Mavzu. Fuqaro binolarning asosiy hajmiy-rejaviy sxemalari. Reja
-rasm. Kvartirali turar-joy binolarini orientirlashga doir
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu arx
4.8-rasm. Kvartirali turar-joy binolarini orientirlashga doir: a – gorizont tomonlari; b –namaqbul orientatsiya; v – ma’qul orientatsiya. Xonalardagi mikroiqlimning holatiga, ya’ni havoning temperaturasi, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi va tozalik darajasiga qo‘yiladigan talablar ham juda muhim. YAshash xonalaridagi havoning temperaturasi 18-20 °S atrofida, nisbiy namligi 50-60 % orasida bo‘lishi kishi organizmi uchun optimal muhit hisoblanadi. Kvartiralarda har xil hidlar, gazlar, ortiqcha namlik ajralib chiqishi mumkin. Havo muhitining tozalanib turishiga havoni almashtirish yo‘li bilan erishiladi. YAshash xonalari uchun u 3 m3/soatni (1 m2 uchun), oshxona uchun 60 m3/soatni, alohida xonalarda joylashgan vanna va hojatxona uchun 25 m3/soatni, ular bir xonada joylashgan bo‘lsa 50 m3/soatni tashkil qilishi kerak. Turar-joy binolarining xonalarini gigiena talablari bo‘yicha zarur bo‘lgan hajmda toza havo bilan ta’minlash shartidan, shuningdek iqtisodiy va me’moriy talablardan kelib chiqqan holda, ulardagi xonalarning balandligi belgilangan. O‘zbekistonda yashash xonalari va oshxonalarni polidan shipgacha balandligini: I- II mintaqa sharoitida kamida 2,8m qabul qilish lozim (yaxshilangan va yuqori qulaylikli turar-joyda esa, kamida 3m tavsiya qilinadi); III zona uchun 2,7m balandlikka yo‘l qo‘yiladi. Balandligi 5 qavat va undan ortiq bo‘lgan turar-joy binolarida liftlar bo‘lishi kerak. Ularning soni binodagi qavatlar soniga, qavatdagi odamlar soniga qarab tanlanadi. Bunday binolarda, shuningdek maxsus axlat o‘tkazgichlar ham ko‘zda tutilishi kerak. Xulosa ● Binoning asosiy tarkibiy qismi yoki elementi – bu xonadir. Xona uchun asosiy narsa – bu uning funksional vazifasidir, ya’ni kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy hayot faoliyatining ma’lum jabhalari talablarini qondirishidir. Xonalarning vazifasi va binodagi ahamiyatini hisobga olgan holda ularni turli xilda rejalashtirish mumkin. Binolardagi xonalarni vazifalariga qarab asosiy, yordamchi va kommunikatsiya xonalariga bo‘lish mumkin. ● Binolar hajmiy plan echimlarini yaratishda bir necha uslublar qo‘llaniladi. Ularning ichidan koridorli va seksiya tipidagi plan echimlari turar-joy binolarida ko‘p qo‘llaniladi. ● Vazifasidan qat’i nazar, har qanday binoni qurish uchun avvalo loyiha ishlab chiqiladi. Ommaviy tartibda quriladigan bino va inshootlar uchun tipovoy loyihalar bajariladi. Qaytarilmaydigan va noyob, arxitekturaviy ahamiyati katta, texnik jihatdan juda murakkab bino va inshootlar uchun individual (loyihalar ishlab chiqiladi. ● Korxonalar, bino va inshootlarning loyihalari, qoidaga ko‘ra, bir yoki ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Loyiha jujjatlarining necha bosqichda bajarilishi buyurtmachi tomonidan loyihalanayotgan ob’ektning texnik jihatdan murakkablik va tplashtirilganlik darajasiga bog‘liq holda loyiha topshirig‘ida belgilab beriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling