Mavzu: Fe’llarda mayl kategoriyalari Reja: Kirish Asosiy qism
Download 37.72 Kb.
|
Feruza turkiy tillar kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -g‘anda//-ganda.
- (-g‘ancha//-gänchä, -g‘їncha//-ginchä).
- Geje olmajїnja, yulduz görünmez
-mїsh//-mish elementi sifatdoshlar o‘g‘uz guruhidagi turkiy tillar uchun xos bo‘lib, yoqut tilida ham uchraydi: tur., ozarb. yazmїsh (yozilgan), gag. pishmish (pishgan), yoq. axtubut (yiqilgan), uolbut (qurigan), barbьt (borgan) kabi. Ushbu affiks, dastlab, bїsh//-bish shaklida bo‘lgan. Aslida, sifatdosh yasovchi -mїsh//-mish affiksi fe’ldan sifat yasovchi -m va -їsh//-ish affikslaridan tashkil topgan.
14. Turkiy tillarda ravishdosh. Turkiy bobotilda ravishdoshlar unchalik ko‘p bo‘lmagan. Ravishdoshning ancha qadimiy ko‘rinishlari -їp//-ip va -a//-a affikslari orqali hosil qilingan. -їp//-ip elementli qadimgi ravishdoshlar barcha eski va hozirgi turkiy tillarda uchraydi. Chuvash tili bundan mustasno: tat. a°lьp (olib)<a°l (ol), ozarb. alїb, qirg‘., tur., turkm., qum., gag., qar., qoz., olt., q.qalp. alьp (olib) va hokazo. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda -(ї)pan//-(i)pan elementli ravishdoshlarga duch kelinadi: olurupan (o‘tirib), közdärübän (ko‘rsatib) kabi. -a//-a affiksi bilan yasalgan ravishdoshlar barcha turkiy tillarda uchraydi. U turkiy bobotilda ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi turkiy tillarda u faol ishlatilmasa-da, ba’zan juft holda qo‘llaniladi: olt. ayta-ayta, bara-bara kabi. Ushbu ravishdosh-ning turg‘un emasligi ayrim holatlarda uning boshqa formalar bilan omonimiya hosil qilishidir: tat. ba°ra (borayotib) va ba°ra (u borayotir) kabi. Turkiy tillarda ravishdoshlar sifatdoshga o‘rin kelishigi qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: -g‘anda//-ganda. Ravishdosh bosh gapdagi harakat bilan bir paytda sodir bo‘ladigan harakatni anglatadi: olt. Dїlu salqїn tüshkende, qar qayїla beret (Kuchli shamol esganda, qor yog‘adi). U tugallangan harakatni ham anglatishi mumkin: tat. G‘abdulla agay kilgände, Maxmut pisar malaynїñ shashin qьrьp a°zaplana idi (G‘abdulla amaki kelganda, Mahmud sartarosh bolaning sochini qiyinchilik bilan olar edi). O‘g‘uz guruh tillarida -anda//-ändä ko‘rsatkichli ravishdosh keng tarqalgan: ozarb. Ag‘ach sїnanda, budag naya gäräk? (Yog‘och singanda, butoq nimaga kerak?). Ravishdoshning -anda affiksi o‘rin kelishigidagi -an sifatdoshi bilan bog‘liq. Turkiy tillarda sifatdosh va muayyan natijaga erishish uchun yo‘naltirilgan muayyan chegarani bildiradigan harakatni anglatadigan qadimgi -cha//-cha qo‘shimchasini qo‘shish bilan ham ravishdoshlar hosil qilinadi (-g‘ancha//-gänchä, -g‘їncha//-ginchä). Ushbu affiksli ravishdosh keyingi fe’l orqali ifodalangan harakatning davom etishi kerak bo‘lgan chegarani anglatadi: olt. Tañ atqancha, dash boldї (Tong otguncha, yomg‘ir yog‘di), qoz. Xasan jinalьs bitkenshe otьrdї (Hasan yig‘ilish tamom bo‘lguncha o‘tirdi), o‘zb. Opam kelgunchaб men dars tayyorladim. Ushbu ravishdoshniтп fonetik o‘zgarishga uchragan shakli -їnchadir: ozarb. Män gabag‘їmdakї chayї garїshdїrїb ichinje, o bir nechä kara bu sualї mänä verdi (Men stakandagi choyni aralashtirib ichguncha, u bir necha marta bu savolni menga berdi). Turk tilida hatto ravishdosh bo‘lishsiz shaklda bo‘lsa ham, ushbu ma’no saqlanadi: Geje olmajїnja, yulduz görünmez (Kech bo‘lmaguncha, yulduz ko‘rinmaydi). Boshqa holatlarda -їncha elementli ravishdosh boshqa harakatga mansub bo‘lgan harakatni anglatadi: Beni görünje hemen gülümsedi (Meni ko‘rdim deguncha, u darhol kulimsiradi). Download 37.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling