Mavzu. Farg‘ona raqs maktabi


Download 0.97 Mb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1383980
1   2   3   4   5
Bog'liq
FARG‘ONA RAQS MAKTABI

Bosh uchun mashqlar. Boshni qollarning harakatlanishiga qarab to'g'riga, o‘ng va chap tomonlarga, yuqori va pastga qarab burish. Bosh va bo‘yinning «Qiyg'ir bo'yin», «lyak qoqish», o‘ng va chapga egish harakatlaridan foydalaniladi.
Yuz uchun mashqlar. Yuzdagi a’zolar raqs obrazi xarakterini ocliib bcrishda muhim o'rinm egallagani bois, mashqlar alohida o'rgatiladi. Jilmayish, nim tabassum, qosh cliimirish, qoshni kcrib olish, qosh qoqish, ko‘zni suzish, yumib olish, o'qrayib qarash kabi mimik harakatlami bajarish. Bunda mavzuga oid kuy va ko‘zgudan foydalanib yuz a’zolari harakatlantiriladi.
Ko‘z uchun mashqlar. Sahnaning sakkizta nuqtasiga qarash. To‘g‘riga, yuqoriga, pastga, o‘ng tomonga to‘g‘riga, yuqoriga. pastga, chap tomonga to‘g‘riga, yuqoriga, pastga «lyak qoqish» harakati bilan qarash.0‘ngdan chap tomonga «Qiyg‘ir bo'у in» harakatini bajarib «lyak qoqish» harakati bilan tugatish, siui harakatni chapdan o'ngga takrorlash.
Oyoq uchun mashqlar. Oyoqlarni juftlab oyoq uchiga ko'tarilish, oyoq uchini ko‘tarib tovonda turish, tizzalami oldinga ko‘tarish, oyoqlarni bukish, sakrash, otish kabi turlari bajariladi. «Nuqtaii yurish», «Yon yo‘rg‘a», «Oddiy qadam tashlash», «Oqsatma», «Ufori», «Chalmash ufori» harakatlardan foydalaniladi.
Gavda uchun mashqlar. Tebranish, silkinish, egilish. Gavda qo‘l, yelka, oyoq, bosh harakatlariga mos holda tebranadi, oldinga va orqaga egiladi, o‘ng va chapga buriladi. «Bclquchar», «Sildirma», «Polda yotib aylanish», «Tik turib orqaga, yon tomonlarga egilish», «Оturib orqaga, yon tomonlarga egilish» kabi harakatlardan foydalaniladi.
Aylanishlar uchun mashqlar. Avval 4 ta nuqtaga qarab, keyin 2 ta nuqtaga qarab, so‘ngra lta nuqtaga qarab aylanishga moslashish. 0‘ng va chap tomonlarga, oldinga, orqaga, bir joyda turib o‘ng va chapga, katta aylana bo‘ylab qo'llaming 1,3,7 holatlarida aylanish mumkin. 0‘ng tomonga aylanganda gavda og'iiiigi o‘ng oyoqqa o'tadi va o‘ng oyoq uchi bilan aylanadi. Chap tomonga aylanganda gavda og‘irligi chap oyoqqa o‘tadi va chap oyoq uchi bilan aylanadi.Gavdani tik tutish lozim. Aylanishlarning «Charh», «Tizzalab», «Belquchar», «Spiral» ko‘rinishli, turli holatlardagi turlari bor:
a) Qollar 1-holatda, bosh to‘g‘rida. 3-sanoqda uch marta o‘ng tomonga, o'ng oyoq uchi bilan aylanish. 4-sanoqda dam olinadi, Qollar 6-holatga kelib «Gul bargi» harakatidan yana 1-holatga ochiladi. Aylanish chap tomondan qaytariladi. Har safar aylanishda oyoqlar tayyorlov holatida qoladi;
b) Qollar 3-holatda, bosh to‘g‘rida. 1 sanogMda bir marta o‘ng tomonga, o‘ng oyoq uchi bilan aylanib 6-holatda bitta qarsak chalinadi. Aylanish chap tomqndan qaytariladi. liar safar aylanishda oyoqlar tayyorlov holatida qoladi;
c) Qollar «Belquchar» holatda (dumoloq shakldagi o‘ng qo’l oldida, chap qo’l orqada). Ikkala oyoq uchiga ko‘tarilgan.O‘ng tomonga sakkiz sanoqga «Spiral» shaklida pastdan yuqoriga o‘sib aylanish. Qo'llar «Bclquchar» holatdan asta-sekin l-holatga ochiladi. Aylanish chap tomondan qaytariladi. Har safar aylanishda oyoqlar tayyorlov holatida qoladi;
d) «Sho‘x-sho‘x» aylanish. Qollar ong 4-holatda, bosh to‘g‘rida. 3 sanoqda uch marta o‘ng tomonga, o‘ng oyoq uchi bilan aylanish. 4-sanoqda qollar chap 4-holatga ochiladi. Aylanish chap tomondan qaytariladi. Har safar aylanishda oyoqlar tayyorlov holatida qoladi.
e) Ong qol 1-holatda, chap qo’l 6-holatda, bosh to‘g‘rida. 3-sanoqda uch marta, chap oyoq uchi bilan chap tomonga aylanish. 4-sanoqda qollar almashadi.Aylanish o‘ng tomonga qaytariladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling