Mavzu: gatda axborotni tashkil etish Geoaxborot tizimida datum tushunchasi
Download 240.23 Kb.
|
Mavzu 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal datum
- GATda koordinata sistemalari
Geomarkazlashgan datumlar
Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida datumni referens-ellipsoid emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli sifatida qarashimiz zarur bo‘ladi. Bunday datum mutaxassislar tilida gorizontal datum deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv koordinatasi turlicha bo‘ladi. Hozirda dunyoda bir necha yuzlab mahalliy datumlar mavjud va ular o‘sha joy uchun qulay bo‘lgan tizimlarga referenslanadi. Ma’lumki, dunyo bo‘yicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan GPS tizimi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, undan olingan koordinatani mahalliy referens-ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga moslashtirish zarur, aks holda bir necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday farqni bartaraf etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib o‘zgartiriladi. Vertikal datum Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga nisbatan o‘lchashda qo‘llaniladi. Vertikal datumlar qo‘llanilish turiga qarab dengiz sathiga nisbatan qo‘llaniladigan suv sathi, geoidga asoslangan gravimetrik va gorizontal datumlarni hisoblashda qo‘llaniladigan ellipsoidlarga asoslangan geodezik datumlarga bo‘linadi. Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq “dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar jumlasiga dengizning to‘lqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi tog‘larning gravitatsiyasi kiradi. Shuning uchun ham yuqoridagi omillarning barchasini jamlab, yagona o‘lchamga kelish va hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi qo‘llaniladi. Shunday datumlardan biri, ya’ni yerdagi obyektning balandligini hisoblashda dengiz o‘rta sathi - Mean Sea Level (MSL) qo‘llaniladi. MSL datumi parametlarini topishda suv sathining oxirgi 19 yildagi suv ko‘tarilishi va o‘zgarish balandliklarining o‘rtacha arifmetigi olinadi. Ushbu hisoblashda yana Quyosh va Oyning gravitatsion ta’siri va boshqa ta’sirlarning o‘rtachasi olinadi. Vertikal datum ham gorizontal datumga o‘xshab ma’lum bir hudud yoki davlat uchun alohida ishlab chiqiladi. Shuning uchun har bir davlatda alohida vertikal datum ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘sha hudud uchun asos qilib olingan dengiz, okean sathlariga asoslanadi. Masalan, Buyuk Britaniya uchun vertikal datum hisoblangan Nyuvlin Datumi uchun dengiz sathi Kornvalda joylashgan Nyuvlin dengizining 1915-1921-yillar orasidagi o‘rtacha dengiz sathi asosida hisoblanadi. Lekin bu sath, avval aytganimizdek, boshqa hududlar uchun nol balandlik hisoblanmaydi va ular turlicha bodadi. Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlagan holda quyidagi muhim ta’riflarga kelishimiz mumkin: geodezik datum yerdagi nuqtalarning koordinatalarini hisoblash uchun zarur bo‘ladigan o‘zgarmas birliklar to‘plamidir va u boshqa geodezik o‘lchashlarga asos bo‘ladi; geodeziya va kartografiya sohasida nuqtaning joylashuvini aniqlashda datum referens nuqta hisoblanadi va koordinatani hisoblash uchun yerning yordamchi modeli sifatida qaraladi; gorizontal datumlar yer yuzidagi nuqtalar o‘rnini kenglik va uzoqlik asosida tasvirlash uchun xizmat qiladi; vertikal datumlar joyning balandliklari va suv osti chuqurliklarni o‘lchash uchun xizmat qiladi. GATda koordinata sistemalari Biror nuqtaning boshlang‘ich deb qabul qilingan boshqa bir nuqtaga nisbatan joylashgan o‘rnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi deyiladi. Fan va texnikaning turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, to‘g‘ri burchakli koordinata, qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi. Geoaxborot tizimida masalalarni hal qilishda koordinata muhim rol o‘ynaydi. Bunday masalalarga mos koordinata sistemasini aniqlash, geografik koordinatadan proyeksiyalangan koordinataga proyeksiyalash, proyeksiyalangan koordinatalarni boshqa sistemalarga qayta proyeksiyalash kabilar kiradi. Geoaxborot dasturlarida odatda bir koordinata sistemasidan boshqasiga o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan parametrlar oldindan kiritilgan bo‘ladi. Yer sirtida nuqtalar va obyektlar o‘rnini pozitsiyalash uchun to‘g‘ri burchakli (tekislikda ikki o‘lchamli va fazoda uch o‘lchamli) koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Ushbu koordinata sistemalarini quyidagi asosiy xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin: koordinata boshining joylashishi bo‘yicha - geosentrik va toposentrik; koordinata chiziqlari bo‘yicha - tekislikda to‘g‘ri burchakli va fazoda egri chiziqli (sferik - sharda, ellipsoidal - ellipsoidda); vazifasi bo‘yicha - Yulduz va Yer koordinata sistemalari. Yuqorida aytilgan koordinata sistemalaridan ko‘p qodlaniladigani geosentrik (geodezik) to‘g‘ri burchakli fazoviy koordinata sistemalari (ular uch o‘lchamli) va ikki o‘lchamli tizimlardan yassi to‘g‘ri burchakli Gauss-Kryuger koordinata sistemalari hisoblanadi. Geosentrik koordinata sistemasida koordinatalar boshi sifatida umumiy yer ellipsoidi markazi (Yer massasining markazi) qabul qilingan va uning Z o‘qi Yerning aylanish o‘qi bilan birlashtirilgan. Ushbu sistema yer sirtining katta qismlarida yoki yerning har qanday shakliga bog‘liq geodezik masalalarni hal etishda qo‘llaniladi (masalan, kosmik geodeziyada). Geografik koordinata sistemasida yer yuzidagi nuqtaning o‘rni uning geografik kengligi va uzoqligi bilan aniqlanadi. Yer yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga bo‘linadi. Download 240.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling