Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti


Download 0.8 Mb.
bet11/20
Sana18.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1027270
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131

Yengil sanoat. Asosan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yengil sanoat Germaniyada oxirgi yillarda o‘sish surati pasaygan bo‘lsada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroz tufayli ishlab turgan korxonalarga xom-ashyo yеtkazib berish pasaydi. Natijada bu korxonalarda, ya’ni qadimgi to‘qimachilik markazlari va Rur atrofidagi rayonlarda (“Bergeshis Land”, Krefeld, Myunsterland) va janubda (shimoliy sharqiy Bavariya, Augsburg) ishlab chiqarish ko‘rsatkichi pasaydi. Yengil sanoatning asosiy markazlari mamlakatning g‘arbida joylashganshaharlarhisoblanadi.


Oziq-ovqat sanoati. Turli ichimliklar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Bun- dan tashqari sut va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish ham mavjud. Oziq-ovqat sanoati Germaniyada asosiy tarmoqlaridan biri hisblanadi. Oziq-ovqat sanoati, Ger- maniyaning yirik besh tarmoqlari avtomobilsozlik, elektrenergetika, mashinasozlik, kimyo sanoati qatoridan o‘rin olgan. 2012 yil oziq-ovqat sanoati aylanmasi 150 mlrd yеvroni tashkil etgan. Mamlakatda 5900 ta korxona va unda 544000 kishi ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun kichik va o‘rta biznes korxonalari xa- rakterlidir. Bu korxonalarda ya’ni 75 foizida 100 kishidan iborat ishchilar faoliyat olib boradi. Oziq-ovqat sanoatida go‘shtni qayta ishlash, sutni qayta ishlash, qandolat va non va non mahsulotlari va alkogol ichimliklari ishlab chiqarish tar- moqlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari sabzovot mahsulotlarini qayta ish- lash, mineral suv va salqin ichimliklar ishlab chiqarish tarmoqlari asosiy o‘rindadir. 2012 yil oziq ovqat sanoati aylanmasining o‘sish ko‘rsatkichi 1.2 foizni tashkil etdi.
Mahsulotinng katta qismi 84 foizi

umumyevropa bozorlariga, 16 foizi Yevropa ittifoqidan tashqariga, asosan Rossiya, AQSh, Shveysariyaga eksport qilinadi. Germaniya oziq-ovqat maxsulotlarining


xorijda muvofiqiyatga erishgan besh jihatiga quyidagilar- yuqori sifati, mahsulot- ning xavsizligi, qulay narxdaligi, ishonchliligi va ta’m sifati. “Made in Germany” oziq-ovqat sifat ko‘rsatkichi bugungi kunda butun dunyoga mashhurdir. Oziq-ovqat
, vino ishlab chiqarish, pivo ishlab chiqarish va boshqalar asoan mamlakat qishloq xo‘jaligida yеtkazib beriladigan xom ashyo hisobiga

ishlaydi. Germaniyada to‘rt mingdan ziyod pivoning turli sortlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan pivoning uchdan bir qismi eksport qilinadi. Vino ishlab chiqarish Reynda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mozelya va reyn uzumlaridan tayyorlangan vinolar xorijiy mamlakatlarda mashxurdir. Mozelyani shu sababli “vino yo‘li” deb atashadi.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling