Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti


Download 0.8 Mb.
bet19/20
Sana18.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1027270
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131

Takliflar


So’zimiz yakunida shuni aytib o’tish joizki, bugungi globallashgan dunyoda yashar ekanmiz, dunyoning har bir burchagida kuzatilayotgan voqealar, holatlarni kuzatib borish imkoniyatiga egamiz. Shu bilan birga boshqa davlat vakillari ham xuddi shunday imkoniyatga ega. Bugungi kunda hayot misoli poygaga aylanib ketdi. Hamma birinchilikka qarab intiladi. Shunday ekan biz ham hayot bilan hamnafas bo’lgan holda bu poygaga ildamlik bilan qo’shila olishimiz va o’z o’rnimizga ega bo’lishimiz kerak.

Germaniya Federatsiyasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holat bilan tanishib chiqar ekanmiz, buni shunchaki ko’z yugurtirib qo’yib qo’ymasdan, undan jamiyat rivoji uchun foydalanishga harakat qilishimiz kerak. Chunki biz ko’rib o’tgan ma’lu- motlar, raqamlar shunchaki statistika emas, bu yillar davomida shakllanib kelgan mehnat, mashaqqat mahsulidir.


Bu davlatni o’rganib chiqib, ulardagi quyidagi yutuqlarni o’zimizda qo’llashni taklif etgan bo’lar edim:



  • Kichik biznes tizimini kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish. Al- batta, bu sohada yurtimizda allaqachon ishlar boshlab yuborilgan. Shunday bo’lsa-da, bu sohani yanada kengaytirish va xalqni bu ish uchun rag’batlan- tirish maqsadga muvofiq ish bo’lar edi;

  • Iqtisodiy ittifoqlarga birlashish. Bu holat raqobatbardoshlikni yaxshilaydi. Ammo bugungi kundagi kamchiligimiz shundan iboratki biz boshqa davlatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kabi arzon va sifatli, noyob va o’ziga xos mahsulotlar yarata olmayapmiz. Ammo boshqa tarafdan olib qaraydigan bo’lsak, ishlab chiqarishni kengaytirgach yangi bozorlarni ham topib bormasak bu tovar ortiqchaligini keltirib chiqaradi va bu ishlab chiqaruvchilar uchun salbiy oqibatlarga olib keladi;

  • YaIM tarkibida bo’lgan qishloq xo’jaligi, sanoat va servis sohasining foiz mi- qdorini o’zgartirish. Biz kuzatishimiz mumkinki, rivojlangan davlatlarning barchasicha servisning va sanoatning o’rni katta bo’ladi. Ishchi kuchining ham asosiy qismi shu sohalarda band bo’ladi. Bizda esa bunday emas. Ahol- ining asosiy qismi qishloq joyda joylashganligi, shaharlashishning nisbatan past ko’rsatgichda ekanligi bizga bu darajaga yetishishga halaqit bermoqda. Taklifim esa shundan iboratki, hududlarda yirik shaharlarni ko’paytirish(faqat Toshkentga qarab qolmasdan), jamiyat uchun esa qo’shimcha sohalarni ko’paytirish kerak. Qishloq xo’jaligini unumdor texnikalar bilan ta’minlash va bu orqali katta ishchi kuchi talab qilayotgan qishloq xo’jaliging ehtiyojini innovatsion texnikalar orqali qondirib, qolgan ishchi kuchlarini boshqa soha- larga jalb qilish;

  • Sanoatlashishni kuchaytirish, qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini kengaytirish, xomashyo sotadigan davlat emas, xomashyo xarid qiladigan davlatga aylanish.

Bu takliflarim balki umumiy gaplardir. Ammo shu jihatlarni yaxshiroq tahlil qilsak, bu holatlar yurtimiz rivojiga yanada kattaroq hissa qo’shishiga ishonaman.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling