Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja


-rasm. Turar-joy binolarining koridorli-seksiya


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana03.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1153117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu arx

4.7-rasm. Turar-joy binolarining koridorli-seksiya. (a) va galereyali-seksiya 
planirovka sistemalari (b). 
Turar-joy binolarini loyihalashdagi asosiy vazifa – hozirgi zamon 
kishilarining funksional, fiziologik va estetik ehtiyojlariga muvofiq keluvchi, kun 
kechirish uchun hayoti muhitni yaratishdir.
Turar-joy 
binolariga 
qo‘yiladigan 
asosiy 
funksional 
talablarga 
quyidagilardan iborat:
- bino quriladigan hudud aholisining demografik tarkibini hisobga olgan 
holda uy-joy maydoni bilan ta’minlashning zamonaviy me’yorlariga muvofiq 
ravishda aholini joylashtirish uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish;
- uydagi xonalarning asosiy funksional guruhlarini aniqlash va ularda 
kechadigan hayotiy jarayonlarga muvofiq keladigan o‘zaro bog‘liqlikni talablar 
darajasida ta’minlash;
- istiqomat qiluvchilarning mehnat faoliyati va kasb-korini, aholining 
turmush tarzining o‘ziga xos tomonlarini, tabiiy iqlim sharoitining aholi turmush 
tarziga ta’sirini hisobga olish;
- har bir oilani alohida kvartira bilan ta’minlash prinsipiga amal qilish.
Hozirgacha aholini kvartiralarga joylashtirishda K=N va K=N-1 
formulalardan foydalanib kelindi (bu erda K – kvartiradagi yashash xonalari soni, 
N – shu kvartiraga joylashadigan oiladagi kishilar soni. O‘zbekiston aholisining 
turmush tarzini hisobga olsak, yuqoridagi prinsiplarda oilalarni kvartiralarga 
joylashtirish unchalik maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlash mumkin. SHu-ning 
uchun K=N+1 formula asosida amalga oshirilgani ma’qul hisoblanadi.
Kvartiralardagi xonalarni 2 ta funksional guruhga ajratish mumkin. 1-
guruhga taaluqli xonalar dam olish, uyqu, ijodiy mashg‘ulotlar uchun 


mo‘ljallangan bo‘lib, 2-guruhga xujalik ishlari, muloqat, mehmon kutish uchun 
mo‘ljallangan xonalar kiradi. 1-guruh xonalari kvartiraning tinchroq qismida 
joylashgani ma’qul. 
Kvartiralar tarkibida yashash xonalari va oshxona, dahliz va yo‘laklar, 
hojatxona va vannaxona, omborxona kabi qo‘shimcha yordamchi xonalar hamda 
turli xil javonlar bo‘lishi, O‘zbekiston sharoitida, shuningdek, balkon, ayvon, 
oynavand-ayvon yoki hovlicha ko‘rinishida (terrasa) yozgi xonalar loyihalanishi 
kerak.
Ularning turini Respublika hududlaridagi aniq iqlimiy sharoitlarni hisobga 
olgan holda qabul qilinadi. I va III qurilish-iqlimiy zonalarda yopiq turdagi yozgi 
xonalar, II zonada esa, ochiq turdagi yozgi xonalar qo‘llash tavsiya etiladi.
Odamlarning turmush tarzini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir 
kvartirada yashash uchun mo‘ljallanmagan yordamchi xonalar ham bo‘lishi, 
ularning maydoni, masalan, bir xonali kvartirada umumiy maydonining kamida 
45-50 % ni, ikki xonali kvartirada 40-45 % ni, uch va to‘rt xonali kvartiralarda 35-
40 % ni tashkil qilishi kerak. Aks holda yashash va uy-ro‘zg‘or ishlarini olib 
borishda noqulayliklar tug‘iladi.
YAshash xonalarning soniga qarab kvartiralar bir xonali, ikki xonali, uch 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling