Mavzu: Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni. Kirish


Download 440 Kb.
bet7/8
Sana08.05.2023
Hajmi440 Kb.
#1443384
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni.

2.2. Namangan viloyati
Namangan viloyati Uzbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi kismining eng katta xududi xisoblanib, uning maydoni 7,44 ming kv. km. Bu Farg‘ona iktisodiy rayonining 40,2 foizi, mamlakatimizning 1,6 foiz maydoni demakdir. Aholisi - 2504,0 ming kishi yoki respublika axolisining 8,2 foizi shu mintaqada yashaydi. Vodiyda, garchi viloyat o‘z maydonining nisbatan kattaligi bilan ajralib tursada, axoli soni bo‘yicha u Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan orkada turadi. Birok, shunga karamasdan, respublika miqyosida Namangan viloyati aholisi zich joylashgan xududlar katoriga kiradi.
YOg‘in-sochin mikdori g‘arbdan sharkka tomon ortib boradi (100-400 mm). Asosiy gidrografik elementi - Sirdaryo, u shu nomda ayni viloyat xududida, Norin va Qoradaryoning qo‘shilishi natijasida shakllanadi. Biroq Sirdaryoning erlarni sug‘orishdagi axamiyati katta emas, chunki u ancha pastlikda oqib o‘tadi. Bu jixatdan uning irmoqlari - soylarning axamiyati yukorirok: Rezaksoy, G‘ovasoy, Kosonsoy, CHortoqsoy, Namangansoy va h.k. Ushbu soylarning yuqori qismida kichik-kichik suv omborlari kurilgan (CHortok, Ko‘ksaroy, Olmossoy, G‘ovasoy, Kengko‘lsoy, Rezaksoy va boshkalar).
Norin daryosi Kirg‘iziston hududi, baland tog‘liklardan yudiiga chiqqandan so‘ng keng yoyilib ketadi. Xuddi ana shu erdan vodiyning aksariyat kanallari boshlanadi. Jumladan, Katta Namangan, SHimoliy Farg‘ona, Katta Farg‘ona, Katta Andijon kanallari Uchqo‘rg‘on shaxri va SHamoldisoy shaxarchasi yakinidan boshlanadi. Katta Namangan kanal i keyingi yillarda kurilgan bo‘lib, u adir zonasining pastroq kismlarini sug‘orishga mo‘ljallangan. Umuman olganda esa, Namangan viloyati, ayniksa, uning g‘arbiy qismi suv bilan yaxshirok ta’minlanmagan. SHu joylarda va tog‘oldi xududlarda juda ko‘p ariklar bor. Ular suv omborlaridan boshlanadi.
Namangan viloyati tabiiy boyliklariga uning dori-darmon uchun foydalaniladigan turli xil o‘tlar (farmatsevtika resurelari) xamda rekreatsiya maskanlarini xam kiritish mumkin. Bunday joylarga CHortok, Pop tumanidagi Parda Tursun sixatgoxlari, YAngiqo‘rg‘on, CHuet tumanlarining go‘zal landshaftlari misol bo‘la oladi.
Axoliey va mexnat resurelari. YAqin yillargacha Namangan viloyati respublikamizda aholisi nisbatan jadal ko‘payib borayotgan xududlar katoriga kirar edi. Ammo so‘nggi yillarda demografik o‘sish ko‘rsatkichlari biroz pasayib bormokda. Masalai, 1989-2000-yillarda viloyat aholisi Yiliga o‘rtacha 2,50 foizdan ko‘payib borgan bo‘lsa, 2000-yillar boshida bu ko‘rsatkich 1,70 foizga tushib qolgan. Eng so‘nggi
yillarda aholi soni 1,70-1,80 foizdan ko‘payib bormoqda. Demografik rivojlanish asr boshida biroz pasayib, taxminan 2006 yildan yanada jadallashgan va o‘ziga xos to‘lqin sifatida qisqa muddatli o‘tish davrini namoyon qilgan.
Qishloq tumanlari mikyosida aholi o‘sishi ancha xududiy tafovutlarga ega: agar viloyat aholisi 1989-2014-yillarda 1,7 martaga o‘sgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich CHortoq, CHuet va Kosonsoy tumanlarida 2,5-2,7 martani tashkil qilgan. Uchqo‘rg‘on, To‘rako‘rg‘on va Pop tumanlarida ham bu o‘sish ancha yuqori bo‘lgan, Namangan va YAngiqo‘rgon tumanlarida esa aholi o‘sishi dinamikasining biroz past darajalari qayd etiladi (23-ilova).
Namangan viloyatida aholining zichligi o‘rtacha 1km2 ga 337 kishini tashkil qiladi. Bu rakam qo‘shni Fargona va, ayniqsa, Andijon viloyatiga Karaganda biroz pastrok bo‘lsa-da, u respublika ko‘rsatkichidan 5 marta ko‘pdir. Viloyat hududida aholi zichligi har xil: u Namangan shahriga bevosita yaqin, sug‘orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan tumanlarda (Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Norin, Namangan) 680-890 kishiga etadi. Vaholanki, maydoni bo‘yicha eng katta Pop tumanila zichlik 68 kishi, xolos. Bu esa butun Farg‘ona iqgisodiy rayonida eng kichik ko‘rsatkichdir. SHu katorda, yangi o‘zlashtirilgan Mingbuloq tumanida ham aholi joylashuvi uncha zich emas -151 kishi va bu jihatdan u qo‘shni Andijon viloyatining Ulug‘nor, Bo‘z, Farg‘onaning YOzsvon tumanlariga o‘xshab ketadi. Ma’lumki, bu ma’muriy birliklar Markaziy Farg‘ona - Qoraqalpoq cho‘li hududlarida joylashgan. Demak, viloyat tumanlarining demografik sig‘imi bir-biridan ancha farq qiladi. Bunday holat asosan suv resurelarining hududiy shakllanishiga bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy xususiyatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Viloyatda aholi soni bo‘yicha CHuet tuman i oldinda turadi. Bu erda 237,6 ming kishi istikomat kiladi. Qolgan kishloq tumanlari aholisi esa Mingbuloq tumanidagi 112 ming kishidan Namangan tumanidagi 212 ming kishigacha farq qiladi (23-ilova). Aholi sonining nisbatan yuqorn sur^atlarda o‘sishiga uning tabiiy harakati sababchidir. CHunonchi, 2001 yilda tugilish 20,7 promille, o‘lim 4,7 va tabiiy ko‘payish 16,0 promillega teng bo‘lgan (1999 yilda bu ko‘rsatkichlar yuqoridagilarga moe ravishda 23,1, 4,9 va 18,2 promilleni tashkil etgan). 2010-yilda tabiiy harakat ko‘rsatkichlari quyidagicha: tug‘ilish 21,5, o‘lim 4,5, tabiiy ko‘payish 17,0 promille, 2013-yilda moe ravishda, 22,9; 4,6 va 18,3 %o.
Axolining tabiiy harakati xududiy farqlarga ega bo‘lib, bu joylarning demografik vaziyati, aholisining yo'sh va jinsiy, milliy tarkibi, migratsiya va bandligi, ma’lumotlilik va urbanizatsiya darajasi kabi qator omillarga bog‘liq. 24-ilova ma’lumotlarining tahlili ko‘rsatishicha, so‘nggi yillarda viloyat aholisining takror barpo etilishi umumiy tarzda pasayib borayotgan bo‘lsa-da, u to‘lqinsimon o‘zgarishga ega.


Takkoslash uchun: 2012-ynl yakunlari bo‘yicha ko‘zga kurinarli ko‘rsatkichlar : omixta em 92,3 ming t., trikotaj mahsulotlari 3830 ming dona, o‘simlik yog‘i 13,2 ming t., un 211 ming t., paxta tolasi 77,9 ming tonna.


Viloyat sanoat korxonalarining ko‘pchiligi paxta tozalash va meva-konserva zavodlaridan iborat. Paxta tozalash zavodlari barcha kishlok tumanlari markazlarida, konserva - Namangan, To‘raqo‘rgon, yog zavodlari Namangan, Uchqo‘rg‘onda joylashgan. Xorijiy investitsiyalar yordamida 63 ta qo‘shma korxona tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatgan. Ularning eng kupi — Namangan shaxri (23 ta) hamda Namangan va Uychi tumanlarida. SHuningdek, bu turdagi korxonalar Pop, Kosonsoy, CHuet, To‘raqo‘rg‘on va boshqa kishlok tumanlarida xam mavjud, Mingbulok va YAngiko‘rg‘onda esa ular yo‘k darajada.
Sanoat saloxiyatining xududiy tarkibi kuyidagicha: Namangan shaxri 41,9 %, Uchqo‘rg‘on tumani - 9,6 %, Namangan - 9,0 %, Uychi - 7,5 %, Pop -5,9 % va x.k. (26-ilova). Axoli jon boshiga xisoblaganda, Namangan shaxri va Uchko‘rgon tumani yukorirok ko‘rsatkichlarga ega. CHortok va YAngiqo‘rg‘on tumanlari esa sanoat nihoyatda suet rivojlangan, hatto CHuet tumanida xam mazkur daraja ancha past.
Tahlillar ko‘rsatishicha, viloyat sanoatining rivojlanishida qator muammolar mavjud. Eng avvalo, sanoat saloxiyatini yuksaltirish, uning tarmokdar va xududiy tarkibini rivojlantirish zarur. Buning uchun mavjud kishlok xo‘jaligi xom ashyosi, mexnat resurelaridan to‘larok foydalanish, kurilish ishlarini ko‘prok olib borish talab etiladi.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling