Mavzu: Genetik kod jadvallari Reja: Kirish Kodning kash etilishi


Kodonlarning aminokislotalarga mos kelishi


Download 0.73 Mb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1547672
1   2   3
Bog'liq
GENETIK KOD JADVALLARI

Kodonlarning aminokislotalarga mos kelishi


Gamovning triplet gipotezasi mantiqiydek koʻrindi va keng tarzda qabul qilindi. Lekin bu gipoteza tajribada isbotlanmagan boʻlib, olimlar hanuzgacha qaysi nukleotidlar qaysi aminokislotalarga toʻgʻri kelishini bilishmasdi.
Genetik kodni oʻqish 1961-yilda amerikalik biokimyogar Marshall Nirenberg tomonidan boshlandi. Birinchi marta Nirenberg va uning hamkasblari oʻziga xos nukleotid tripleti muayyan bir aminokislotaga toʻgʻri kelishini aniqlay olishdi. Ularning muvaffaqiyati 2 ta amaliy ixtiroga tayangan edi:

  • Muayyan va maʼlum ketma-ketliklar bilan sunʼiy iRNK molekulasini hosil qilish usuli.

  • Hujayra tashqarisida iRNK polipeptidlarga translyatsiya boʻladigan tizim (“hujayrasiz tizim”). Nirenberg tizimi E. coli hujayralarining yorilgan sitoplazmasidan iborat boʻlib, unda translyatsiya uchun kerakli barcha materiallar boʻlgan.

Dastlab Nirenberg (poli-U deb atalgan) uratsil nukleotidlaridan iborat i-RNK molekulasini sintez qildi. U hujayrasiz tizimga tarkibida poli-U boʻlgan i-RNKni qoʻshganida polipeptidlar faqat fenilalanin aminokislotasidan tashkil topganini aniqlaydi. Tarkibida poli-U boʻlgan i-RNKda yagona triplet UUU boʻlgani sababli Nirenberg UUU tripleti fenilalaninni kodlaydi, degan xulosaga keladi. Xuddi shu usulni qoʻllab u poli-S li i-RNK faqat prolin amonokislotasidan tashkil topgan polipeptidga translyatsiya boʻlishini koʻrsata oldi hamda SSS tripleti prolinni kodlashi mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi.

Boshqa tadqiqotchilar, Viskonsin universiteti biokimyogari Xar Gobind Xorana murakkabroq ketma-ketliklardan iborat sunʼiy i-RNKni sintezlab, Nirenberg tajribasini yanada takomillashtirdi. Masalan, tajribalarining birida u poli-US (USUSUSUSUS...) dan tuzilgan i-RNK hosil qilib, uni Nirenbergning tajribasiga oʻxshash hujayrasiz tizimga qoʻshdi.
Poli-US li i-RNK polipeptidlardagi serin va leysin aminokislotalarining ketma-ketliklariga oʻgirildi. Shu va boshqa natijalar genetik kod tripletlarga yoki, boshqacha aytgandakodonlarga asoslangan holda tuzilganligini tasdiqladi. Hozirgi kunda bizga maʼlumki, serinni USU kodlasa, leysinni SUS kodlaydi.

1965-yilga kelib Nirenberg, Xorana va ularning hamkasblari hujayrasiz tizim va boshqa shu kabi usullardan foydalanib butun genetik kodning shifrini yechishga erishdi. Yaʼni ular 64 ta nukleotid kodonlarining har biriga mos keladigan aminokislota yoki “stop” signalini aniqladi. Nirenberg va Xorana (yana bir genetik kod tadqiqotchisi Robert Holli bilan birgalikda) fan rivojiga qoʻshgan hissalari uchun 1968-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Nirenberg va Xorana tushgan suratlar.
_
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling