ariklari, Beshkapa, Isfara, Janubiy Isfara, Jo‘ga, G‘amboy, Rapqon kanallari boshlanadi.
Viloyat ijtimoiy-iktisodiy hayotida SHohimardonsoy va Isfayramsoylarnnng ham ahamiyati katta. SHohimardonsoyning davomi Marg‘ilonsoy, Oltiariksoy va ulardan taralib ketgan ko‘plab ariklar muhim sug‘orish manbai va agrolandshaftlarning asosini tashkil qiladi. SHohimardonsoy Isfayramsoy bilan birgalikda Fargona, Oltiarik, Qo‘shtepa, kisman Toshloq va YOzyovon tumanlarini suv bilan ta’minlaydi. Isfara daryosining ta’sir doirasi esa asosan Beshariq tumani bilan chegaralanadi. Ayni vaqtda, eng katta va sersuv So‘x o‘zining tipik geografik yoyilmasi (konusini) hosil kilgan va uning suvlari bilan Qo‘qon vohasi, ya’ni Dang‘ara, YAypan, Uchko‘nrik, Buvayda, So‘x, Rishton, Furkat tumanlarining erlari sug‘oriladi.
O‘tgan asrning o‘rtalarida qurilgan Sariqo‘rg‘on (Sirqo‘rg‘on) gidrouzeli So‘x daryosini to‘sib, uning suvini turli qismlargataksimlaydi. Qizig‘i shundaki, soylar o‘zlarining gidrologik xususiyatlariga moe holda (eng avvalo, suv \ajmiga ko‘ra) o‘ziga xos va moe gidroxo‘jalik rayonlarni tashkil etgan. Ular gorizantal yo‘nalishda o‘tkazilgan Katta Farg‘ona kanali hamda Janubiy Farg‘ona va Katta Andijon kanallari bilan birga mintakaning tarixiy-geografik o‘zagi, "kovurg‘asi" xisoblanadi va yagona Fargona vohasini tashkil kiladi. Suv rejimi va mikdoriga qarab bu soylar turli yiriklikdagi shaharlarga hayot bag‘ishlaydi. Masalan, So‘x Qo‘qonni, SHohimardonsoy (Marg‘ilonsoy) Marg‘ilon va Farg‘onani suv bilan ta’minlaydi. Viloyat sug‘orish tizimi yoki irrigatsiya infratuzilmasiga Karkidon, SHo‘rsuv, Qo‘rg‘ontepa suv omborlari ham kiradi. Ular soy suvlarini yig‘ib, vegetatsiya davrida pastki hududlarga suv beradi. Ayni paytda, aksariyat suv manbalari qo‘shni mamlakatlar hududidan boshlanganligi sababli, ular strategik axamiyat ham kasb etadi va xalqaro tartib-koidalar asosida davlatlararo to‘g‘ri foydalanishni talab kiladi. Farg‘ona viloyatining kuyi, ya’ni shimoliy kismida melioratsiya tizimiga daxldor zovur va kollektorlar qurilgan. Ular jumlasiga Pastki Qiziltepa, O‘rta Qiziltepa, SHimoliy Bogdod, Rishton - Bog‘dod kollektorlari va kagor zovurlar kiradi.
Ta’kidlash joizki, tog va adirlarda kurilgan suv omborlari, sug‘orish kanallarining pastki qismida er osti suvlari (grunt suvlari)ning sathi yuqori va er yuzasiga yakin. Natijada, zax joylar va ular bilan bog‘lik zoo- va geoekologik vaziyatlar, turli xil termitlar, kemiruvchilarning ba’zan ko‘payish holatlari kuzatiladi.
SHunday qilib, viloyat tabiiy sharoiti, anikrog‘i suv resurelari -soylar, ular asosida o‘tkazilgan arikdar, qazilgan kanallar mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining etakchi omili hisoblanadi. Bu erdagi ko‘plab oromgohlar, rekreatsiya manbalari (SHohimardon, Vodil, Rapqon va b.) ham mazkur gidrologik omillar sababli vujudga kelgan.
Farg‘ona viloyati mamlakatimiz tashki iktisodiy aloqalarida faol ishtirok etadi. Bir yillik tashki savdo aylanmasi, 2013-yilning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 1026,0 mln AQSH dollariga teng, shundan eksport hajmi - 420 mln, import - 606 mln. dollar. 2010-yilda ular, moe xolda, 922,0; 475,0; 447,0 mln dollarni tashkil etgan. Eksport tarkibida energiya resurelari 10,1 %, paxta tolasi-9,5 %, kimyo sanoati maxsulotlari-20,9 %, oziq-ovqat maxsulotlari-6,4 % bo‘lgan. Importda energiya resurslari-51,6 %, mashina va uskunalar-16,4 %, kimyo sanoati oziq-ovkat mahsulotlari-8,8 % ni tashkil etgan. Jami tashqi savdo aylanmasining yarmidan ko‘prog‘i MDH mamlakatlari bilan amalga oshiriladi. Ular orasida asosiy alokalar Rossiya, Qozog‘iston va boshka davlatlar bilan olib boriladi. Ko‘rinib turibdiki, Farg‘ona viloyatining iktisodiy munosabatlari respublikam izning ba’zi mintaqalaridan farqli ravishda, MDH mamlakatlari bilan faolrokdir.
Hududiy tarkibda eksportning 41,9, importning 62,3 foizi Farg‘ona shaxriga to‘g‘ri keladi. Eksportda, shuningdek, Toshloq (24,6 %), Dang‘ara (11,3 %) va Qo‘kon shaxri (11,7 %) xam ishtirok etadi. Importda Qo‘kon shaxri xamda Dang‘ara tumani ajralib turadi.
CHakana savdo aylanmasining 28,0 foizi Farg‘ona, 13,6 foizi Qo‘qon shahriga to‘g‘ri keladi. Sababi, bu shaharlar katta rayon xosil qiluvchi va rayonga xizmat ko‘rsatuvchi yirik markazlar sanaladi. Qishlok tumanlari darajasida esa Farg‘ona (7,6 %), Quva (4,2 %), Oltiariq (3,5 %) oldinda turadi. Birok bu salohiyatni belgilovchi ko‘rsatkichlar real holatni aks ettirmaydi. Bu borada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan raqamlar katta
mazmun kasb etadi. SHu nuktai nazardan, Quva, YOzyovon va So‘x tumanlarida vaziyat nisbatan yaxshiroq.



Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling