Mavzu: Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni. Kirish


Bob. Viloyatning iqtisodiy geografiyasi


Download 440 Kb.
bet5/8
Sana08.05.2023
Hajmi440 Kb.
#1443384
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni.

2.Bob. Viloyatning iqtisodiy geografiyasi
2.1. Andijon viloyati
Uzbekistan Respublikasining maydoni eng kichik, birok axoliey eng ko‘p bo‘lgan mintakalaridan biri - Andijon viloyati 1941-yilda tashkil topgan. Utgan aerning 60-yillarida u ko‘shni Namangan viloyati bilan birlashib, Andijon viloyati nomida mavjud bo‘lgan va so‘ngra yana avvalgi rasmiy makomi va xududi kayta tiklangan.
Maydoni - 4,30 ming kv. km va bu nuktai nazardan u mamlakatimizda Sirdaryo viloyatidan (4,28 ming kv. km) oldinda turadi, xolos. Atigi 0,96 foiz respublika maydonini egallagan ushbu xududda 2805,2 ming kishi yoki mamlakat jami aholisining 9,2 foizi yashaydi (aholi soni bo‘yicha Farg‘ona iktisodiy rayonida ikkinchi, respublikamizda to‘rtinchi o‘rinda turadi).
Andijon viloyati xududi va aholisi nisbiy ko‘rsatkichlarini takkoslashning o‘zi mintaka ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatining asosiy xususiyatlarini yakkol namoyon kiladi. Bunda, eng avvalo, viloyat demofafik sig‘imiiing juda kjoriligi, axolining o‘ta zich joylashuvi, er resurslarining tankisligi ko‘zga tashlanadi. Bunday vaziyat uning ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish strategik yo‘nalishlarini belgilab olishni taqozo etadi.
Ma’muriy jihatdan Andijon viloyati viloyatga bo‘ysunuvchi 3 ta shahar, 14 kishlok tumanlari, 9 ta tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar hamda 78 ta shaharcha va 90 ta kishlok fuqarolar yig‘inlaridan iborat. Qishloq aholi punktlari 456 ta. 18-ilovada keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatishicha, viloyatning 7 ta, ya’ni jami kishloq tumanlarining teng yarmi bir sanada - 1962-yilda tashkil etilgan. Eng "yangi" kishlok tumani Bulokboshi bo‘lib, u 1992-yilda, asosan, Xo‘jaobod tumanidan ajralib chikkan.
Viloyat geografiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu erda kishloq tumanlari zich va maydoni deyarli bir tekis taqsimlangan. SHunchalik miqdorda, ya’ni 14 ta qishlok tumanlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarkand va Surxondaryo viloyatlarida xam mavjud, ammo ularning hududi Andijon viloyatidan bir necha marta katta. Viloyatda xar bir tumanga atigi 0,31 ming kv. km.dan maydon to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatimiz bo‘yicha eng oz ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu erda "geografiylik koeffitsienti" 2,61 ga teng. Boshqacha qilib aytganda, eng katta tuman - Qo‘rg‘ontepa eng kichik tuman - Bulokboshidan 2,6 marta katta, vaholanki, bunday xududiy tafovutlar boshka mintakalarda, hatto ko‘shni Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham sezilarli darajada.
Uncha katta maydonga ega bo‘lmagan viloyat respublika hududiy mehnat taqsimotida, milliy iktisodiyotning shakllanishida muxnm rol o‘ynaydi. U mamlakatimizning 6,6 foiz yalpi ichki maxsulotini, 13,6 % sanoat va 9,9
foiz qishlok xo‘jalik mahsulotini beradi. Viloyatning xo‘jaligi industrial-agrar yo‘nalishga ega bo‘lib, u, eng avvalo, mashinasozlik (avtomobilsozlik), to‘qimachilik sanoat tarmokdariga, paxta va pilla etishtirishga ixtisoslashgan.
Geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. Viloyat hududi Fargona iqtisodiy rayon i va O‘zbekiston Respublikasining chekka sharqida joylashgan. U Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod xamda O‘sh viloyatlari bilan chsgaradosh. Respublikamiz doirasida esa Andijon viloyati janubi-g‘arbda Fargona va shimoli-g‘arbda Namangan viloyatlari bilan qo‘shni.
Er usti tuzilishi balandlik, adir va tekisliklardan iborat. Eng baland nuktalari janub va chekka sharkda - Xo‘jaobod va Qo‘rgontepa tumanlarida joylashgan (1350-1550 m.)- Andijon gurux rayonlarini viloyatning janubi-sharqda joylashgan hududlaridan 800-900 metr balandlikdagi adir zonasi ajratib turadi. SHu adirning (Teshiktosh adirlari) janubiy qismida G‘arbiy Polvontosh, SHarkiy Xartum, Gumxona, Janubiy Olamushuk kabi uncha katta bo‘lmagan neft konlari mavjud. Neft-gaz konlari SHahrixon, Xo‘jaobod, Polvontosh; g‘isht xom ashyosi Sultonobodda aniqlangan. Birok ta’kidlash lozimki, viloyatda boshka kazilma boyliklar deyarli yo‘q darajada. Faqat qurilish gisht ishlab chiqarish uchun xomashyolar bor, xolos. Viloyatning g‘arbny va shimoliy-g‘arbiy, nisbatan yangi o‘zlashtirilayotgan xududlarining baland-ligi 400-420 m. Bu ikki orografik shakllar o‘rtasida qishlok xo‘jaligi va axoli joylashuvi uchun nixoyatda qulay bo‘lgan pasttekislik bor.
Iqlimi kontinental: yillik yog‘in-sochin miqdori vodiyning boshqa qismlariga Karaganda ko‘proq (500 mm. atrofida). Asosiy gidrografik elementlari Qoradaryo va uning o‘ng irmoqlari - Moylisuv va Tentaksoydan iborat. Ulardan tashqari, viloyat xo‘jaligi va axolisini xududiy tashkil etishda Okbo‘ra xamda Aravansoy daryolarining xam ahamiyati bor. CHekka janubi-sharqda Qirg‘iziston hududiga tutash joyda Andijon suv ombori va 100 ming kVt quvvatga ega bo‘lgan Andijon SES kurilgan. Viloyat xududida Janubiy Andijon, Katta Fargona, Janubiy Fargona kanallari mavjud.
SHunday qilib, Andijon viloyatida qazilma boyliklar oz, suv zaxiralari esa birmuicha ko‘p. Aynan ana shu agroikdimiy imkoniyatlar bu erda qadimdai sugorma dehqonchilik va shu asosda xo‘jalikning boshqa tarmoklarini rivojlantirishga olib bo‘lgan. Sug‘orma dexkonchilikda yuqoridagi asosiy irrigatsiya infratuzilmalaridan tashqari nisbatan kichikroq suv omborlari, kanal va arikdar xam katta ahamiyatga ega. Ular jumlasiga Asaka, Otchopar suv omborlari, Korin chapqirg‘oq, Ulug‘nor, Ozod, Ko‘tarma, Xalqobod, Kishkish, Xo‘jaqatortol, YAngiarik kabi kanal va ariklar kiradi. Qoradaryodan boshlangan SHaxrixonsoy va Andijonsoy shu nomli shahar va tumanlarga o‘z suvlarini etkazadi.
Demak, viloyatda sun’iy va tabiiy gidrografik shaxobchalar juda ko‘p. Binobarin, Andijon viloyati ham Fargona yoki Xorazm viloyatlaridek, kanal va ariklar ko‘p bo‘lgan mintaka xisoblanadi. Asosiy dare -Qoradaryoning, umuman Sirdaryo singari, O‘zbekistonning Fargona vodiysi kismida bevosita erlarni sug‘orishda ahamiyati deyarli yo‘q. Aksariyat daryolar transchegaraviy xususiyatga ega bo‘lib, ularning to‘yinish va boshlanishi ko‘shni Qirg‘iziston hududida joylashgan. Eng katta Andijon suv omborining asosiy kismi ham shu mamlakat doirasiga to‘g‘ri keladi. SHu bois, suv muammosi, suv masalasini xalqaro tartib-qoidalar, me’yorlar asosida xal qilish muhim iktisodiy, ijtimoiy va siyosiy axamiyatga ega.
Melioratsiya tizimi xam viloyatda ancha rivojlangan. Uning "kuyi" kismida, ko‘prok yangi o‘zlashtirilgan xududlarda, masalan, Ulug‘nor, Bo‘z tumanlarida kator kollektor va zovurlar kazilgan (Zovur, YOzyovon, Sariksuv, SHerqo‘rgon, Sarijo‘ga, SHaxrixon, Koraguna tashlamasi, Mazgilsoy va b.)-
Aholi geografiyasn va demografiya. Andijon viloyatining eng muxim geografik jihati bu erda axolining zich joylashuvidir. Axoli soni keyingi V* asr mobaynida 1,5 marta ko‘paygan. Bu esa aholi zichligining yanada ko‘tarilishiga olib kelgan. Hozirgi vaktda kishloq tumanlarining axoliey Bo‘z tumanidan 64,0 ming kishidan SHaxrixon tumanidagi 265,1 ming kishigacha fark kiladi (tafovut 4.14 ga barobar). SHaxrixon tumani o‘zining demografik saloxiyati bo‘yicha mamlakatimizning bu boradagi eng yirik hududlari qatoriga kiradi.
Axoli dinamikasi nuktai nazaridan ko‘rilayotgan davrda SHaxrixon, Asaka, Bo‘z, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida o‘sish ancha yukori bo‘lgan. SHuningdek, bu o‘sish Marhamat tumanida xam yuqorirok. Ayni vaktda demografik o‘sish ko‘rsatkichi Balikchi, Paxtaobod va Oltinko‘l tumanlarida birmuncha past. Xo‘jaobod tumanidagi aholi sonining 1989 yilga nisbatan kamayishi uning tarkibidan Bulokboshi tumanini ajralib chiqishi sababli yuz bergan.
Andijon viloyati ko‘p qishlokli emas, balki katta kishloqlarga boy xudud xisoblanadi. Qishloklar soni bo‘yicha u respublikamizda oxirgi o‘rinlarda (faqat Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan oldinda), vaholanki, axoli soni bo‘yicha Andijon 4-o‘rinda turadi. O‘rtacha xar bir qishlok axoli punktiga 2008 yilda 3236 kishi, 2013-yilda 2860 kishi to‘gri kelgan. Agar yangi shaharlar tashkil etilganida kabul kilingan me’yor, ya’ni eng kamida 2000 kishi aholi soniga ega bo‘lishi (tegishli shaxarsozlik talablari mavjud bo‘lgan holda) e’tiborga olinsa, viloyatning ko‘pchilik kishloklari shaxarcha maqomini olgan bo‘lar edi. SHu nuktai nazardan Karaganda, ba’zi viloyatlarda "ikkiminglik" kishloklar deyarli qolmagan, bu erda esa ularning soni juda ko‘p.
Mintaqada axoli soni 250 kishigacha bo‘lgan qishlok axoli punktlari deyarli yo‘q darajada; 500 kishigacha axoli soni bor qishloqlar viloyatda atigi 23 ta va ularda bor-yo‘g‘i 0,6 % axoli istiqomat qiladi. Bu sinfdagi qishloklarning asosiy qismi Bo‘z va Izboskan tumanlarida joylashgan, Asaka, Baliqchi, Bulokboshi, Oltinko‘l, Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepada esa ular umuman yo‘q.
Har birida 500-1000 kishilik qishloqlar geografiyasi Jalaquduq, Bo‘z va Ulugnor, undan keyingi gurux qishloqlar tarkibida Qo‘rg‘ontepa, Baliqchi, Jalaquduk va Bo‘z tumanlari ajralib turadi. Katta qishloqlar, ya’ni 2000-3000 axoliey bor manzilgohlar SHahrixon, Izboskan va Jalolquduqda ko‘proq uchraydi. Yirik qishloklar geografiyasi asosan SHaxrixon, Asaka tumanlarida, jumladan, Asakada jami shu toifadagi qishloqlarning 31 tasi joylashgan.
19-ilovada keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Andijon viloyatida 32 ta eng yirik, ya’ni har birida 5000 va undan ortiq axoli joylashgan qishloqlar mavjud. Ularga jami qishloq axolisining 1/5 qismiga yaqini to‘gri keladi. Bunday yiriklikdagi qishloqlar birgina SHaxrixon tumanida 8 ta: Do‘rmon, Xo‘jaobod, Axmad Xo‘ja, Oqoltin, Saroy, YAngi Naynov, YAngiyo‘l, Nazarmaxram; Qo‘rg‘ontepada 5 ta: Qo‘rg‘ontepa, Qo‘shtepa, Ma’murobod, CHiroqtamg‘a, Xonobod; Izboskan va Asaka tumanlarida 3 tadan. Ular jumlasiga Oyim, Buloqboshi, Uygur, Mirobod kabi "megaqishloklar" xam kiradi. Faqat Bo‘z, Ulugnor va Xo‘jaobod tumanlarida eng yirik qishloqlar yo‘q, xolos.
Qishloklar geografiyasi shaxarlarga Karaganda joylarning tabiiy sharoiti, xususan er-suv, agroiqlimiy resurelarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Intensiv sug‘orma dehqonchilik rivojlangan hududlarda qishloklar guj yoki asosiy yo‘l, kanal-ariqlar bo‘yida zanjirsimon joylashgan, o‘ziga xos "qishloq aglomeratsiyalarini" vujudga keltirgan. Bevosita urbanistik tarkibga kelsak, viloyatda 1 ta yirik - Andijon shahrida 404 ming kishi aholi bor; Asakada 62, SHahrixonda 68 ming kishi yashaydi. Demak, respublikamizning ayrim mintaqalaridan farq qilib, bu erda o‘rta bo‘g‘in shaxarlar xar holda mavjud. Xonobod, Oxunboboev, Poytug‘. Qorasuv, Qo‘rg‘ontepa va Paxtaobodning har birida 20-30 mingdan axoli istikomat qiladi. Qolgan 85 shahar joylar kichik manzilgohlarini tashkil qiladi; umumiy urbanizatsiya darajasi 52,7 % (2014 y.)
Viloyat markazi - Andijon negizida yirik shahar aglomeratsiyasi shakllanmoqda. Uning "yo‘ldoshlari" orasida, eng avvalo, uzbek avtomobilsozlari shahri Asaka xamda SHaxrixon, Marhamat, Poytug kabilar ajralib turadi.
Mintaqa shaharlari turli funksiyalarni bajaradi: Andijon - ko‘p funksiyali, iqtisodiy, siyosiy, madaniyat va fan markazi; Asaka va SHahrixon - sanoat markazlari, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Oxunboboev, Paxtaobod, Poytug‘, Ulug‘nor, Baliqchi, Buloqboshi, Bo‘z, Oqoltin, Oltinko‘l, Kuyganyor -agrosanoat shahar va shaharchalar, tuman ma’muriy markazlari, Qorasuv. Xonobod - transport va savdo markazlari. Boshqa shahar joylarning aksariyati agroshaxarchalar hisoblanib, ularning ayrimlarida hozircha shahar paydo qiluvchi tarmoqlar suet rivojlangan. Andijon shahrida 404 ming, SHahrixonda - 71 ming, Xonobodda 40 ming aholi bor, qolgan shaharlar aholisi bundan kam.
Andijon viloyatining ikkinchi muhim boyligi - bu uning mehnat resurslaridir (birinchisi - agroiklimiy resurslar). 2014-yil 1-yanvar ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 1631 ming kishi, iqtisodiy faol axoli 1279 va iiqtisodiyot tarmoqlarida band aholi 1211 ming kishini tashkil qiladi. Jami band bo‘lganlarning 71,4 foizi moddiy ishlab chiqarishda, qolganlari nomoddiy sohalarga to‘gri keladi. SHu jumladan, sanoatda - 11,6 %, kishloq va o‘rmon xo‘jaligida -37,5 %, transport va aloqada - 2,5 %, qurilishda - 5,1 %, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiy texnika ta’minotida ularning 8,2 % band.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohalaridan ta’lim, madaniyat, san’at, fan va ilm-fan sohalarida 10,9 %, sog‘likni saklash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minotda 5,9 %, uy-joy xo‘jaligi va aholiga maishiy xizmat
ko‘rsatishda 2,5 % iqtisodiy faol axoli ishlaydi'. 2013-yilda jami 80,3 mingta ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, ularning 4/5 kismi qishlok joylarga to‘g‘ri keladi.
Andijon viloyati xo‘jaligi, avval e’tirof etilganidek, industrial-agrar yo‘nalishga ega. Bu turdagi mintaqalar mamlakatimiz iktisodiy makonida uncha kup emas. Viloyat yalpi xududiy mahsulotining 18,1 foizini sanoat, 28,7 foizini qishloq xo‘jaligi ta’minlaydi; transport va alokaning ulushi - 7,1 %, savdo va umumiy ovqatlanishniki - 10,1 %, qurilishniki - 5,7 % va x.k. (2012 y.).
Agar yukoridagi raqamlar axolining bandlik tarkibi bilan takkoslansa, xo‘jalik tarmoqlarining iktisodiy samaradorligi va mexnat unumdorligi xakida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin. Masalan, sanoatda band bo‘lgan 11,6 % axoli

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling