Mavzu: Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistеmasi
F azodagi juft kuch momenti –
Download 0,58 Mb.
|
3-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juft haqidagi teoremalar
- Ixtiyoriy tekis kuchlar sistemasini berilgan markazga keltirish
F azodagi juft kuch momenti – Juft ta’sir tekisligiga tik bo’lgan vektor bo’lib, uning yo’nalishi uning uchidan qaralganda jism har doim soat strelkasiga qarshi aylanadi (shak-l)
Juft moment vektorining moduli juft tashkil etuvch kuchlardan biri bilan juft yelkasiga ko`paytirilganiga teng bo`ladi. Juft haqidagi teoremalar Juft kuchni uning ta`sir tekisligiga parallel bo`lgan tekislik bo`ylab ko`cherish haqida– Juft kuchni uning ta`sir tekisligiga parallel bo`lgan ixtiyoriy tekislikka ko`cherish mumkin. Bunda jismning kinematik holati o`zgarmaydi. Juft kuchni ekvivalentligi haqida – Juft kuchni boshqa luft kuch bilan almashtirish mumkin, agarda ularning momentlari geometrik (vektor) teng bo`lsa. Bunda jismning kinematik holati o`zgarmaydi Tekislikdan juft kuchni qo’shish haqida – Tekislikdan juft kuchlar sistemasini bitta juft bilan almashtirish mumkin, bunda uning momenti berilgan juft kuchlar momentlarining geometrik yig’indisiga teng bo’ladi. Bunda jismning kinematik holati o’zgarmaydi. J uft kuch sistemasining muvozanat sharti Kuchlar sistemasini haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lish uchun ishni qo`yidagi reja asosida olib boramiz 1. Sistemani qanday soddalashtirish kerak 2. Sistemani eng soda holi qanaqa ko`rinishda bo`ladi 3. Sistemani muvozanat sharti qanday Ixtiyoriy tekis kuchlar sistemasini berilgan markazga keltirish Tekislikda ixtiyoriy nuqta tanlab olamiz, Puanso usulidan foydalanib har bir kuchni shu nuqtaga keltiramiz. Bu holda berilgan ixtiyoriy kuchlar sistemasi o`rniga kesishuvchi kuchlar sistemasi va juft sistemani hosil qilamiz. Puanso usulidan foydalanib hosil qilingan sistema berilgan ixtiyoriy tekis kuchlar sistemasidan unga juft kuch vektori qo`shilganligi bilan farq qiladi. Markazga keltirilgan kesishuvchi kuchlar sistemasi shu markazga qo`yilgan bitta kuchga keltiriladi. Juft sistema bitta juftga (juftlarni qo`shish teoremasiga asosan) keltiriladi. Bu juftning momenti berilgan kuchlarning keltirish markaziga nisbatan momentlarining vector yiq`indisiga teng. Umumiy holda ixtiyoriy tekis kuchlar sistemasi bosh vector deb ataladigan bitta teng ta`sir etuvchi va keltirish markaziga nisbatan olingan bitta bosh momentga keltiriladi.: Download 0,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling