Mavzu: Fe’llarda mayl kategoriyalari Reja: Kirish Asosiy qism


-alї//-ali ko‘rsatkichli ravishdosh asosiy fe’l orqali ifodalañan harakatning boshlanishi paytini ko‘rsatadi: tur. Ben Almanijaja gemeli bir sene olmak uzereidi


Download 37.72 Kb.
bet13/16
Sana21.02.2023
Hajmi37.72 Kb.
#1218472
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Feruza turkiy tillar kurs ishi

-alї//-ali ko‘rsatkichli ravishdosh asosiy fe’l orqali ifodalañan harakatning boshlanishi paytini ko‘rsatadi: tur. Ben Almanijaja gemeli bir sene olmak uzereidi (Men Germaniyaga kelgandan buyon, bir yil o‘tdi).
-qalї//-kali ko‘rsatkichli ravishdoshning ma’nosi ham alїnikiga o‘xshaydi: olt. Men añdї atqalї, uday berdi (Men bug‘uni otgandan buyon, ancha vaqt o‘tdi), q.qalp. Men kelgeli bir ay boldi (Men kelgandan buyon, bir oy bo‘ldi).
-qanlї elementli ravishdoshning ma’nosi ham xuddi yuqoridagilarnikiga o‘xshaydi: q.balq. Bu kitap chїqqanlї, men anї körmägänme (Bu kitob chiqqanga qadar, men uni ko‘rmadim).
-g‘ach ko‘rsatkichli ravishdosh qipchoq tillarida, shuningdek, Sibirdagi turkiy tillarda tarqalgan. U, odatda, u asosiy fe’l ifodalaydigan harakatni anglatadi: o‘zb. Tun ketgach, tong oqargach, qushlar sayray boshladi; tat. Qъyash ba°yьg‘ash, biz ishtan qa°yttьq (Kun botgach, biz ishdan qaytdik).
Turkiy tillarning qipchoq va o‘g‘uz guruhida ham -araq ko‘rsatkichli ravishdoshlar uchraydi: tat. kitäräk (ketayotib), ozarb. oxuyarax (o‘qiyotib), tur. duyarak (his qilayotib), gag. kacharak (qochayotib) kabi. -araq//-arak affiksi belgining kuchli yoki kuchsizligini ifodalaydigan sifatlardagi -raq (-roq) qo‘shimchasini anglatadi. O‘zbek tilida -roq affiksi -ib ravishdosh hosil qiluvchi affikslarga qo‘shilib, fe’l ifodalagan harakatning natijasi yoki sur’atini pasaytiradi, kuchsizlantiradi: qo‘rqib–qo‘rqibroq: qo‘rqibroq gapirdi.
-an (-n, -on, -ön) ko‘rsatkichli ravishdosh faqat yoqut tilida uchraydi: kören (ko‘rayotib), aha:n (ochayotib) kabi.
-sa elementli ravishdosh chuvash tilida uchraydi: kalaza (gapirayotib), ilze (olayotib) kabi. Ushbu affiks genetik jihatdan boshqa turkiy tillardagi -sa shakli bilan aloqador: qirg‘. Qarasa, Proxoshka tüshüp kelatїptїr (Qarasa, Proxushka kelayotibdi).
Demak, turkiy bobotil davri uchun -їp//-ip va -a//-ä elementli ravishdoshlar xos bo‘lib, qolganlari fe’ldan hosil qilingan otlarning kelishik formalariga to‘g‘ri keladi.

Download 37.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling