Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti
Download 0.8 Mb.
|
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131
MuammolarProfessional xizmat ko‘rsatuvchi PWC gigantining hisobotida 33 yil ichida iqti- sodiyoti eng qudratli maqomiga ega bo‘lishi kutilayotgan mamlakatlar qatorida Ger- maniya kuchli o‘ntalikda alohida e’tirof etilgan. Ammo bugungi kundagi xalqaro maydonda yuzaga kelayotgan muammolar Germaniyaning iqtisodiyotiga ham o’zi- ning ta’sirini ko’rsatmoqda. Germaniyaning yalpi ichki mahsuloti pasaymoqda, mamlakat sanoatiga va eksportiga, ayniqsa AQSH-Xitoy savdo urushi va Breksit oqibatlari ta’sir ko‘rsatdi, deya xabar beradi RT. Prognozlarga ko‘ra, mamlakat iqti- sodiyotida pasayish ehtimoli 43 foizni tashkil qiladi. 2019 yilning ikkinchi choragida Germaniya iqtisodiyoti 0,1 foizga tushdi. Agar ushbu tendensiya davom etsa, GFR olti yil ichida birinchi turg‘unlikka duch keladi. Shunday qilib, Germaniya yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘sha davrda bir oz o‘sgan Yevro hududining “tashqi”laridan biriga aylanmoqda. Fransiya iqtisodiyoti 0,2 foizga, Ispaniya 0,5 foizga o‘sdi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi Gollandiyada ham kuzatildi, uning iqtisodiy tuzilishi nemis tuzilmasiga o‘xshash. Germaniya iqtisodiyotining tanazzulida sanoat birinchi navbatda aybdor. Ushbu mu- him sohada unumdorlik 2 foizga pasaygan. Bundan tashqari Germaniya tovarlari eksporti 8 foizga pasaydi. Quyidagi grafikda Germaniya sanoatining yillar davomidagi holatlari, o’sishi kama- yishi qayd etilgan. Oxirgi holatda esa Germaniya sanoatida pasayish kuzatilgan. Germaniya sanoatining pasayishi17 (11-rasm.) Agar Germaniya iqtisodiyoti haqiqatan ham tanazzulga yuz tutgan bo‘lsa, unda global va ichki tarkibiy muammolar tufayli, deydi “Die Welt” nashri. Masalan, Ger- maniyaning eng muhim eksport sohalaridan biri avtosanoat Xitoydan talab kamligi va elektr avtomobillariga o‘tish tufayli muammolarga duch kelmoqda. Iqtisodiy muammolar nemis siyosatchilarining faolligini kuchaytirdi: Germaniya mehnat vaziri Xubertus Xayl, agar mamlakat iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lsa, mehnat bozori uchun maxsus choralar majmuini e’lon qildi. Angela Merkelga kelsak, u iqtisodiyotdagi vaziyatni kuzatayotganini va vaziyatning rivojlanishiga muvofiq javob bermoqchi ekanini bildirdi, shuningdek hozirgacha maxsus choralar uchun biron-bir sabab ko‘rmadi.18 Shu bilan birga Germaniyada bosha muammolar ham yo’q emas. Bular qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin: Germaniya uchun eng katta muammo sifatida Yevropa Ittifoqini keltirib o’tish mumkin. Ittifoq tarkibida bo’lgan Germaniya uchun Yevropa taqdiri bu davlatning hayot mamotidek bo’lib ko’rinadi. Qolgan Ittifoq davlatlarining rivojlanishda or- qada qolayotgani, kundan-kunga qarzga botib, mustaqil siyosat yuritish qobiliyatini yo’qotayotgani Germaniyani tashvishlantirmay qo’ymaydi. Bunga misol qilib Gretsiya iqtisodiyotidagi turg’unliklarni, Italiyaning ko’plab miqdordagi qarzlarini aytish mumkin. Bu mamlakatlarning muammosi o’z navbatida Germaniyaning ham muammosidir. Buyuk Britaniyaning ham Yevropa Ittifoqidan chiqib ketayotgani al- batta Yevropa Ittifoqiga o’zining ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Bu muammolar Germaniya va Fransiyaning qo’llab-quvvatlashisiz o’z yechimini topa olmaydi. Shu tufayli ittifoqdagilar bu masalarning yechimini izlashmoqda. Rossiya va Ukraina nizolari ham Yevropani tashvishga solmoqda. Rossiyaning Qrim hududlarini tortib olgani va Azov dengizi atrofida Ukraina kemalarining qatnoviga taqiq qo’yilishi Yevropa Ittifoqining noroziligiga sabab bo’ldi. Bazi davlatlar “Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytrish kerak” desa, bazilari buni istashmaydi. Chunki shusiz ham ularning iqtisodiyoti og’ir ahvolda. Germaniya esa Boltiq dengizi orqali o’tgan quvurlar yordamida Rossiyadan ko’p miqdorda gaz im- port qiladi. Shu tufayli ular Rossiya bilan muzokaralar olib borishga harakat qilish- moqda. Ammo haligacha ijobiy natija olisholgani yo’q.19 Yana bir muammolardan biri bu atrof-muhit muammosidir. Germaniya iqtisodiy rivojlangan, texnologiya taraqqiy etgan mamlakat bo’lganligi tufayli bu mamlakatda atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish muammosi hamisha dolzarb muammolardan bo’lib kelgan. Va hozirda bu mummolarga qarshi kurashilmoqda. Muammo ketidan muammo. Germaniyada turmush tarzi ham anchayin qiyin- lashib bormoqda. Aholining katta qismi doimiy turar-joyga ega emas. Germaniyada aholi ko’p bo’lganligi tufayli joy bilan taminlash muammosi ham ancha jiddiy tus olgan. Aholi norozi bo’lib namoyishlar uyushtirishmoqda. O’zgarishlar talab qilish- moqda Germaniyada soliqlar, kommunal to’lovlar, yoqilgilar ham ancha qimmatdir. Benzin narxlarining anchayin balandligi tufayli ko’plab mashinalar turgan joyida qolib ketishgan anchadan buyon. Bular ham aholida norozilik kayfiyatini tug’dirmoqda. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling