Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja
-rasm. Zal sistemasida qurilgan bino plani
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu arx
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5-rasm. Planirovkaning seksiya sistemasi. 4.6-rasm. Seksiya sistemasida qurilgan bino plani.
4.4-rasm. Zal sistemasida qurilgan bino plani.
Xonalarni bir-biridan ajratilgan, plan echim bir xil yoki bir-biriga o‘xshash bo‘lmalarda (otsek) joylashtirish planirovkaning seksiya sistemasi nomini olgan (4.5-rasm). Bu sistema turar-joy binolarida turli-tuman ko‘rinishlarda keng qo‘llaniladi. Seksiyalarni plan echimlari va ularni gorizont tomonlariga orientiyalash usullarga qarab cheklanmagan orientatsiyali, cheklangan orientatsiyali va qisman cheklangan orientatsiyali seksiyalarga bo‘linadi. Bundan tashqari seksiyalarni ulardagi kvartiralar soniga qarab ham turlarga ajratish mumkin. Binolarda planirovkaning aralash sistemasi ham uchrab turadi, chunki ko‘pgina binolarda xar xil funksional jarayonlarga mo‘ljallangan xonalar birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. 4.5-rasm. Planirovkaning seksiya sistemasi. 4.6-rasm. Seksiya sistemasida qurilgan bino plani. 3) Kvartira va uning tarkibi Uy-joy masalasi, har bir oilani alohida uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy tuzimidan qat’i nazar, har qanday jamiyat uchun dolzarb muammodir. Uning qanday hal qilinganligiga qarab jamiyatning insonparvarlik darajasi to‘g‘risida fikr yuritiladi, unga baho beriladi. Yirik va katta shaharlarda ommaviy uy-joy qurilishi yirik komplekslar ko‘rinishida, ya’ni mikrorayon, turar-joy rayoni ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, turar-joy binolari vazifasiga, qavatlar soniga, hajmiy-plan echimi (planirovka sistemasi)ga ko‘ra turlarga bo‘linadi va har bir turdagi binolarning o‘z qo‘llanish sohasi bor. Turar-joy binolari 4-tipga bo‘linadi: 1) Kvartira tipidagi binolar; 2) YOtoqxonalar; 3) Mehmonxonalar; 4) Qariyalar va nogironlar uy-internatlari. Kvartira tipidagi uylarni o‘z navbatida bir kvartirali uylarga, ikki kvartirali uylarga va ko‘p kvartirali uylarga ajratish mumkin. YOtoqxonalar ham 3 turga bo‘linadi: 1) Litsey va kollej o‘quvchilari uchun yotoqxonalar; 2) OTM talabalari yotoqxonalar; 3) Kichik oilalar uchun yotoqxonalar. Qariyalar va nogironlar uy-internatlari 2 tipga bo‘linadi: umumiy tipdagi va kasalxona tipidagi uy-internatlarga. Qavatlar soni bo‘yicha turar-joy binolarini kam qavatli (1-2 qavatli), o‘rtacha qavatli (3-5 qavatli), ko‘p qavatli (6-10 qavatli), baland (16 qavatgacha) va osmon o‘par (16 qavatdan ortiq) binolarga bo‘lish mumkin. Qishloqlarda va uncha katta bo‘lmagan shaharchalar (posyolkalar) da asosan bir, ikki qavatli, bir, ikki kvartirali turar-joy binolari quriladi. Loyihalashtirilayotganda ulardai tomorqa uchastkalari bo‘lishi nazarda tutiladi. Keyingi paytlarda qishloklarda ham 3-4 qavatli ko‘p kvartirali uylar qurilmokda. Ularda markaziy isitish sistemasi suv, gaz ta’minoti ko‘zda tutilgan. SHaharlarda ommaviy tartibda, asosan, ko‘p qavatli va ayniqsa yirik shaharlarda, baland turar-joy binolari qurilmokda. CHunki yirik shaharlarda baland turar-joy binolari qurilishi iqtisodiy jihatdan birmuncha afzalliklarga ega. Bunda qurilish hududi qisqaradi, aholi zichligi ortadi, transport yo‘li kamayadi va h.k. O‘zbekistonda qurilaetgan turar-joy binolarida seksiya, koridor, galereya hamda aralash tipdagi koridorli-seksiya, galereyali-seksiya plani rovka sistemalari qo‘llanilmoqda (4.7-rasm). Turar-joy binolari mukammallik (kapitallik) buyicha 4 klassga bo‘linadi. I klassga balandigi 10 va undan ziyod qavatli turar-joy binolari kiradi. Ularning asosiy konstruksiyalarining olovbardoshlik va uzoqqa chidamlilik darajasi I darajadan past bo‘lmasligi kerak. II klassga balandligi 6-9 qavatli turar-joy binolari kiradi. Bunda asosiy konstruksiyalarning olovbardoshlik va uzoqqa chidamlilik darajasi II darajadan past bo‘lmasligi kerak. III klassga balandligi 3-5 qavatli turar- joy binolari kiradi. Bunday binolar asosiy konstruksiyalarining uzoqqa chidamlilik darajasi II darajadan, olovbardoshligi esa III darajadan past bo‘lmasligi talab qilinadi. IY klassga balandligi 2 qavatdan ko‘p bo‘lmagan turar-joy binolari kiradi. Bunda asosiy konstruksiyalar uzoqqa chidamlilik bo‘yicha III darajali bo‘lishiga ruhsat beriladi, konstruksiyalarga olovbardoshlik talablari qo‘yilmaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling