Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja
xonali, to‘rt xonali, besh xonali va olti xonali
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu arx
- Bu sahifa navigatsiya:
- “oddiy”, “yaxshilangan” va “yuqori” klass
xonali, to‘rt xonali, besh xonali va olti xonali kvartiralarga bo‘linadi. Bir xonali
kvartiralarda, odatda, 1-2 kishi, ikki xonali kvartiralarda – 2-3 kishi, uch xonali kvartiralarda – 3-4 kishi, to‘rt xonali kvartiralarda – 4-5 kishi, besh xonali kvartiralarda – 5-6 kishi va olti xonali kvartiralarda – 7-8 kishigacha yashashi maqsadga muvofiq. O‘zbekistonda kvartiralar shinamlilik darajasi bo‘yicha “oddiy”, “yaxshilangan” va “yuqori” klass kvartiralarga bo‘linadi. SHinamliligi “oddiy” klassga mansub kvartiralarda yashash xonalarining soni 1 tadan 6 ta gacha bo‘lishi mumkin. SHinamliligi”yaxshilangan” klassga mansub kvartiralar uch, to‘rt, besh va olti xonali bo‘lishi tavsiya etiladi.”YUqori” klassga mansub kvartiralar, odatda, bir oilaga mo‘ljallangan uylar, olti xonali, etti xonali, sakkiz xonali va xatto, to‘qqiz xonali bo‘lishi mumkin. Bir oilaga mo‘ljallangan “oddiy” klassga mansub uy yoki kvartiradagi yozgi xonalardan tashqari barcha xonalar umumiy maydonining minimal qiymati bir xonali kvartiralarda 36 m2 dan, ikki xonali kvartiralarda 48 m2 dan, uch xonali kvartiralarda 64 m2 dan, to‘rt xonali kvartiralarda 80 m2 dan, besh xonali kvartiralarda 96 m2 dan, olti xonali kvartiralarda 114 m2 dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi. Mazkur talablar turar-joy binolari shaharda yoki qishloqda qurilishidan qat’i nazar o‘z kuchini saqlab qoladi. Bir oilaga mo‘ljallangan “yaxshilangan” klassga mansub uy yoki kvartiradagi barcha xonalar umumiy maydonining minimal qiymati uch xonali kvartiralarda 90 m2 dan, to‘rt xonali kvartiralarda 118 m2 dan, besh xonali kvartiralarda 126 m2 dan, olti xonali kvartiralarda 141 m2 dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi. SHinamligi «yuqori» klassga mansub kvartiralarda umumiy maydonning qiymati yana ham ko‘p. Masalan, olti xonali kvartiraning tavsiya etilgan umumiy maydoni 178 m2 ni tashkil qiladi. Bu «oddiy» klass kvartiralarga nisbatan 1,55 marta, «yaxshilangan» klassga mansub kvartiralarga nisbatan 1,25 marta ko‘p. Inson organizmining fiziologik talablaridan kelib chiqqan holda, turar-joy binolariga sanitariya-gigiena talablari qo‘yiladi. Ular xonalarda tabiiy yoritilganlikni, insolyasiyani, shovqinlardan tovush izolyasiyasini, havo almashinuvini, optimal issiklik va namlikni ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling