Rasmiyholat
|
Qо‘llar yonida bо‘lib, qо‘ldastalar rasmiy holatda.
|
1-holat
|
Rasmiy holatda tirsaklar sal bukilgan, barmoqlar uchi pastga qaragan, yelka balandligiga mayin kо‘tariladi. Sо‘ng kaftlar yonga qarab, barmoq uchlari yuqoriga qaratilib, balandligi yelka barobar bо‘ladi. Bosh barmoq bilan о‘rta barmoq bir-birlariga egilganroq bо‘lib, qolgan barmoqlar erkin holatda.
|
2-holat
|
Qо‘llar birinchi holatdan barmoqlar pastga qaratilib, bosh ustiga mayin kо‘tariladi. Sо‘ng kaftlar yuqoriga qaratiladi, barmoqlar va tirsaklar birinchi holatdagicha qoladi. Boshni kо‘tarmagan holatda kо‘z qо‘llarni kо‘rishi kerak.
|
3-holat
|
Chap qо‘l ikkinchi holatda bо‘lib, о‘ng qо‘l birinchi holatga tushadi. Qо‘ldastalar о‘zgarmaydi.
|
4-holat
|
Chap qо‘l ikkinchi holatda qoladi. О‘ng qо‘l chap kо‘krakdan sal pastga keladi. Qо‘ldastalar о‘zgarmaydi.
|
5-holat
|
О‘ng qо‘l о‘sha holatda qolib, chap qо‘l birinchi holatga tushadi .
|
6-holat
|
Ikkala qо‘l oldinga, barmoqlar pastga qaragan holda qoladi. Sо‘ng kaftlar oldinga qaratilib, barmoq uchlari yuqoriga qaragan bо‘lishi kerak. Qо‘llar oralig‘I yelka kengligida bо‘lib, barmoqlar uchi yelka balandligida bо‘lsin.
|
7-holat
|
Oltinchi holatdan kafti о‘ziga qaratilib, barmoqlar uchlari bir-birlariga rо‘para bо‘lib, yonbelga qо‘yiladi. Bosh barmoq orqada, qolgan barmoqlar oldinda bо‘ladi, tirsaklar yonga qaragan. Qо‘l holatlarida erkaklar ayollar holatidan farqli tarzda tirsaklar kamroq bukilib, barmoqlar tо‘g‘ri bо‘ladi.
|