Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu arx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2-rasm. Planirovkaning anfilada sistemasi. Planirovkaning zal sistemasi
2) Planirovka sistemalari Berilgan o‘lchamlardagi va forma (bichim)
lardagi xonalarni loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilishdagi barcha talablarni hisobga olgan holda yagona bir kompleksda joylashtirish – binoning hajmiy-plan echimi deb ataladi. Binolar hajmiy plan echimlarini yaratishning bir necha uslublari (planirovka sistemalari) ma’lum. Koridor bilan bog‘langan xonalarning bino planida joylashtirilish sistemasi planirovkaning koridor sistemasi deb ataladi (4.1-rasm). Bunda xonalar koridorning bir tomonida (4.1-rasm, a) yoki 38 am a tomonida (4.1-rasm, b) joylashgan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda koridor yaxshi yoritiladi, lekin ikkinchi darajali maydon nisbatan ko‘payadi. Ikkinchi holda esa ikkinchi darajali maydon kam lekin koridorni yoritish muammosini hal qilish kerak bo‘ladi. Issiq iqlim hududlarida xonalar koridorning bir tomonida joylashgan binolarda koridor ochiq (galereya) bo‘lishi mumkin. Bunda planirovkaning galereya sistemasi hosil bo‘ladi. 4.1-rasm. Planirovkaning koridor sistemasi: a) – xonalar koridorning bir tomonida joylashgan; b) – xonalar koridorning 38am a tomonida joylashgan. Agar xonalar bir-biri bilan devordagi va pardadevordagi eshiklar yoki ochiq eshiklar o‘rinlari orqali bevosita bog‘langan bo‘lsa, bunday echimni planirovkaning anfilada sistemasi deb ataladi (4.2-rasm). Bu sistema juda tejamli, chunki unda ikkinchi darajali maydon juda oz, ammo hamma xonalar boshqa xonalarga o‘tadigan bo‘lgani uchun ko‘p hollarda undan foydalanish noqulay, shuning uchun ko‘rgazma, muzey, vokzal kabi binolarda qo‘llaniladi. 4.2-rasm. Planirovkaning anfilada sistemasi. Planirovkaning zal sistemasi binoda uning funksional vazi-fasini belgilovchi bitta katta (bosh) xona bo‘lishi va uning atrofida boshqa zarur xonalar joylashtirilishi nazarda tutadi (4.3 va 4.4-rasmlar). 4.3-rasm. Planirovkaning zal (a) va markaziy (b) sistemasi. Katta xonaning bosh o‘qlariga nisbatan yordamchi xonalar simmetrik joylashgan hollarda bu sistemani ba’zan markaziy sistema deb ham ataydilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling