Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja
-rasm. Turar-joy binolarining koridorli-seksiya
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu arx
4.7-rasm. Turar-joy binolarining koridorli-seksiya. (a) va galereyali-seksiya
planirovka sistemalari (b). Turar-joy binolarini loyihalashdagi asosiy vazifa – hozirgi zamon kishilarining funksional, fiziologik va estetik ehtiyojlariga muvofiq keluvchi, kun kechirish uchun hayoti muhitni yaratishdir. Turar-joy binolariga qo‘yiladigan asosiy funksional talablarga quyidagilardan iborat: - bino quriladigan hudud aholisining demografik tarkibini hisobga olgan holda uy-joy maydoni bilan ta’minlashning zamonaviy me’yorlariga muvofiq ravishda aholini joylashtirish uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish; - uydagi xonalarning asosiy funksional guruhlarini aniqlash va ularda kechadigan hayotiy jarayonlarga muvofiq keladigan o‘zaro bog‘liqlikni talablar darajasida ta’minlash; - istiqomat qiluvchilarning mehnat faoliyati va kasb-korini, aholining turmush tarzining o‘ziga xos tomonlarini, tabiiy iqlim sharoitining aholi turmush tarziga ta’sirini hisobga olish; - har bir oilani alohida kvartira bilan ta’minlash prinsipiga amal qilish. Hozirgacha aholini kvartiralarga joylashtirishda K=N va K=N-1 formulalardan foydalanib kelindi (bu erda K – kvartiradagi yashash xonalari soni, N – shu kvartiraga joylashadigan oiladagi kishilar soni. O‘zbekiston aholisining turmush tarzini hisobga olsak, yuqoridagi prinsiplarda oilalarni kvartiralarga joylashtirish unchalik maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlash mumkin. SHu-ning uchun K=N+1 formula asosida amalga oshirilgani ma’qul hisoblanadi. Kvartiralardagi xonalarni 2 ta funksional guruhga ajratish mumkin. 1- guruhga taaluqli xonalar dam olish, uyqu, ijodiy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 2-guruhga xujalik ishlari, muloqat, mehmon kutish uchun mo‘ljallangan xonalar kiradi. 1-guruh xonalari kvartiraning tinchroq qismida joylashgani ma’qul. Kvartiralar tarkibida yashash xonalari va oshxona, dahliz va yo‘laklar, hojatxona va vannaxona, omborxona kabi qo‘shimcha yordamchi xonalar hamda turli xil javonlar bo‘lishi, O‘zbekiston sharoitida, shuningdek, balkon, ayvon, oynavand-ayvon yoki hovlicha ko‘rinishida (terrasa) yozgi xonalar loyihalanishi kerak. Ularning turini Respublika hududlaridagi aniq iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda qabul qilinadi. I va III qurilish-iqlimiy zonalarda yopiq turdagi yozgi xonalar, II zonada esa, ochiq turdagi yozgi xonalar qo‘llash tavsiya etiladi. Odamlarning turmush tarzini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, har bir kvartirada yashash uchun mo‘ljallanmagan yordamchi xonalar ham bo‘lishi, ularning maydoni, masalan, bir xonali kvartirada umumiy maydonining kamida 45-50 % ni, ikki xonali kvartirada 40-45 % ni, uch va to‘rt xonali kvartiralarda 35- 40 % ni tashkil qilishi kerak. Aks holda yashash va uy-ro‘zg‘or ishlarini olib borishda noqulayliklar tug‘iladi. YAshash xonalarning soniga qarab kvartiralar bir xonali, ikki xonali, uch Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling