Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti
Download 0.8 Mb.
|
Germaniya Federativ Respublikasi iqtisodiyoti 221214 093131
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniya aholisining o’sish surati
Aholisi. Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman daniyaliklar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo'lgan shaharlar ko'p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Hozir mamlakatda (Niderlandiya bilan
birga) Reyn megapolisi rivojlanmoqda. Unda jami 30 mln. kishi yashaydi. Germaniya aholisining o’sish surati. ( 3-rasm) Rasmiy tili — nemis tili. Dindorlar - protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklar. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Hamburg, Myunxen, Kyoln, Frank- furtmayn, Dortmund, Shtutgart, Dyusseldorf, Hannover, Nyurnberg, Leypsig, Drezden.3 Tarixi. Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalqlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar, bavarlar, sharqiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgan. 6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. 1648-yilgi Vest- faliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzi- ning muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yil- dan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740-1786 yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevro- pada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. 1814—1815-yillar Vena kon- gressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil topdi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlan- tirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish, agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, pro- letariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdor- larini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryo- sidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling