Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti
Germaniya haqida umumiy ma’lumot
Download 0.8 Mb.
|
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germani- yaning dunyo xaritasidagi geografik o’rni (2-rasm.)
Germaniya haqida umumiy ma’lumotGermaniya Federativ Respublikasining poytaxti Berlin shahridir. Rasmiy tili -nemis tili. Hukumati Parlamentlik Respublikasi. Germaniya imperiyasining birlashuvi 1871-yil 18-yanvarda; G’arbiy va Sharqiy Germaniyaning birlashishi esa 1990-yil 3-oktabrda bo’lib o’tgan. Maydoni 357 021 kv. km. Aholi soni 80 mln atrofida. YaIMsi 4.2 tln AQSH dollari atrofida(2017-yil). Aholi jon boshiga 50 800 AQSH dollari. 2017yildagi iqtisodiy o’shish 2.5%ni tashkil etadi. Pul birligi Yevro.Ger- maniya parlamentar respublika. Siyosiy-ma’muriy tuzilishi federatsiya shaklida bo’lib, 16 federal yerlardan–Baden-Vyurtemberg,Bavariya Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen,Meklenburg-OldPomeraniya,Quyi Saksoniya, SHimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya Angalt, Tyuringiya va SHlezvig-Gol- shteyndaniborat. Amaldagi konstitutsiyaga ko’ra federativ respublika. Davlatbosh- lig’i– federal prezident. Ijro etuvchi hukumatni federal kantsler boshqaradi.Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata:Bundesta va bun- destratdan iborat. Har bir yerning o’z konstitutsiyasi, parlamenti vahukumati mavjud.2 Germaniya (nem.Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesre- publik Deutschland)— Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Quruqlikda u Niderlandiya, Belgiya, Luksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh. Berlin shahri (1-rasm) Germani- yaning dunyo xaritasidagi geografik o’rni (2-rasm.)Germani- yaning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy rivojlanishida un- ing iqtisodiy va siyosiy geografik holatining o‘ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Yevro- paning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin, transyevropa bosh yo'lining kenglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi Germaniyaga katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan yana biri -Germaniyaning dengiz ya- qniida joylashgan biri - Germaniyaning dengiz yaqniida joylashgan va qo'shni mam- lakatlarning yirik port shaharlari (Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi bilan bog'langandir. GFR - parlament Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko'ra, 16 yerdan tashkil topgan federatsiya, bular quyidagilardan iborat: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg,Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Apgalt, Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn. Germaniya iqlim jihatidan mo’tadil iqlimga ega. Tabiatiga keladigan bo’lsak, Ger- maniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, qirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Ger- maniya pasttekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Ger- maniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitog’ligi va Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi pasttekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaylovlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomon- dagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil hisoblanadi. Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda „Golshteyn Shveytsariyasi“ joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000- 2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shimoliy togʻ oldi joylarida unum- dor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari —Ba- variyaoʻrmoni,Berxtesgaden. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling