Mavzu: Fonetikaga kirish


Download 298.42 Kb.
bet6/6
Sana15.09.2023
Hajmi298.42 Kb.
#1678423
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu. Fonetikaga kirish

Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi: 1. Nafas apparati: o‘pka, bronxlar (bir juft), nafas yo‘li (traxeya). 2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar hamda un paychalari joylashgan. 3. Og‘iz bo‘shlig‘ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan . 4.Burun bo‘shlig‘i. 5.Markaziy nerv sistemasi.

Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi.

Nutq apparatining tuzilishi 1. Bosh miya. 2. Burun bo‘shlig‘i. 3. Qattiq tanglay. 4. Og‘iz bo‘shlig‘i. 5. Lablar. 6. Kurak tishlar. 7. Til uchi. 8. Tilning orqa qismi. 9. Til ildizi. 10. Kichik til. 11. Kekirdak. 12. Hiqildoq. 13. Traxeya. 14. Bronx. 15. O‘pka. 16. Diafragma. 17.Qizilo'ngach. 18. Umurtqa. 19. Orqamiya. 20. Yumshoq tanglay.

So‘z ma’nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg‘u, ohang (ohang) kiradi.

Ayrim hollarda o‘xshash bo‘lgan (omonim) so‘zlarning ma’no va grammatik shakllarini farqlashda urg‘u (leksik urg‘u) fonetik vosita bo‘lishi mumkin. Masalan: olmá (predmet, mevaning bir turi), ólma (harakat, olmoq fe’lining bo‘lishsiz shakli, -ma qo‘shimchasini ajratish mumkin); akademík (predmet, ot), akademík (belgi, sifat); gullár (ot, “ko‘p gul” ma’nosida), gúllar ( fe’l, “gullamoq”).

Gapning maqsadga ko‘ra turini ajratishda esa ohang (ohang) fonetik vosita bo‘lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so‘roq gap).

Adabiyotlar I. Mahalliy adabiyotlar 1. Azizova O. Tilshunoslikka kirish.Toshkent, “O‘qituvchi”, 1980. 2. Abduazizov A.oʻzbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1992. II.Xorijiy adabiyotlar 3. Реформатский А. А. Введение в языковедение. 5-ое изд., Москва, «Аспект пресс», 1996. С. 83 – 130. 4. Yule G. The Study of Language.4th edition. Cambridge: CUP, 2010. P. 26 – 50.


Download 298.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling