Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja


-rasm. Zal sistemasida qurilgan bino plani


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana03.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1153117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu arx

4.4-rasm. Zal sistemasida qurilgan bino plani. 
Xonalarni bir-biridan ajratilgan, plan echim bir xil yoki bir-biriga o‘xshash 
bo‘lmalarda (otsek) joylashtirish planirovkaning seksiya sistemasi nomini olgan 
(4.5-rasm). Bu sistema turar-joy binolarida turli-tuman ko‘rinishlarda keng 
qo‘llaniladi. Seksiyalarni plan echimlari va ularni gorizont tomonlariga 
orientiyalash 
usullarga 
qarab 
cheklanmagan 
orientatsiyali, 
cheklangan 
orientatsiyali va qisman cheklangan orientatsiyali seksiyalarga bo‘linadi. Bundan 
tashqari seksiyalarni ulardagi kvartiralar soniga qarab ham turlarga ajratish 
mumkin. Binolarda planirovkaning aralash sistemasi ham uchrab turadi, chunki 
ko‘pgina binolarda xar xil funksional jarayonlarga mo‘ljallangan xonalar 
birlashtirilgan bo‘lishi mumkin.
4.5-rasm. Planirovkaning seksiya sistemasi. 


4.6-rasm. Seksiya sistemasida qurilgan bino plani. 
3) Kvartira va uning tarkibi Uy-joy masalasi, har bir oilani alohida uy-joy 
bilan ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy tuzimidan qat’i nazar, har qanday jamiyat 
uchun dolzarb muammodir. Uning qanday hal qilinganligiga qarab jamiyatning 
insonparvarlik darajasi to‘g‘risida fikr yuritiladi, unga baho beriladi.
Yirik va katta shaharlarda ommaviy uy-joy qurilishi yirik komplekslar 
ko‘rinishida, ya’ni mikrorayon, turar-joy rayoni ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. 
Ma’lumki, turar-joy binolari vazifasiga, qavatlar soniga, hajmiy-plan echimi 
(planirovka sistemasi)ga ko‘ra turlarga bo‘linadi va har bir turdagi binolarning o‘z 
qo‘llanish sohasi bor.
Turar-joy binolari 4-tipga bo‘linadi: 1) Kvartira tipidagi binolar; 2) 
YOtoqxonalar; 3) Mehmonxonalar; 4) Qariyalar va nogironlar uy-internatlari.
Kvartira tipidagi uylarni o‘z navbatida bir kvartirali uylarga, ikki kvartirali 
uylarga va ko‘p kvartirali uylarga ajratish mumkin.
YOtoqxonalar ham 3 turga bo‘linadi: 1) Litsey va kollej o‘quvchilari uchun 
yotoqxonalar; 2) OTM talabalari yotoqxonalar; 3) Kichik oilalar uchun 
yotoqxonalar.
Qariyalar va nogironlar uy-internatlari 2 tipga bo‘linadi: umumiy tipdagi va 
kasalxona tipidagi uy-internatlarga.
Qavatlar soni bo‘yicha turar-joy binolarini kam qavatli (1-2 qavatli), 
o‘rtacha qavatli (3-5 qavatli), ko‘p qavatli (6-10 qavatli), baland (16 qavatgacha) 
va osmon o‘par (16 qavatdan ortiq) binolarga bo‘lish mumkin.
Qishloqlarda va uncha katta bo‘lmagan shaharchalar (posyolkalar) da asosan 
bir, 
ikki 
qavatli, 
bir, 
ikki 
kvartirali 
turar-joy 
binolari 
quriladi. 
Loyihalashtirilayotganda ulardai tomorqa uchastkalari bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Keyingi paytlarda qishloklarda ham 3-4 qavatli ko‘p kvartirali uylar qurilmokda. 
Ularda markaziy isitish sistemasi suv, gaz ta’minoti ko‘zda tutilgan.
SHaharlarda ommaviy tartibda, asosan, ko‘p qavatli va ayniqsa yirik 
shaharlarda, baland turar-joy binolari qurilmokda. CHunki yirik shaharlarda baland 
turar-joy binolari qurilishi iqtisodiy jihatdan birmuncha afzalliklarga ega. Bunda 
qurilish hududi qisqaradi, aholi zichligi ortadi, transport yo‘li kamayadi va h.k.
O‘zbekistonda qurilaetgan turar-joy binolarida seksiya, koridor, galereya 
hamda aralash tipdagi koridorli-seksiya, galereyali-seksiya plani rovka sistemalari 
qo‘llanilmoqda (4.7-rasm).


Turar-joy binolari mukammallik (kapitallik) buyicha 4 klassga bo‘linadi. I 
klassga balandigi 10 va undan ziyod qavatli turar-joy binolari kiradi. Ularning 
asosiy konstruksiyalarining olovbardoshlik va uzoqqa chidamlilik darajasi I 
darajadan past bo‘lmasligi kerak. II klassga balandligi 6-9 qavatli turar-joy binolari 
kiradi. Bunda asosiy konstruksiyalarning olovbardoshlik va uzoqqa chidamlilik 
darajasi II darajadan past bo‘lmasligi kerak. III klassga balandligi 3-5 qavatli turar-
joy binolari kiradi. Bunday binolar asosiy konstruksiyalarining uzoqqa chidamlilik 
darajasi II darajadan, olovbardoshligi esa III darajadan past bo‘lmasligi talab 
qilinadi. IY klassga balandligi 2 qavatdan ko‘p bo‘lmagan turar-joy binolari kiradi. 
Bunda asosiy konstruksiyalar uzoqqa chidamlilik bo‘yicha III darajali bo‘lishiga 
ruhsat beriladi, konstruksiyalarga olovbardoshlik talablari qo‘yilmaydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling