Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti
Download 0.8 Mb.
|
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transporti.
Sanoat sohasi. GFRning haddan tashqari «o’ta sanoatlashgan»iga qaramay keyingi yillarda YaIM tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va bandlar hissasining qisqarishi va xizmat ko’rsatish sohalari (bu tarmoq ulushi YaIMda 37% dan iborat) ulushining ko’payib borishi xosdir. Bu jarayon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini qo’llash (ishlab chiqarish xizmatlarining ortishi) orqali mehnat unumdorligining ortishi, aholi is’temoli tarkibining o’zgarishi va turmush darajasining yaxshilanishi, bo’sh vaqtning ortishi va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos jarayonlar bilan bog’liqdir. Ayni vaqtda, yuqorida ta’kidlanganidek, Germaniya o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bu davlatning sotsial yo’nalishlaridagi iqtisodiy siyosati, ta’lim, tabiatni qo’riqlash, sog’liqni saqlash, uy-joy qurilishi, sotsial ta’minot kabi sohalarda davlatning faolligi milliy iqtisodiyotda xizmatlarning ortishiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Hozirgi vaqtda xilma-xil xizmatlar sohasida mehnatda bandlarning 57% (bundan savdo va transportda 19%), davlat boshqaruvi sohalarida esa 15% band.
Transporti. Transport yo'llarining zichligi bo'yicha Germaniya jahonda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Yevropa kengashi bo'yicha sheriklari bilan bo'lgan iqti- sodiy aloqalarning jadalligi va Yevropaning markazida joylashgani bilan bog'liq holda transportning barcha turlari rivojlangan. Transport tarmog`ning asosini temiryo'llar tashkil qiladi (44 ming km ga yaqin), shulardan 90 % i elektrlashtirilgan. Umumiy yuk aylanmasida asosiy o'rinni avtomobil transporti (60% atrofida) egal- laydi, keyingi o‘rinlarda temiryo‘l transporti (20%), ichki suv (15%) va quvur transportlari turadi. Yo'lovchi tashishda avtomobil transportining hissasi yanada yuqori (90% ga yaqin). transportining hissasi yanada yuqori (90% ga yaqin). Oliy darajadagi avtomobil yo'l- larining umumiy uzunligi 11 ming km dan ortiq. Konteyner tashuvchi kemalarning tonnaji bo'yicha Germaniya, AQSH, Panama, Tayvandan keyingi 4- o`rinni egal- laydi. Mamlakatning dengiz portlari yuk aylanmasi bo'yicha Yevropa davlatlarining yirik portlaridan pastroq o'rinlarni egallaydi. Eng yirik dengiz portlari Gamburg, Vilgelmsxafen, Bremen, Emden, Rostok hisoblanadi. Mamlakat tashqi aloqalarda dengiz transporti qatorida havo transporti ham muhim ahamiyatga ega. Barcha yirik yarmarka markazlarida aeroportlar mavjud. Jami Germaniyada 16 ta xalqaro aeroportlar bor bo'lib, Frankfurt aeroporti Yevropada yuk tashish bo'yicha birinchi va yo'lovchi tashish bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi (Londonning "Xitrou” aero- portidan keyin). Germaniya sanoatining ulushlarda taqsimlanish. (9-rasm.) Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling