Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti


Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari


Download 0.8 Mb.
bet6/20
Sana18.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1027270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131

Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari


Germaniya YaIM qiymati bo’yicha dunyoda 5-o’rinni, Yevropada esa 1-o’rinni egallaydi. YaIM miqdori 2017-yilda 4.199 trln AQSH dollarini, 2016-yilda 4.099 trln. AQSH dollarini tashkil etgan. YaIMning o’rtacha yillik o’sishi esa 2.5%ga teng bo’lgan(2017). Aholi jon boshiga 50800 AQSH dollaridan to’g’ri kelgan. YaIM tar- kibining 0.7%ini qishloq xo’jaligi, 30,7 %ini sanoat, 68,6 %ini esa xizmatlar sohasi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlariga kartoshka, bug’doy, shakar, karam, mevalar, sut mahsulotlari va chorva mahsulotlari kiradi. Sanoat so- hasining asosiy tarmoqlariga esa mashinasozlik, elektr jihozlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish, kemasozlik, tekstil, farmasevtika va kimyoviy dorilar ishlab chiqarish, temir va po’lat ishlab chiqarish kiradi. Po’lat va


temir ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi o’rinda turadi va texnik jihatdan. [

(4-rasm)

Ishchi kuchi soni 45.9 mln ga teng. Ularning 1.4%i qishloq xo’jaligi sohasida, 24,2%i sanoat sohasida, 74,3%i xizmatlar sohasida faoliyat olib boradi. Ishsizlik ko’rsatkichi 3.8 %. Shunisi ajablanarliki, Germaniya Federatsiyasidagi ishsizlik ko’rsatkichi hattoki moliyaviy inqiroz vaqtida ham nisbatan past ko’rsatkichlarni qayd etgan. Aholining “kambag’allik chizig’i”dan pastda joylashgan qismi 16.7%ni tashkil etadi.

Budjet tarkibiga keladigan bo’lsak, 2017-yilgi holatga ko’ra, daromadlar 1.665 trln AQSH dollarni, xarajatlar esa 1.619 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsat- gichlardan ko’rishimiz mumkinki, budjet tarkibidagi daromadlar miqdori xarajatlar miqdorini bemalol qoplay olgan va yil yakunida profitsit holatda chiqqan.






Germaniyaning budjet holati(foizlarda). (5-rsm)


Soliq to’lovlari YaIMning 45%ini tashkil etadi. Germaniyada korporativ soliq 25%ni, qo’shilgan qiymat solig’i 19%ni(ba’zi mahsulotlar uchun 7%li soliq mavjud) tashkil etadi. Yana bir qiziq tomoni shundaki, Germaniyada oylik ish haqining 8%i
miqdorida cherkov solig’i ham undiriladi. Aks holda, cherkov soliq to’lamagan odam uchun cho’qinish, nikohdan o’tish va dafn marosimini o’tkazishga ruxsat ber- maydi.

Bu davlatdagi inflatsiya ko’rsatgichi 2017-yilgi holarga ko’ra 1,7 %ni tashkil etgan. Bu оesa bizning yurtimizdagi inflatsiyadan 8 – 9 barobar kam degani.


Davlat eksporti 1.434 trln AQSH dollarini, importi esa 1.322 trln AQSH dollarini tashkil etdi(2017). Eksport tarkibinineft va gaz, oziq-ovqat, transport jihozlari, re- zina va plastik mahsulotlar; import tarkibini esa mashinalar, ma’lumotlar bian ish- lovchi texnikalar, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, elektr jihozlari tashkil etadi.







Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling