Mavzu: Fonetikaga kirish


Download 298.42 Kb.
bet5/6
Sana15.09.2023
Hajmi298.42 Kb.
#1678423
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. Fonetikaga kirish

Fonemalarning uch belgisi bor: 1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artikulyatsiyasi (aytilishi yoki talaffuzi). 3. Ma’no farqlashi (ba’zi darsliklarda “lingvistik tomoni” deyiladi). Bular ichida fonemaning ma’no ajratish belgisi muhim hisoblanadi. Aks holda tovush fonema sanalmaydi.

Fonetik akustika Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havooqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o‘pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo‘ladigan ovoz va nutq organlarida hosil bo‘ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir.

Nutq tovushlari akustikasida quyidagilar farqlanadi: 1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko‘ra har xil chiqishidir: un paychalari ko‘p tebransa, tovush baland bo‘ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi.

2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o‘tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdoridir” Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog‘liq: tebranish kengligi katta bo‘lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo‘lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.

3.Nutq tovushlarining tembri (sifati) –asosiy ton bilan hosil bo‘ladi. Tovushlarning tembri og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo‘lishiga bog‘liq.

4. Tovushning cho‘ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o‘lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho‘ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo‘ladi.

Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi.


Download 298.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling