Mavzu: Firma va ularning tashkiliy iqtisodiy asoslari. Reja


Firmaning qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati


Download 26.35 Kb.
bet2/6
Sana07.02.2023
Hajmi26.35 Kb.
#1172501
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mazu 2

Firmaning qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati. Firmaning ishlab chiqarishi va xarajatlari to’g‘risida gapirganda ularni ikki xil vaqt oralig‘ida qarash lozim, qisqa muddatli va uzoq muddatli.

Qisqa muddatli oraliq - bu shunday vaqt oralig‘iki, firma bu oraliqda faoliyat ko’rsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o’zgartira olmaydi. Bunday omilga o’zgarmas ishlab chiqarish omili deyiladi.
O’zgarmas omil sifatida firma kapitali - ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi. Masalan, firma kapitalidan foydalanish yo’nalishini o’zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod qurish uchun, birinchi navbatda uning loyihasi ishlab chiqiladi, uskuna va texnologik liniyalar sotib olinadi va o’rnatiladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi (kamida bir yil).
Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) o’zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o’zgaradi va bunday resurslarga o’zgaruvchan resurslar deyiladi.
Qisqa muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish quvvatini o’zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin.


Ishlab chiqarish va uni tashkil etish asoslari
Bu bobda ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakati, ishlab chiqarish omillari va mahsulot hajmini o'zgartirish zarar bo'lganda, firmalar ishlab chiqarishni qanday tashkil etadilar va ishlab chiqarish xarajatlarini qanday o'zgartiradilar, kabi masalalarga e'tibor qaratiladi. Firma va korxonalaming asosiy vazifasi — mahsulot ishlab chiqaribuni sotish, maksimal foydaga erishish. Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish zarur.
Ishlab chiqarish jarayoni — bu mehnat va tabiiy jarayonlarni ma'lum tartibda ketma-ketlikda tashkil etish majmuasi bo'lib, ular yordamida xomashyo, materiallar tayyor mahsulotga aylanadi.

Download 26.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling