Mavzu: Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni. Kirish


Download 440 Kb.
bet6/8
Sana08.05.2023
Hajmi440 Kb.
#1443384
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni.

Qnshloq xo‘jaligi. Andijon viloyatida nafaqat sanoat, kishloq xo‘jaligi ham yaxshi rivojlangan. Bundan viloyatda o‘zlashtirilgan erlarning deyarli qolmaganligi ham dalolat beradi. Agar xududning iqtisodiy salohiyatini aniqlash lozim bo‘lsa, yaratilgan yalpi mahsulotni mintaqa maydoniga bo‘lib topish mumkin. Albatta, mazkur viloyatda bu ko‘rsatkich nihoyatda katta bo‘ladi va u hududning iktisodiy salohiyati yuksakligidan, iqtisodiyotining yuqori zichligidan darak beradi. SHu jihatdan kishloq xo‘jaligi ham bu erda intensiv rivojlanish xususiyatiga ega.
Viloyat qishloq xo‘jaligi respublikamizning ayrim mintaqalaridan farq kilib, yalpi agrar mahsulotda dexkonchilikning ulushi kattaligida (2013-yilda 71,6 %) o‘z aksini topadi. Er tanqisligi sababli fermer xo‘jaliklar rivojlanishiga ham imkoniyatlar mintaqada biroz cheklangan. Birok shunga qaramasdan, mulkchilikning bu shakli yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining 45,8 foizini beradi.
Andijon viloyati umumiy er maydoni 430,3 ming gektar, shundan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan erlar 61,1 % - bu juda yuqori ko‘rsatkich. Bunday erlar hissasi faqat Ulug‘nor tumanida biroz kichikrok.
Qishloq xo‘jaligining intensivligini bizning sharoitimizda sug‘oriladigan erlarning mavjudligi belgilab beradi. Alohida ta’kiddash lozimki, viloyatda bu ko‘rsatkich nihoyatda yuqori -sug‘oriladigan erlarning kishloq xo‘jaligida foydalaniladigan jami erlarga nisbatan ulushi 91,1 %. Baliqchi, Bo‘z, Izboskan, Oltinko‘l, Paxtaobod tumanlarida ular 100 foizni tashkil qiladi (20-ilova). Ekin ekiladigan erlar kishloq xo‘jaligida foydalaniladigan erlarning 79,3 foiziga teng; uning 8,3 % pichanzor va yaylovlardan iborat, xolos. Ekin erlarning hissasi, xususan, Baliqchi, Bo‘z, Izboskan, Paxtaobod, Ulug‘nor kabi tumanlarda katta, pichanzor va yaylovlar esa Andijon, Xo‘jaobod, Marhamat va Asaka tumanlarida nisbatan ko‘proq maydonni egallaydi.
2013-yilda viloyatda jami ekin maydonlari 256,2 ming gektar bo‘lgan. SHundan donli ekinlar 93,9 ming ga maydonda etishtirilgan. YAlpi hosil 646 ming t (2000 Y.-580 ming t) yo'ki respublika g‘allasining 8,6 foiziga barobar. Donli ekinlar tarkibida bug‘doy etakchi: 80 ming ga, yalpi hosil 568 ming t, hosildorlik 70,8 s/ga. Paxtazorlar 94 ming gektarga yaqin bo‘lib, u 2000-yilga Karaganda biroz qisqargan. YAlpi hosil ham kamaygan va 292 ming tonnani tashkil qilgan, hosildorlik 31,3 s/ga (2000 yilda 31,8 s/ga). Paxta deyarli to‘liq fermer xo‘jaliklarida etishtiriladi.
Boshqa texnika va moyli ekinlardan kungaboqarga katta e’tibor berilmoqda. U 2012-yilda 3,2 ming gektarga ekilgan. Kungaboqar asosan yog‘ olish maksadida etishtiriladi. SHu maqsadda er yong‘oq ham ekiladi.
Viloyatda kartoshka etishtirishga ham e’tibor katta. Ko‘rilayotgan yilda u 5,9 ming gektarga ekilib, 201 ming tonnaga yaqin hosil olingan. Sabzavot 21,0 ming gektarni egallagan, yalpi hosili 1077 ming tonna. 2012-yilda em-hashakka ajratilgan er maydoni 12,5 ming gektar, uning yarmidan ko‘prog‘i silos uchun ekiladigan makkajo‘xori bilan band. Bog‘dorchilik maydoni 29,0 ming gektarni tashkil kilgan; uzum 4,2 ming gektarda etishtirilgan; yalpi hosil, moe holda, 439 va 52 ming tonna.
CHorvachilik mahsulotlaridan 2012-yilda tirik vaznda go‘sht 105 ming t, sut 655 ming t, tuxum 276 mln. dona, jun 2128 tonna, pilla 3303 tonna olingan. Yirik shoxli koramollar soni 863 ming bosh, kuy va echkilar 1176 ming bosh. Takkoslash uchun: 2000-yilda 2700 tonna atrofida pilla taiyorlangan, yirik shoxli koramollar 440 ming bosh, qo‘y va echkilar 500 ming boshga yakin bo‘lgan.
Qishlok xo‘jalik maxsulotlarini etishtirishda Andijon, Jalaquduk, Ko‘rtontepa, Paxtaobod, Izboskan tumanlari oldinda (7,0-8,8 %). Ulugnor, Xo‘jaobod, Bo‘z va Bulokboshi tumanlarining ulushi esa pastrok. Axoli jon boshiga hisoblaganda, eng yukori ko‘rsatkich Bo‘z va Ulug‘nor tumanlarida qayd etilgan. Marxamat, Paxtaobod, Xo‘jaobod tumanlarida xam bu ko‘rsatkich o‘rtacha darajadan ko‘prok.
YUkorida ta’kidlanganidek, viloyatda fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi va rivojlanishi o‘ziga xos mintaqaviy xususiyat kasb etadi. 2013-yilda bu erda jami 7175 ta fermer xo‘jaliklari bo‘lib, ularga 256 ming gektar er biriktirilgan; ishlaydigan xodimlar soni -127,2 kishi (21 -ilova).
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, viloyatda jami 46,2 mln tonna yuk, 394,2 mln kishi yo‘lovchi tashilgan. YUk va yo‘lovchi tashish aylanmasi oldingi yilga qaraganda ortgan. Tashilgan yukning 60,6 foizini, yo‘lovchilarning 52,5 foizini avtomobil transporta amalga oshirgan. YUkning xam, yo‘lovchining xam aksariyat qismini xususiy avtomobil egalari bajarishgan. YUk tashishda, eng avvalo, Andijon shaxri, tumanlar orasida esa Andijon xamda Paxtaobod ajralib turadi. Yo‘lovchilar tashishda viloyat markazidan tashqari Andijon, Qo‘rg‘ontepa va Asaka tumanlari oldinda.
Tashqi savdo aylanmasi 2008-yilda 2060,5 mln, 2009-yilda 1521,8, 2013- yilda 2889,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan. SHundan eksport 2013-yilda 894,6, import 1994,5 mln dollarni tashkil qilgan. Eksport tarkibida mashina va uskunalar - 66,1 %, importda - 78,6 foiz. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, mashina va uskunalar importa qiymati ularning eksport xajmidan ko‘p bo‘lgan. Demak, bu borada ko‘shimcha zaxiralar yaratilgan. Importda kora va rangli metallar xamda kimyo sanoati maxsulotlari 7,6 foizni tashkil qiladi. Ushbu import tovarlari xam asosan avtomobilsozlik maqsaddarida amalga oshirilgan.
2012-yilda ro‘yxatga olingan xorijiy sarmoyalar yordamida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 86 ta bo‘lgan. Ularning 30 tasi Andijon shahrida, 8 tasi Andijon tumanida, 10 tasi SHahrixonda, 5 tasi Izboskanda va h.k. SHu bilan birga, Paxtaobod, Bo‘z, Buloqboshi va Ulugnor tumanlarida qo‘shma korxonalar yo‘q darajada. Ma’lumki, qo‘shma korxonalarning muhim vazifasi mamlakat va mintaqalar eksportida faol ishtirok etishdir. SHu yilda mazkur korxonalar tomonidan 795,8 mln.
AQSH dollari miqdorida eksport ishlari bajarilgan, uning 3/5 qismi birgine Asakyadshsspig^ LvvvЩ/SHYOIYA* zavlliglD gO‘.g‘pi.ke.oa pi'
Jami eksportning 96,9 foizi MDH mamlakatlariga to‘g‘ri keladi (2012 y). Importda "Uzok xorij" va Boltiqbo‘yi mamlakatlari ustunlik qiladi (91,8 %). Tashqi savdo aylanmasi geografiyasining ayni shu jihachlari bilan xam Andijon viloyati respublikamizning boshka mintaqalaridan farq qiladi. Viloyat ichida eksportning 75,7, importning 81,8 foizi Asaka shahri zimmasiga tushadi. Qolgan xududlardan bu xususda Xonobod shahri, shuningdek, Izboskan, SHaxrixon, Andijon tumanlarini qayd etish mumkin (22-ilova).
Andijon viloyatini mikroiqtisodiy rayonlarga ajratadigan bo‘lsak, u holda bu erda uch raionni kursatish mumkin: Markaziy (Andijon va Asaka shaharlari, Andijon, Asaka, SHahrixon, Paxtaobod. Izboskan tumanlari); Janubi-sharkiy (Marhamat, Jalaquduk, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Buloqboshi tumanlari) va G‘arbiy rayon (Baliqchi, Bo‘z va
1 Xorijny investnsiyalar asosida tashkil etnlgan korxonalar mintaka eksportnnnng KK.CH foyuini ga’mnnlayli.
Ulutnor). SHubxasiz, ular orasida Markaziy rayonning iktisodiy kudrati katta. Bu borada, ayniqsa, Andijon - Asaka - SHahrixon «uchburchagi» muxim mavqega ega. Andijon aglomeratsiyasi va sanoat tuguni viloyat geoiktisodiy makonining o‘zagini tashkil etadi. SHu bilan birga, adir orkasidagi Janubi-sharqiy rayon qam ancha rivojlangan, ammo uchinchi, ya’ni keyingi iillarda o‘zlashtirilgan G‘arbiy rayoniing iktisodiy va demografik saloxiyati xozircha yukori emas.
Bevosita kishlok tumanlari darajasida ko‘riladigan bo‘lsa, bu joylarda qishloq joylar sanoati suet rivojlangan. Bu boradagi indikatorlar ayniqsa Ulug‘nor, Paxtaobod, Buloqboshi tumanlarida past. Qishlok xo‘jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish indeksi fakat SHaxrixon, Izboskan, Asaka tumanlarida 1,000 dan past, eng yukori ko‘rsatkich Bo‘z tumanida - 2,124 (33-jadval). Xuddi shunday xududiy tafovutlar boshqa ijtimoiy - iqtisodiy so\alarda xam ko‘zga tashlanadi. Masalan, qurilish ishlarida, 2012-yil yakunlariga ko‘ra, shaxarlarni hisobga olmaganda, indikator Baliqchi va Bo‘z tumanlarida nisbatan katta. CHakana savdoda esa Xo‘jaobod va SHahrixonda vaziyat yaxshiroq, pullik xizmat kursatish asosan shahar joylarda - Andijon va Asakada amalga oshiriladi.
Umuman olganda, Andijon viloyatida Bulokboshi, Marhamat, Paxtaobod va Ulug‘nor kishlok tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi pastrok. Tahlillar mazkur tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ma’lum muammolar borligini ko‘rsatadi.



Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling