Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana03.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1153117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu arx

2) Planirovka sistemalari Berilgan o‘lchamlardagi va forma (bichim) 
lardagi xonalarni loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilishdagi barcha talablarni 
hisobga olgan holda yagona bir kompleksda joylashtirish – binoning hajmiy-plan 
echimi deb ataladi.
Binolar hajmiy plan echimlarini yaratishning bir necha uslublari 
(planirovka sistemalari) ma’lum.
Koridor bilan bog‘langan xonalarning bino planida joylashtirilish sistemasi 
planirovkaning koridor sistemasi deb ataladi (4.1-rasm). Bunda xonalar 
koridorning bir tomonida (4.1-rasm, a) yoki 38 am a tomonida (4.1-rasm, b) 
joylashgan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda koridor yaxshi yoritiladi, lekin 
ikkinchi darajali maydon nisbatan ko‘payadi. Ikkinchi holda esa ikkinchi darajali 
maydon kam lekin koridorni yoritish muammosini hal qilish kerak bo‘ladi. Issiq 
iqlim hududlarida xonalar koridorning bir tomonida joylashgan binolarda koridor 


ochiq (galereya) bo‘lishi mumkin. Bunda planirovkaning galereya sistemasi hosil 
bo‘ladi.
4.1-rasm. Planirovkaning koridor sistemasi: 
a) – xonalar koridorning bir tomonida joylashgan; 
b) – xonalar koridorning 38am a tomonida joylashgan. 
Agar xonalar bir-biri bilan devordagi va pardadevordagi eshiklar yoki ochiq 
eshiklar o‘rinlari orqali bevosita bog‘langan bo‘lsa, bunday echimni 
planirovkaning anfilada sistemasi deb ataladi (4.2-rasm). Bu sistema juda tejamli, 
chunki unda ikkinchi darajali maydon juda oz, ammo hamma xonalar boshqa 
xonalarga o‘tadigan bo‘lgani uchun ko‘p hollarda undan foydalanish noqulay
shuning uchun ko‘rgazma, muzey, vokzal kabi binolarda qo‘llaniladi.
4.2-rasm. Planirovkaning anfilada sistemasi. 
Planirovkaning zal sistemasi binoda uning funksional vazi-fasini belgilovchi 
bitta katta (bosh) xona bo‘lishi va uning atrofida boshqa zarur xonalar 
joylashtirilishi nazarda tutadi (4.3 va 4.4-rasmlar).
4.3-rasm. Planirovkaning zal (a) va markaziy (b) sistemasi. 
Katta xonaning bosh o‘qlariga nisbatan yordamchi xonalar simmetrik 
joylashgan hollarda bu sistemani ba’zan markaziy sistema deb ham ataydilar.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling