Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja


xonali, to‘rt xonali, besh xonali va olti xonali


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana03.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1153117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu arx

xonali, to‘rt xonali, besh xonali va olti xonali kvartiralarga bo‘linadi. Bir xonali 
kvartiralarda, odatda, 1-2 kishi, ikki xonali kvartiralarda – 2-3 kishi, uch xonali 
kvartiralarda – 3-4 kishi, to‘rt xonali kvartiralarda – 4-5 kishi, besh xonali 
kvartiralarda – 5-6 kishi va olti xonali kvartiralarda – 7-8 kishigacha yashashi 
maqsadga muvofiq.
O‘zbekistonda kvartiralar shinamlilik darajasi bo‘yicha “oddiy”, 
“yaxshilangan” va “yuqori” klass kvartiralarga bo‘linadi. SHinamliligi “oddiy” 
klassga mansub kvartiralarda yashash xonalarining soni 1 tadan 6 ta gacha bo‘lishi 
mumkin.
SHinamliligi”yaxshilangan” klassga mansub kvartiralar uch, to‘rt, besh va 
olti xonali bo‘lishi tavsiya etiladi.”YUqori” klassga mansub kvartiralar, odatda, bir 
oilaga mo‘ljallangan uylar, olti xonali, etti xonali, sakkiz xonali va xatto, to‘qqiz 
xonali bo‘lishi mumkin.
Bir oilaga mo‘ljallangan “oddiy” klassga mansub uy yoki kvartiradagi yozgi 
xonalardan tashqari barcha xonalar umumiy maydonining minimal qiymati bir 
xonali kvartiralarda 36 m2 dan, ikki xonali kvartiralarda 48 m2 dan, uch xonali 
kvartiralarda 64 m2 dan, to‘rt xonali kvartiralarda 80 m2 dan, besh xonali 
kvartiralarda 96 m2 dan, olti xonali kvartiralarda 114 m2 dan kam bo‘lmasligi 
talab qilinadi. Mazkur talablar turar-joy binolari shaharda yoki qishloqda 
qurilishidan qat’i nazar o‘z kuchini saqlab qoladi.
Bir oilaga mo‘ljallangan “yaxshilanganklassga mansub uy yoki 
kvartiradagi barcha xonalar umumiy maydonining minimal qiymati uch xonali 
kvartiralarda 90 m2 dan, to‘rt xonali kvartiralarda 118 m2 dan, besh xonali 
kvartiralarda 126 m2 dan, olti xonali kvartiralarda 141 m2 dan kam bo‘lmasligi 
talab qilinadi.
SHinamligi «yuqori» klassga mansub kvartiralarda umumiy maydonning 
qiymati yana ham ko‘p. Masalan, olti xonali kvartiraning tavsiya etilgan umumiy 


maydoni 178 m2 ni tashkil qiladi. Bu «oddiy» klass kvartiralarga nisbatan 1,55 
marta, «yaxshilangan» klassga mansub kvartiralarga nisbatan 1,25 marta ko‘p.
Inson organizmining fiziologik talablaridan kelib chiqqan holda, turar-joy 
binolariga 
sanitariya-gigiena 
talablari 
qo‘yiladi. Ular xonalarda tabiiy 
yoritilganlikni, 
insolyasiyani, 
shovqinlardan 
tovush 
izolyasiyasini, 
havo 
almashinuvini, optimal issiklik va namlikni ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling