Mavzu: Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni. Kirish


Axoli geografiyasi va demografik jarayonlar


Download 440 Kb.
bet4/8
Sana08.05.2023
Hajmi440 Kb.
#1443384
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni.

Axoli geografiyasi va demografik jarayonlar. 'Tabiat - axoli -xo‘jalik" uchlik tizimida axoli markaziy o‘rinda turadi. U tabiatga ta’sir kiladi, undan foydalanadi, xo‘jaligini tashkil etadi va o‘z hayotini kechiradi. Tabiat, axoli va xo‘jalikning o‘zaro munosabati umumgeografik va, ayni vaqtda, geoekologik vaziyatni yuzaga keltiradi. SHu sababdan ham, bu "uchlik" geografiya fanida olib borilayotgan tadkiqotlarda muhim metodologik ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona vodiysi, jumladan, Farg‘ona viloyatida tabiat, aholi va xo‘jaligi piramida shaklida tasvirlansa, tabiati "yupka" va nozik, demografik yuki katta, xo‘jaligi o‘rtacha ko‘rinishga ega bo‘ladi1. Aholi va xo‘jalikning birgalikdagi ta’siri o‘ziga xos zo‘rikish, kuchli antropogen
bosimni keltirib chikaradi. Mintakaning asosiy ijtimoiy geografik muammosi ham ana shu bosimni engillashtirish, aholi hayoti va faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishdan iborat bo‘lmogi lozim. Sababi, ayni demografik bosim. er-suv zaxiralarining etishmasligi, ozligi mintaqa ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishida yangicha, zamonaviy, industrial-innovatsion rivojlanish strategiyasi va yo‘nalishlarini taqozo etadi.
Viloyatda aholi o‘sish sur’ati o‘rtacha darajada, qishloq tumanlarida 1989-2014-yillardagi o‘sish ko‘rsatkichlari esa 27-ilovada keltirilgan. Ko‘rilayotgan davr maboynida nisbatan yukori o‘sish Quva, YOzyovon va Toshloq tumanlarida qaid etiladi. SHu bilan birga, Farg‘ona, Beshariq, Rishton, Qo‘shtepa va Uzbekistan tumanlarida aholining o‘sishi birmuncha pastroq bo‘lgan. Besharik va Rishton tumanlarida bunday vaziyat asosan ularning tarkibidan yangi ma’muriy birliklarni ajralib chiqishi -Furqat va So‘x tumanlarining tashkil etilishi tufayli yuzaga kelgan.
Farg‘ona viloyati respublikamizda axoliey o‘ta zich joylashgan mintaqalardan biridir. Bu erda har bir kv. km maydonga 501 kishi to‘g‘ri keladi. Bu xususda, ayniksa, Toshloq (749 kishi), Uchko‘prik (725 kishi) va Buvayda (724 kishi) ksskin ajralib turadi. Mazkur tumanlarda er maydonining tanqisligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, etarli ish o‘rinlarning ozligi tufayli ichki va tashqi migratsiyani zaruriyat qilib qo‘yadi. Zichlik ko‘rsatkichi eng past So‘x tumanida - 222 kishi. Biroq, bu daraja respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan deyarli 3,5 marta ziyod. Fargona viloyatining cho‘l hududlarini o‘zlashtirish asosida vujudga kelgan. YOzyovon tumanida ham, mahalliy nuqtai nazardan Karaganda, aholi zichligi pastroq (240 kishi).
Umumdemografik salohiyatiga Karaganda Quva, Beshariq, Buvayda, Uchko‘prik va Uzbekistan tumanlarida aholi soni 200 mingdan ortiq. Eng kam aholi So‘x tumaniga tegishli - 69 ming kishi. Viloyat aholisining milliy tarkibida o‘zbeklar 89,0 %, tojiklar 5,8 foiz, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi (2013 y.). O‘zbeklar barcha shahar va qishloq tumanlarida, tojiklar asosan So‘x tumanida yashashadi. Rus va mahalliy bo‘lmagan millatlar Ko‘qon va, ayniqsa, Fargona shaharlarida ko‘proq.
Axoli soni to‘liq uning tabiiy ko‘payishi negizida ko‘payib bormokda. 2013-yilda Farg‘ona viloyati bo‘yicha tug‘ilish har ming kishiga 21,8 promilleni tashkil qilgan (taxminan respublika darajasida). Qayd etish lozimki, mazkur ko‘rsatkich YOzyavon va, ayniksa, So‘x tumanida ancha yuqori: 24,4 va 28,4 %o (37-jadval).
Geodemografik vaziyatning mamlakat miqyosida tahlili tug‘ilishning ayni tog‘li yoki tog‘oldi hududlarda joylashgan tumanlarda ko‘pligini ko‘rsatadi (CHiroqchi, Nurobod, Qo‘shrobot, Boysun, Sariosiyo tumanlaridagi holat shunga yaqin yoki shu darajada). So‘x tumanida 2013-
yilda xam eng yukori tug‘ilish koeffitsienta kuzatilgan - 28,4 %o. Tug‘ilish shahar joylarning ba’zilarida 2008 - 2010-yillarda birmuncha lasaygan. Masalan, u Farg‘ona shaxrida 19,5 dan 17,2 promillega, Marg‘ilonda 22,4 %a dan 21,2 ga tushgan. Agar Farg‘ona shaxrida tug‘ilish urbanistik muhitga xos bo‘lsa, Marg‘ilonda u ancha yukori, xatto Toshkent tumanidan xam oddidda (2XJ .%jV
Aholining tabiiy ko‘payish geografiyasini uning tug‘ilish darajasidagi xududiy tafovutlar beltilab beradi. Ushbu ko‘rsatkich Sux, Beshariq, YOzyovon, Bogdod, Buvaydada yukori, Oltiarik. Farg‘ona, Furkat va Quva kishlok tumanlarida biroz pastroq.
Odatda, axoli zich, uning nisbiy va mutlaq ko‘pligidan migratsiya xam kelib chiqadi. Farg‘ona vnloyati bu koidadan mustasno emas. So‘ngti yillarda tashki mifatsiya natijasi "0,0" darajasini qayd etmokda. Demak, mintaka axoliey faqat tabiiy kupaynshi xisobidan ortib bormokda (1,68 %). Bu, albatta, ancha yukori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Salbiy migratsiya, xususan, Farg‘ona tumanida (minus 3,9 %>), Qo‘shtepada (minus 2,2) xamda Margilon (-0,8 %o) va Qo‘kon (minus 0,7 %o) shaharlarida ko‘proq; Buvayda, Sux, Uchko‘prik, YOzyavon tumanlarida ham salbiy, qolgan xududlarda esa, migratsiya saldosi ijobiy.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling