Mavzu: gatda axborotni tashkil etish Geoaxborot tizimida datum tushunchasi


Download 240.23 Kb.
bet6/7
Sana19.10.2023
Hajmi240.23 Kb.
#1709858
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu 2

1-25
qo‘yib chiqiladi. Shundan keyin ular orasidagi farq yoki masofa aniqlanadi.
25- 50
50- 70
70- 90
ф 90- 110
110-140
ф 140-170

  1. rasm. Dunyo hududlari bo‘yicha SK42 va WGS84 sistemalarining farqi
    (Manba: Internet)

Ushbu hisob-kitoblarga ko‘ra, minimal masofa 1.23487 metrni tashkil etsa,
maksimal farq esa 166.61792 metrni tashkil etmoqda.





  1. rasm. O‘zbekiston uchun SK42 va WGS84 sistemalarining farqi
    (Manba: Internet)

Demak, yuqoridagi rasmdan ko‘rish mumkinki, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi hududi uchun WGS84 va SK42 orasidagi koordinatalar farqi 50-70 metrni tashkil qilsa, qolgan hududlar uchun bu ko‘rsatkich asosan 70-90 metrni tashkil etar ekan.
O‘zgartishning Molodenskiy usuli ham mavjud bo‘lib, u beshta parametr bo‘yicha bir geografik koordinatalar sistemasidan boshqasiga to‘g‘riburchakli geosentrik koordinatalarga o‘tmasdan o‘zgartishni ta’minlashga qaratilgan.
O‘zgartish jarayoni aniqligini oshirish uchun Gelmert usulidan foydalaniladi. Ushbu o‘zgartish usuli yettita parametrga - uchta koordinatalar bo‘yicha bir ellipsoid markazining boshqasiga nisbatan siljishi va chiziqli masshtab o‘zgarishining masshtab koeffitsiyentini hisobga olib, uni uchta burchaklari bo‘yicha burishga asoslangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, koordinata sistemalarini o‘zgartirish usullarini quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Uchta parametrlar (AX, AY, AZ) bo‘yicha ikkita koordinata sistemalari markazlarining chiziqli siljishini ko‘rsatuvchi qiymatlar, m.

  2. Beshta parametrlar (AX, AY, AZ, AA, AF) bo‘yicha (Molodenskiy usuli), bu yerda AX, AY, AZ - uchta o‘q bo‘yicha ikkita koordinata sistemalari markazlarining chiziqli siljishlari, m; AA - ellipsoidlar katta o‘qlari orasidagi farq; AF - ikkita ellipsoidlar siqilish qiymatlarining farqi.

  3. Yettita parametrlar (AX, AY, AZ, Rx, Ry, Rz, AS) bo‘yicha, bu yerda AX, AY, AZ - uchta o‘q bo‘yicha ikkita koordinata sistemalari markazlarining chiziqli siljishlari, m; Rx,Ry, Rz - boshlang‘ich ellipsoid o‘qlarining burilish burchaklari omega (Q), fi (ф) va kappa (к); AS - chiziqli masshtab o‘zgarishini ko‘rsatuvchi masshtab koeffitsiyenti.

Keltirilgan o‘zgartishlar turlaridan birini qo‘llab, bitta koordinatalar sistemasidan boshqa sistemaga o‘tish usuli va sxemasini tanlash mumkin.
O‘zbekistonda yaratilgan va yaratilayotgan kartalar xalqaro va boshqa davlatlarning matematik asoslaridan farqli ravishda ishlab chiqilgan. Bunda asos sifatida Pulkovo -42 koordinata sistemasidan (SK-42) foydalaniladi. Ushbu koordinata sistemasi matematik hisoblashlarda Krasovskiy ellipsoidini matematik asos sifatida qo‘llaydi. Agar siz ArcGIS dasturida yaratayotgan kartangiz mahalliy koordinata sistemasiga mos kelishini xohlasangiz, unda dasturdagi parametrtlarni mos ravishda to‘g‘rilashingiz zarur bo‘ladi. Ushbu ishlar GPS va GNSS qurilmalarida ham bajarilishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, keyinchalik WGS-84 dan yana mahalliy koordinata sistemasiga o‘tmaslik uchun bajariladi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan GPS va GNSS qurilmalar hamda dasturlarda SK-42 ning parametrlari (3 ta va 7 ta) avtomatik tarzda kiritilgan yoki mavjudlaridan tanlanishi mumkin. Ammo uning parametrlarini, ya’ni markazlashgan ellipsoiddan siljish qiymatlarini bilib qo‘yish geoinformatika mutaxassisi uchun muhimdir. Ba’zi qurilmalardagi avtomatik kiritish usuli ishlamagan yoki SK-42 ning siljish qiymatlari kiritilmagan taqdirda, qo‘l yordamida kiritish zarur bo‘lib qolishi mumkin. Shunday holatlarda quyidagi qiymatlardan foydalanish muhim sanaladi:

  1. jadval


Download 240.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling