Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti
Germaniya birinchi jahon urushi davrida
Download 0.8 Mb.
|
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131
Germaniya birinchi jahon urushi davrida. 20-asr boshlariga kelganda sanoat rivoji boʻyicha Germaniya Yevropada birinchi oʻrinni egalladi. Birinchi jahon uru- shiga tayyorgarlik koʻrayotgan Germaniya hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini buzib, Fransiyani yakkalab qoʻymoqchi boʻldi. Bu narsa amalga oshmadi, aksincha, 1907-yil Fransiya, Rossiya va Angliya birlashib, Antanta deb ataladigan ittifoq tuzishdi. Oʻz harbiy qudratiga ishongan hamda Angliya Rossiyani qoʻllamaydi deb oʻylagan Germaniya birinchi jahon urushini boshlab yubordi. 1914-yil 1-avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4-avgustda esa An- gliya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1917-yil AQSh Antanta tomonida turib Germaniyaga qarshi urushdi. 1918-yilning bahorida Germaniya armiyasi gʻarbga yurish qildi, biroq magʻlubiyatga uchradi. Sentyabrda esa ingliz-fransuz qoʻshinlari tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918-yil 5-oktyabrda sulh soʻrab, Antantaga murojaat qiddi. 1918-yil 11-noyabrda Kompyenda yarash ahdi tuzildi. 9-noyabrda Berlinda qoʻzgʻolon koʻtarilib, monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Germaniya respublika boʻldi. 1919-yil fevralda Veymar shahrida chaqirilgan taʼsis majlisida ishlab chiqilgan Germaniya Respublikasi (Veymar respublikasi) konstitutsiyasi 31- iyulda qabul qilindi. Germaniya burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Chet el, ayniqsa AQSh sarmoyasi Germaniyaning harbiy va sanoat iqtisodiyotini qayta tiklash imkonini berdi. Veymar respublikasi reaksion tusga kira bordi. 1929- yilda boshlangan jahon iqtisodiy boʻhroni Germaniya iqtisodiyotiga katta taʼsir qildi. Bu sharoitda natsionalsotsialistik partiya (1919-yil tuzilgan) faollasha bordi. 1932-yil mart—apreldagi prezident saylovida Adolf Hitler 13 mln .dan ortiq ovoz oldi. Oʻsha yil noyabr oyida hokimiyat natsional-sotsialistlar qoʻliga oʻtdi. 1933- yilda fashistlar diktaturasi oʻrnatildi. A. Hitler reyxskansler, keyinchalik esa davlat boshligʻi boʻlib oldi. Shu davrdan boshlab mamlakatda terror rejimi oʻrnatiddi. An- tifashistlar qattiq taʼqib ostiga olindi. 1935-yil umumiy harbiy xizmatjoriyqilindi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling