Mavzu: Fe’llarda mayl kategoriyalari Reja: Kirish Asosiy qism
-an//-an va doimiy harakatni anglatuvchi -a
Download 37.72 Kb.
|
Feruza turkiy tillar kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -qan//-kan
-an//-an va doimiy harakatni anglatuvchi -a affiksi bilan kelgan sifatdoshning tarixiy taraqqiyoti uzoq bo‘lib, ushbu affiks -a va -n elementlaridan tashkil topgan. Bundagi oxirgi -n elementi harakat natijasi ma’nosini anglatadigan fe’ldan yasalgan qadimgi sifat affiksidir. Buni ozarbayjon tilidagi yїg‘їn tipidagi fe’ldan yasalgan otlar hosil qiladigan fe’ldan sifat yasaydigan -їn//-in ham tasdiqlaydi. Zamonga nisbatan betaraf bo‘lishi uchun fe’ldan sifatdosh yasovchi -n hozirgi zamon ko‘rsatkichi -a//-a bilan murakkablashtirilgan: tat. bar-a-m (boraman). Hozirgi zamondagi yazan (yozayotgan) tipidagi sifatdosh tarzda hosil bo‘lgan.
Ammo ko‘pchilik turkiy tillarda ushbu sifatdosh turg‘un bo‘lmasdan, keyinchalik, vaqt o‘tishi bilan yo‘qola borgan. Uning ayrim qoldiqlari sifatdoshlardan yasalgan otlar sifatida saqlangan: chuv. s‘ilen, tat. yьlan, xak. chїlan so‘zlari o‘zbek tilidagi ilon bo‘lib, aslida, sudralib yuradigan ma’noda yьlan so‘zi hozirda ishlatilmaydigan jil (o‘rmalamoq, sudralmoq, jilmoq) fe’lidandir. Xorazm o‘zbek shevalarida yїl fe’li bilan bog‘liq so‘zlar hozirda ham saqlanganligini ta’kidlash kerak: yїlїsh (silji) kabi. Turkiy tillardagi quyon so‘zi ham xuddi shu tarzda hosil qilingan bo‘lib, uning o‘zagi qu- quvmoq fe’li bilan bog‘liqdir. Turk, ozarbayjon va gagauz tillarida ushbu sifatdosh hozirgi zamon sifatdoshi sifatida saqlangan: tur. alan (olayotgan), yazan (yozayotgan), ozarb geden (ketayotgan), gag. uchan (uchayotgan), turkm. okayan (o‘qiyotgan), ishleyan (ishlayotgan) kabi. O‘tgan zamon sifatdoshi. Qadimgi fe’ldan sifat yasovchi -qan//-kän vaqt o‘tishi bilan o‘tgan zamon sifatdoshi sifatida ixtisoslasha borgan. Qachon-lardir u qadimda sodir bo‘lgan harakat natijasini anglatgan bo‘lib, bu holat uning sifatdosh sifatida ixtisoslashuviga olib kelgan. -qan//-kan ko‘rsatkichli sifatdosh turkiy tillarning qipchoq guruhida, shunigdek, oltoy, tuva, shor, tofalar va xakas tillarida keng tarqalgan: qoz., tuv. kelgen (kelgan), o‘zb. yozgan, tat. ya°zg‘an, qirg‘. jazg‘an (yozilgan), qum. alg‘an (olgan), olt. barg‘an (borgan), shor. parg‘an, no‘g‘. barg‘an, xak. chatg‘an (yotgan) kabi. Sifatdoshni hosil qiluvchi -qan//-kan affiksi fe’ldan yasalgan sifatlarning qadimgi ikkita affiksi -q va -an dan tashkil topgan. Fe’ldan sifat yasaydigan qadimgi -an//-an elementi harakat natijasini anglatishi mumkin: turkm. dog‘an (og‘ayni, tug‘ishgan), ozarb. kechän (o‘tmish, o‘tgan), ötän (o‘tgan). Turkman tilida ushbu fe’ldan yasalgan sifat asosida o‘tgan zamon sifatdoshi yuzaga kelgan: oqan (o‘qigan), gelen (kelgan), ishlan (ishlagan) kabi. Download 37.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling